Payvand chokli birikmalar




Download 40,48 Mb.
bet44/81
Sana22.01.2024
Hajmi40,48 Mb.
#143055
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   81
Bog'liq
CHIZMACHILIK.2020.Valiyev (1)

Payvand chokli birikmalar


Payvand chokli birikma chizmalari O‘zDSt 2.312:97 ga muvofiq bajariladi. Ikki va undan ortiq detalni bir-biriga payvandlash yo‘li bilan hosil qilingan ajralmas birikmaga payvand birikma deyiladi. Birikuvchi detallarning payvand birikmalari suyuqlantirib payvandlash yoki bosim ostida payvandlash usullarida bajarilishi mumkin.
Sanoatda suyuqlantirib payvandlash usulidan keng ko‘lamda foydalaniladi. Suyuqlantirib payvandlash: elektr yoyi, elektr shlak gaz, gaz-elektrik elektronlar nuri va termit usulida payvandlash turlariga bo‘linadi.
Elektr yoyi yoki gaz alangasida birikuvchi detallarning birikish joyi va metall xivich (ikki detalni biriktirishda ishlatiladigan metall sim) suyuqlantiriladi hamda qotgan metall mustahkam payvand chok hosil qiladi (7.4, 7.5, 7.6-rasmlar).
Gazli payvandlashda gaz (masalan, atsetilen) atmosferadagi kislorod yordamida yonib olov hosil qiladi va metallni eritadi. Erigan joyga biriktiruvchi material (metall xivich) qo‘yiladi va u soviganidan keyin payvand chok hosil bo‘ladi. Bunday payvand birikmadan apparaturalardagi rangli metalldan, chugundan va plastmassadan tayyorlangan ingichka va trubasimon elementlarni biriktirishda foydalaniladi (7.4-rasm).
7.4-rasm
Elektr yoyi bilan payvandlash usuli eng ko‘p tarqalgan usul hisoblanadi.
a) eruvchi elektrodlarda (faqat metallar uchun) issiqlik energiyasi manbasi elektr yoyi hisoblanadi. Payvandlash qo‘lda bajariladi (7.5-rasm, a) yoki payvandlash avtomati yordamida flyusni yupqa surtmasi bilan payvandlanadi.

  1. b) 7.5-rasm

7.5-rasm, b da flyus ostida elektr yoyi bilan payvandlash ko‘rsatilgan. Bunda 1 bunkerdan flyus beriladi, uni ortiqchasi qaytadan 2 injektorga o‘tadi. Elektrod simi 3 kassetadan maxsus 4 payvandlash kallagiga avtomatik tarzda uzatiladi va 5 payvand chokini hosil qiladi. Avtomatik payvandlash mexanik tarzda (qo‘lda) payvandlashdan bir necha bor ko‘p ishlatiladi.

  1. erimaydigan elektrod (ko‘mirli yoki volframli) bilan biriktiruvchi metall xivichni eritish orqali payvand chok hosil qilinadi (7.6-rasm).

7.6-rasm
Bosim ostida payvadlashda mexanik usulda yoki avtomatik maxsus mashinalar yordamida birikuvchi detallarning avvaldan qizdirilgan birikish joylarini yetarli darajada plastik deformatsiya qilinishi natijasida ular biriktiriladi (7.7, 7.8, 7.9-rasmlar).
Bosim ostida payvandlashning quyidagi ko‘rinishlari mavjud: kontaktli payvand, gaz bilan presslovchi payvand, sovutilgan payvand.
Kontaktli payvandga quyidagilar kiradi:

  1. kontaktli uchma-uch payvand, bunda birikuvchi detallarning ko‘ndalang yuzalari bir-biriga uchma-uch holatda payvandlanadi. Detallar payvandlash mashinasiga qattiq mahkamlanadi va unga 50000 A gacha tok beriladi. Birikadigan yuzalari kerakli darajada qiziganidan so‘ng detallar o‘q yo‘nalishi bo‘yicha siqib payvandlanadi (7.7-rasm);

  2. nuqtaviy kontakt payvand, bunda detallar ikkita elektrod bilan qisiladi, bu yerda pastdagi elektrod qo‘zg‘almas, yuqoridagisi payvandlash paytida bosim hosil qilishi uchun P qisqichga qo‘shiladi. Detalning kontakt joyi qizdirilishidan erigan metallni qattiq siqish natijasida payvandlash hosil bo‘ladi. Nuqtaviy kontakt

payvandlashdan umumiy qalinligi 36 mm bo‘lgan listlarni biriktirishda foydalaniladi (7.8-rasm);

7.7-rasm 7.8-rasm

  1. rolikli kontaktli payvand, bunda birikuvchi detallarni siqib aylanuvchi ikki rolik yordamida payvand birikma hosil qilinadi. Rolik (elektrod)lar orqali tok o‘tib, u detallarni qizdiradi va qizigan metallar tingandan so‘ng ularning qismlari payvandlanib qoladi (7.9-rasm).

7.9-rasm Payvandlanuvchi detallarning o‘zaro vaziyatiga qarab payvand birikmalar
quyidagi turlarga bo‘linadi.


  1. Download 40,48 Mb.
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   81




Download 40,48 Mb.