-§. Shponkali va shlitsali birikmalar




Download 40,48 Mb.
bet41/81
Sana22.01.2024
Hajmi40,48 Mb.
#143055
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   81
Bog'liq
CHIZMACHILIK.2020.Valiyev (1)

6.6-§. Shponkali va shlitsali birikmalar


Shponkali birikmalar. Val bilan unga kiydirilgan detallar (tishli g‘ildirak, shkif, mufta va b.)ning shponka vositasida hosil qilingan qo‘zgalmas, ba’zan suriladigan birikmasi shponkali birikma deyiladi.
Shponkali birikmalar prizmatik (6.35-rasm, a), ponasimon (6.35-rasm, b) va segment (6.35-rasm, c) shponkalar vositasida bajariladi. Shponka (pona)larning o‘lchamlari valning diametriga qarab tanlanadi.


6.35-rasm
Texnikada prizmatik shponka bilan biriktirish ko‘proq tarqalgan. U asosan aylanma harakatlarni uzatishda ishlatiladi. Bunday birikmalarni hosil qilish uchun valda shponkaga mos o‘yiq, g‘ildirak vtulkasida ariqcha o‘yiladi va o‘yiqqa shponka joylashtiriladi.
Shponkalar (GOST 23360-78). Prizmatik shponkalar uch xil ko‘rinishda bajariladi. 1-bajarilishda shponka uchlari R=b/2 radiusda (b-shponka eni) yumaloqlangan bo‘ladi. 2-bajarilishda shponkaning bir uchi yumaloqlangan bo‘ladi. 3-bajarilishda shponkaning ikkala uchi yumaloqlanmagan, ya’ni to‘g‘ri burchakli bo‘ladi (6.36-rasm).


6.36-rasm
Tishli g‘ildiraklar bloki ish jarayonida o‘q bo‘yicha surilib ishlaydigan bo‘lsa, u holda shponkani valga vintlar vositasida mustahkamlanadi. Bunday shponkalar yo‘naltiruvchi shponkalar deyiladi (6.37-rasm) va ularni o‘yiqlardan chiqarib olish uchun uning o‘rtasidagi rezbali teshikka vint burab kirgiziladi, shunda vint o‘yiq tubiga taqalib, shponkani o‘yiqdan ajratadi.
6.37-rasm
Katta bo‘lmagan kuchlarni uzatish uchun segment (GOST 24071-80) shponkalar ishlatiladi (6.38-rasm). Barcha shponkalarning o‘lchamlari standartda belgilangan.

6.38-rasm
Texnikada ponasimon (GOST 24068-80) shponkalar kamroq uchraydi, ular yordamidagi birikmalar qo‘zg‘almas bo‘ladi. Ponasimon shponkaning qiyaligi 1:100 qiyalikka teng bo‘ladi va ular to‘rt xil ko‘rinishda bajariladi (6.39-rasm).


6.39-rasm

  1. bajarilishdagi b=10 mm, h=8 mm, l=60 mm bo‘lgan shponkaning shartli

belgilanishiga misol: Shponka 2–10860. GOST 24068-80 da shponka o‘yig‘i va vtulkadagi shponka ariqchasining o‘lchamlari va yuzalarining g‘adir-budirligi,
parallellik qo‘yimi ko‘rsatilgan (6.40-rasm). Shponka o‘yig‘ining uzunligi l1=l+0,5…1,0 mm, d≤30 mm bo‘lganda, k=3…5 mm, d≥30 mm bo‘lganda k=5…7 mm olinadi.
Tirsakli vallarda bir nechta shponka pazlari bo‘ladigan bo‘lsa, ular turli o‘zaro parallel bo‘lmagan teksliklarda joylashtiriladi.
Chekli chetga chiqish o‘lchamlarini val nominal diametridan keyin qo‘yiladi.
Shponkali birikmalarda vallar tishli g‘ildirak yoki boshqa detallarning vtulkalariga nisbatan tanlanadi, shponkalar esa vallarga nisbatan olinadi. Shuning uchun oldin g‘ildirak teshigiga val va shponka qo‘shib chiziladi. Barcha shponkali birikmalarning chizilishi bir xil bo‘ladi.

6.40-rasm

Download 40,48 Mb.
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   81




Download 40,48 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-§. Shponkali va shlitsali birikmalar

Download 40,48 Mb.