Oliy va o‘rta maxsus ta’lim




Download 40,48 Mb.
bet49/81
Sana22.01.2024
Hajmi40,48 Mb.
#143055
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   81
Bog'liq
CHIZMACHILIK.2020.Valiyev (1)

Namunali chizma. Grafik vazifa sharti: O‘zaro ustma-ust vaziyatda o‘rnatilgan ikkita list yarim yumaloq kallakli parchin mix bilan biriktirilsin va uning ishchi chizmasi bajarilsin (7.33-rasm). Bu yerda listlarning qalinligi б=10 mm ga teng va ularning chetlari asosiga nisbatan 150 dagi qiyalik bilan chegaralangan. Mazkur birikma ikki qatorli bo‘lib, undagi parchin mixlar o‘zaro shaxmat tartibida joylashtirilgan.
Ushbu parchin mixli birikmaning ishchi chizmasi quyidagi tartibda bajariladi. Avvalo, parchin mix diametri d=б+8=10+8=18 mm va parchin mixni o‘rnatish uchun listda ochiladigan silindrik ochiq teshik diametri d0=1,1d=1,1×18=19,8 mm aniqlanadi. Keyin parchin mixning parchinlanmagan holatdagi uzunligi L=2б+1,5d0=2×10+1,5×19,8= =20+29,7=49,7 mm aniqlanadi.
Parchin mixning yarim yumaloq kallagini balandligi H=0,65d=0,65×18=11,7 mm va radiusi R=0,9d=0,9×18=16,2 mm aniqlanadi.
Silindrik teshiklarlar ikki qatorli qilib ochilishi uchun qo‘shni qatorlar orasidagi 2d0=2×19,8=39,6 mm va qatordagi parchin mixlar orasidagi 4d0=4×19,8=79,2 mm, shuningdek, list chetidan birinchi parchin mix o‘qigacha bo‘lgan 2,5d0=2,5×19,8=49,5 mm masofalar aniqlanadi.

  1. bosqich. Birikuvchi detallar o‘zining berilgan va aniqlangan o‘lchamlari asosida, silindrik ochiq teshiklari bir-biriga mos qilib o‘rnatiladi va ko‘rinishlari bajariladi (7.33-rasm, a).

  2. bosqich. Parchin mix o‘z o‘lchami bo‘yicha silindrik teshikka o‘rnatiladi va birikmaning yig‘ish chizmasi chiziladi (7.33-rasm, b). Parchin mixning parchinlanmagan butun holati yig‘ish chizmada ikki nuqtali shtix-punktir chiziqda chiziladi.

  3. bosqich. Songgi bosqichda parchin mixli birikmaning yig‘ish chizmasi taxt qilinadi (7.33-rasm, c).

7.4-jadvalda parchik mixli birikmalarga oid variantlar keltirilgan.





b)





a)





  1. 7.33-rasm

7.4-jadval






Download 40,48 Mb.
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   81




Download 40,48 Mb.