• Parchin
  • Oliy va o‘rta maxsus ta’lim




    Download 40,48 Mb.
    bet47/81
    Sana22.01.2024
    Hajmi40,48 Mb.
    #143055
    1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   81
    Bog'liq
    CHIZMACHILIK.2020.Valiyev (1)

    Namunali chizma. Grafik vazifa sharti: payvandlash yordamida tayyorlangan “Tayanch” nomli yig‘ma birlikning ishchi chizmasi taxt qilinsin (7.24-rasm).Ushbu payvand chokli birikmaning ishchi chizmasi quyidagi bosqichlarda bajariladi.

    1. bosqich. Dastlab, buyumning ortogonal proyeksiyasi chiziladi. Ortogonal proyeksiyada zarur qirqimlar bajariladi (7.24-rasm, a).

    2. bosqich. Keyin buyumning aksonometrik proyeksiyasi quriladi va maqsadga muvofiq qirqim bajariladi (7.24-rasm, b). Ortogonal va aksonometrik proyeksiyalarda bajarilgan qirqimda kesuvchi tekislik iz qoldirgan har bir detal yuzasi alohida yo‘nalishda shrixovkalanishi lozim. Aks holda buyumning chizmasini o‘qishda xatolikka yo‘l qo‘yish mumkin.

    3. bosqich. So‘nggi bosqichda buyum yig‘ish chizmasi taxt qilinadi. Ya’ni buyumning tarkibiy qismlarini o‘lchamlari yetarli darajada qo‘yiladi va payvand choklariga uning parametrlari yozib qo‘yiladi. Bizning misolimizda 2ta burchakli va 2ta tavrli payvand chok yordamida birikma hosil qilingan. Unda asos plitaga ikkita prizmatik devor burchakli payvand chok yordamida payvandlangan. Mazkur devorlarga ikkita silindrik vtulka tavrli payvand chok yordamida payvandlangan (7.24-rasm, c).

    7.3-jadvalda payvand chokli birikmalarga variantlar berilgan.

    a)


    b)



    7.24-rasm
    7.3-jadval

    7.3-jadval (davomi)


    7.3-jadval (davomi)


    7.3-jadval (davomi)


    7.3-jadval (davomi)




      1. Parchin mixli birikmalar


    Parchin mixlarning turlari va ularni chizilishi hamda parametrlari. Parchin choklar O‘zDSt 2.313:97 ga muvofiq bajariladi. Parchin choklar ajralmas birikmalar turiga kiradi. Parchin mixli birikmani hosil qiluvchi asosiy detallardan biri parchin mix (zaklepkalar) - silindrik sterjen bo‘lib, uning bir uchi kallak (qalpoq) bilan yakunlanadi. Parchin mix qalpog‘i yarim yumaloq (GOST 10299- 68), yashirin (GOST 10300-68), yarim yashirin (GOST 10301-68) va kesik konus (GOST 1888-41) shaklida tayyorlanishi mumkin. Parchin mixlar standartlashtirilgan bo‘lib, qalpog‘ining shakli, o‘lchami va vazifasiga qarab ular: mustahkam choklar uchun, zich choklar uchun, mustahkam-zich choklar uchun tayyorlanadi.
    Parchinlash jarayoni quyidagi tartibda amalga oshiriladi.

    1. Dastlab, biriktiriladigan detallarga silindrik teshik ochiladi (7.26-rasm).

    2. Oldindan qizdirilgan parchin mix (diametri 10 mm dan kichik parchin mixlar qizdirilmaydi) bu teshikka qo‘yiladi va uning qalpoq tomoni pastga qaratiladi va qalpoq formasiga mos taglik qo‘yiladi.

    3. Maxsus mashinada (yoki pressda) parchin mixning uchi pachoqlanadi (parchinlanadi). Maxsus mashina yoki pressda ham parchin mix qalpog‘i formasiga mos o‘yiq bo‘ladi.



    7.26-rasm
    Parchin mixni GOST 10299-80 da ko‘rsatilgan o‘lchamlarda, ba’zi hollarda sterjenning diametriga nisbatan olingan taxminiy o‘lchamlarda chizish mumkin (7.27-rasm, a, b, v, g). Parchin mixlar standartlashtirilgan bo‘lib, qalpog‘ining shakli, o‘lchami va vazifasiga ko‘ra turlarga bo‘linadi.

    a) b) v) g)
    7.27-rasm
    Parchin mix diametri biriktiriladigan detal (list) qalinligiga muvofiq tanlanadi:
    d=δ+(6....8mm.), δ-list qalinligi, parchin mixning uzunligi: L=2δ+1,5d1 olinadi.
    Parchin mixning parametrlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar chizmada quyidagi tartibda belgilanadi. Dastlab, “Parchin mix” so‘zi, parchin mix diametri (d), parchin mix uzunligi (L), materiallarning guruh raqami (00 guruh ko‘rsatilmaydi), materialning markasi (00 guruh uchun ko‘rsatilmaydi), standart nomeri. Masalan, diametri d=10 mm, uzunligi L=25 mm bo‘lgan 00 guruh materialidan qoplamsiz ishlangan parchin mixning shartli belgilanishi quyidagicha bo‘ladi: Parchin mix 10×25 GOST 10299-80. Agar ushbu parchin mix guruhining shartli belgisi 38, markasi M3 bo‘lgan misdan ishlangan va II guruh bo‘yicha qoplangan bo‘lsa, u quyidagicha belgilanadi: Parchin mix 10×25.38.M3.II GOST 10299-80. Materialining shartli belgisi, shuningdek, qoplamning turi va shartli belgisi hamda shu qoplamning qalinligi GOST 10304-80 ga muvofiq bajariladi.

    Download 40,48 Mb.
    1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   81




    Download 40,48 Mb.