Oliy va o‘rta maxsus ta’lim




Download 40,48 Mb.
bet45/81
Sana22.01.2024
Hajmi40,48 Mb.
#143055
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   81
Bog'liq
CHIZMACHILIK.2020.Valiyev (1)

Uchma-uch payvand birikma (C) - bunda ikki detal elementlari bitta tekislik yoki fazoda yotgan tarzda payvandlanadi (7.10-rasm, a).

  • Burchakli payvand birikma (У) - bunda biriktiriluvchi ikki detal bir-biriga nisbatan to‘g‘ri burchak ostida o‘rnatilib, uning chetlari biriktiriladi (7.10-rasm, b).

  • Tavrli payvand birikma (T) - bundan biriktiriluvchi birinchi detalning ustki

    yuzasiga ikkinchi detalning yon tomoni burchak ostida o‘rnatilib, ular payvandlanadi (7.10-rasm, v).

    7.10-rasm

    1. Ustma-ust payvand birikma (H) - bunda detallarning payvandlanadigan elementlari bir-biriga nisbatan parallel joylashadi va biri ikkinchisini to‘sib qoladi (7.10-rasm, g).

    Chizmada payvand choklarning harfiy son belgilari va ularni yasash qoidalari standartda belgilangan. 7.1-jadvalda bu shartli belgilar keltirilgan.
    7.1-jadval





    Payvand birikmaning turi

    Harfiy - son belgilari

    1

    Uchma-uch (Стыковое - С)

    С1, С3, С5, С9, С10,

    2

    Burchaklik (Угловое - У)

    У1, У2, У3, У6, У8, У10

    3

    Tavrsimon (Тавровое - Т)

    Т1, Т2, Т6, Т7, Т9, Т10

    4

    Ustma-ust (Внахлестку - Н)

    Н1, Н2, Н3

    Payvand birikmada detallarni payvandlash natijasida hosil bo‘lgan birikkan joyi payvand chok deyiladi. Payvand choklar quyidagilarga bo‘linadi:

      1. uchma-uch chok - uchma-uch payvand birikmaning payvand choki;

      2. burchakli chok - burchakli, tavrli va ustma-ust payvand birikmalarning payvand choki;

    1. nuqtali chok - ustma-ust payvand birikmadagi detallarni birikish joyidagi alohida-alohida nuqtali payvand choki (detallarning har yer-har yeridan payvandlash).

    Payvand coklar tuzilishiga ko‘ra quyidagi xillarga bo‘linadi: butun konturi (ko‘lami) boyicha, tashqi tuzilishi (formasi) bo‘yicha, сhetki qismning tayyorlangan formasi (tuzilishi) bo‘yicha.
    Butun konturi (ko‘lami) bo‘yicha payvandlangan choklar uzluksiz va uzib- uzib payvandlangan bo‘lishi mumkin. Uzluksiz payvand chokning butun uzunligi bo‘yicha uzilishlar bo‘lmaydi (7.11-rasm, a va b). Uzuq-uzuq payvand chokning butun uzunligida uzilishlar mavjud bo‘ladi (7.11-rasm, v). Uzuq-uzuq payvand chok zanjirli (7.11-rasm, g) yoki shaxmat (7.11-rasm, d) tartibida bo‘lishi mumkin.
    7.11-rasm
    Tashqi chetlari formasi bo‘yicha payvand choklar kuchaytirilgan va kuchsizlantirilgan bo‘linadi. Uchma-uch chokning kuchaytirilgani o‘zining payvandlanayotgan detal yuzalaridan bo‘rtib chiqib turishi bilan xarakterlanadi (bu yerda: g - kuchaytirgich balandligi, 7.12-rasm, a). Burchakli chokning kuchaytirilganida chokni hosil qiluvchi metall o‘zining qavariq bo‘lishi bilan ajralib turadi (7.12-rasm, b). Burchakli chokning kuchsizlantirilishi asosiy metall bilan erigan chokning ko‘rinarli chiziqlar orqali o‘tuvchi tekislik va payvand chok sirti (yuzasi) orasidagi m masofa bilan xarakterlanadi. Bu m masofa - burchakli chokning eng ko‘p egik joyida o‘lchanadi (7.12-rasm, v).
    Burchakli chokning qalinligi - bu burchakli chok sirtidan asosiy metallning maksimal eritilgan nuqtasigacha bo‘lgan eng katta a masofadir. (7.12-rasm, g va d)
    7.12-rasm
    Bir qator choklar, masalan, burchakli, tavrli hattoki ustma-ust choklarda birikmalar K katet bilan xarakterlanadi (7.13-rasm, a). Burchakli chok kateti - payvandlanayotgan bir detal yuzasidan ikkinchi payvandlanayotgan detal chegarasigacha bo‘lgan masofadir.
    Сhetki qismning formasini tayyorlash payvandlanayotgan detallar qalinligi, chokning joylashuvi va boshqa ma’lumotlarga bog‘liq. Chetlarni tayyorlash burchagi (α) - bu payvandlanuvchi qismlarning kesilgan chekkalari orasidagi burchakdir (7.13-rasm, b).
    7.13-rasm Chokni bajarilish xususiyati payvandlanayotgan detallar qalinligiga va
    buyumning texnik talablariga bog‘liq. Choklar bir tomonlama (bir tomonlama qizdirish) va ikki tomonlama (ikki tomonni qizdirish) bo‘lishi mumkin (7.14-rasm, a va b). Payvandli birikmalarda ko‘rinadigan (yuza tomoni) va ko‘rinmaydigan (orqa tomoni) choklar mavjud bo‘ladi (7.14-rasm, v).

    7.14-rasm 7.15-rasm
    Chetlari nosimmetrik qirqilgan choki ikki tomonlama bo‘lgan payvandli birikmaning ko‘rinarli tomoni asosiy chok sifatida qabul qilinadi (7.15-rasm, a).
    Chetlari simmetrik qirqil (yo‘nil)gan va choki ikki tomonlama bo‘lgan payvandli birikmaning istalgan tomoni asosiy chok sifatida qabul qilinadi (7.15-rasm, b).
    Payvandlash qanday usulda amalga oshirishidan qat’iy nazar ko‘rinadigan choklar asosiy tutash chiziqda, ko‘rinmaydigan choklar shtrix chiziqda chiziladi. Payvand birikma chokining joylashgan o‘rnini ko‘rsatish uchun bir tomonlama yo‘nalishi (yarim strelkasi) bo‘lgan ingichka tutash chiziq bilan chiziladigan chetga chiqarish chizig‘idan foydalaniladi (7.16 va 7.17-rasmlar). Chiqarish chizig‘ini chok chizig‘igiga nisbatan 300 yoki 600 da olish tavsiya etiladi. Shuningdek, chiqarish chizig‘ining davomiga ingichka tutash chiziqda gorizontal tokcha chiziladi. Chizmada chetga chiqarish chizig‘i yo‘nalishining vaziyatiga qarab shartli belgilar quyidagicha qo‘yiladi: tokchaning ustiga qo‘yilsa, chetga chiqarish chizig‘i chokning old (o‘ng) tomonidan chiqarilgan bo‘ladi (7.16-rasm, a); chetga chiqarish chizig‘i chokning orqa tomonidan chiqarilgan bo‘lsa, tokchaning ostiga qo‘yiladi (7.16-rasm, b).


    7.16-rasm
    Agar bitta nuqtali payvand chok

    7.17-rasm


    ko‘rinarli bo‘lsa uning o‘rni asosiy tutash chiziqda chizilgan « » belgi bilan ko‘rsatiladi, ammo u ko‘rinmaydigan bo‘lsa nuqta o‘rni ko‘rsatilmaydi (7.17-

    rasm). Belgisi bo‘lmagan chok tokchasiz chiqarish chizig‘i bilan belgilanadi.
    Standartda konstruktiv elementlarining o‘lchamlari ko‘rsatilmagan (nostandart) choklarning tasvirlarida konstruktiv elementlarning o‘lchamlari mazkur chizmada ko‘rsatiladi.

    Kesimda payvand chokning chegaralari qo‘lda, asosiy tutash chiziqda, birikish chetlarining konstruktiv elementlari ingichka tutash chiziqda chiziladi (7.18-rasm).
    Payvand birikma choklarining shartli belgilarining tarkibi 7.19-rasmda ko‘rsatilgan bo‘lib, A bilan belgilangan joyga payvand chok turini ko‘rsatuvchi yordamchi belgi qo‘yiladi. Masalan, chizmada yopiq chiziq bo‘yicha joylashgan chok va montaj chokining yordamchi belgilari ko‘rsatilgan.


    7.18-rasm
    7.19-rasm Quyida payvand chokning shartli belgilari tarkibining mazmuni bayon etilgan
    va unga mos keladigan belgilash 7.20-rasm, a da ko‘rsatilgan.

      1. o‘rniga payvand birikma choklarining tipi va konstruktiv elementlari standartining belgisi (masalan, GOST 5264-80).

      2. ning joyiga chokning payvand birikmalarning tipi va konstruktiv elementlari standartiga muvofiq harfiy-sonli belgisi (masalan, T5).

      3. payvandlash usulining payvand birikma choklari tipi va konstruktiv elementlari standartiga muvofiq shartli belgisi (masalan, , buni ko‘rsatmaslik ham mumkin).

      4. belgisi va payvand birikma choklarining tipi va konstruktiv elementlari standartiga muvofiq katetining o‘lchami (masalan, 6).

      5. uzuq chok uchun payvandlanadigan uchastka uzunligining o‘lchami /

    yoki “Z” belgi va qadamining o‘lchami (masalan, 50Z100):

    • yakka payvand nuqta uchun – nuqta hisobiy diametrining o‘lchami;

    • kontaktli nuqtaviy elektrpayvand choklar va elektrparchin chok uchun nuqtaning yoki elektr parchinning hisobiy diametri, / yoki “Z” belgisi va qadamining o‘lchami;

    • kontaktli rolikli elektr payvand chok uchun chokning hisobiy enining o‘lchami;

    • kontaktli rolikli elektr payvand uzuq-uzuq chok uchun chokning hisobiy enining o‘lchami, ko‘paytirish belgisi, payvandlanadigan uchastka uzunligining o‘lchami, “ / ” belgi va qadamining o‘lchami;

      1. ga yordamchi belgilar qo‘yiladi.

    Elektr yoyi vositasida qo‘lda bajariladigan payvand choklarning shartli belgisi standartda ko‘rsatiladi. Bunda choklarning hafriy-raqamli belgilari beriladi. R– qo‘lda bajariladigan, P–yarim avtomat usulida bajariladigan, A–avtomatik bajariladigan, K–kontaktli, Sh–elektr-shlak usulida, EP–elektr parchinlash, IN– inert gaz ishtirokida volfram elektrod bilan, G–gaz alangasi yordamida, E–elektr yoyi bilan, Z–himoya gazi muhitida, Uz–ultra tovush bilan, Tr–ishqalanish bilan, X–yurgizish bilan, Pz–plazmali yoy bilan, Df–diffuzion, Lz–lazer bilan, EL– elektron nurli, Bz–portlatish bilan, I–induksionli, Gp–gaz presslab, Tm–termit bilan.

    Download 40,48 Mb.
  • 1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   81




    Download 40,48 Mb.