Ajralmas birikmalar va ularga oid grafik vazifalar




Download 40,48 Mb.
bet43/81
Sana22.01.2024
Hajmi40,48 Mb.
#143055
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   81
Bog'liq
CHIZMACHILIK.2020.Valiyev (1)

Ajralmas birikmalar va ularga oid grafik vazifalar




Umumiy ma’lumotlar. Mashinasozlik chizmachiligi bevosita texnika, ishlab chiqarish, turmush va loyihalash ishlari bilan chambarchas bog‘liq. Mashina mexanizmlari, turli moslamalarni tarkibida uchraydigan har xil birikmalarni sozlash, ta’mirlash, yangisiga almashtirishga to‘g‘ri keladi. Agar birikma tarkibidagi detal va buyumlarning bir-biridan tez-tez ajratish shart bo‘lmaganda, mustahkamlik darajasi yuqori bo‘lishi talab etilganda ajralmas birikmalardan foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Agar birikma tarkibidagi detallarni bir- biridan ajratish jarayonida ularning sifati buzilsa, ular yaroqsiz holatga kelib qolsa, detallar hamda birikmadan yana qayta foydalanish mumkin bo‘lmay qolinsa, u holda bunday birikmalarga ajralmas birikma deyiladi.
Ajralmas birikmalarni hosil qilishda asosiy o‘rinni detallarning bir-biriga biriktirishda ishlatiladigan biriktirish vositalari egallaydi. Biriktirish vositalariga parchin mix, payvandlashda ishlatiladigan modda va qurilmalar, yelim (kley), changak (skoba), presslash uskunalari, tikish uskunalari kiradi. Shuningdek, ajralmas birikmalarning turlari ham biriktirish vositalari nomi bilan ataladi. Ular quyidagilar:
Ajralmas birikmalar o‘zining mustahkamligi, chidamliligi bilan ajralib turadi. Biroq detallarni ajratish natijasida undan qayta foydalanish imkoniyati yo‘qoladi yoki qaytadan birikma holatiga keltirish uchun qo‘shimcha mehnat, sarf-harajat qilishga to‘g‘ri keladi.
Ajralmas birikmalarning asosiy turlarini quyida keltirib o‘tamiz.

  1. Payvand chokli birikmalarni hosil qilish uchun ikki va undan ortiq metalldan tayyorlangan detalni birikish joylari standartga muvofiq turli shaklda qirqiladi. Ushbu birikish joylari erish darajasigacha qizdiriladi va payvandlash joyiga elektrod yoki metall xivich kiritiladi. Elektrod yoki metall xivich suyuqlanib ikki detal orasidagi bo‘sh joyni to‘ldiradi va u sovuganidan keyin payvand chokli birikma hosil bo‘ladi.




7.1-rasm
Detallarni payvandlash yo‘li bilan biriktirishdan ko‘pincha turli xildagi yig‘ma birlikmalarni hosil qilishda foydalaniladi (7.1-rasm).

  1. Parchin mixli birikmalarda turli shakldagi kallakdan iborat bo‘lgan metall sterjen birikuvchi detallardagi ochiq teshikka o‘rnatiladi va u shu

holatida maxsus press yordamida parchinlanadi.

  1. Yelimli birikmada birikuvchi yog‘och, plasstmassa yoki metall materialli detallar yuzasiga yopishqoqlik va tez qotadigan (quriydigan) xususiyatga ega

bo‘lgan modda (yelim, kley) yupqa qilib suriladi va birikma hosil qilinadi.
Yelimlab biriktirishning afzallik tomoni shundaki yelimlanayotgan detallar turli xil qorishmali materiallardan tayyorlangan bo‘lishi mumkin. Masalan, plastmassa, yog‘och yoki metallar.
Yelimli birikmalar quvvatni bir me’yorda taqsimlashni ta’minlaydi. Undan bir xil yoki turli xildagi materiallarni biriktirishda ishlatiladi.
Qoplamalar (opressovka-detallarni armaturalash) detallarni zaglashdan, kimyoviy moddalardan himoyalashda, tok uzatuvchi ikki

7.2-rasm
detalni bir-biridan himoyalashda, detalning qattiqligi, mustaxkamligi va aniqligini

oshirishda, vaznini kamaytirishda ishlatiladi (masalan, usti qoplamali tok o‘tkazuvchi elektr simlari).

Armaturani presslash (qoplamali armaturalar hosil qilish) quyidagi turlarga bo‘linadi: vtulkali (7.2-rasm, a), o‘zakli (7.2-rasm, b), simli (7.2-rasm, v, g) va yassi varaq shaklida (7.2-rasm, d). Bular po‘latdan, misdan, jezdan bo‘lishi mumkin.

  1. Presslash (bosim yordamida) birikma hosil qilishda plastmassadan yasalgan detallar yuqori temperatura yordamida metall armaturalar bilan biriktiriladi.




7.3-rasm

  1. Detallarni bir-biriga biriktirishda ulardan birining yakunini parchinlash (razvalsovka) yoki bukish (zavalsovka) orqali ajralmas birikmalar hosil qilinadi. Bunda bir- biriga o‘zaro birikkan holda o‘rnatilgan detallardan birining yakuni (uchi) parchinlanishi natijasida ushbu qismi deformatsiyalanadi va ikkinchi birikuvchi detalni siqib qoladi (razvalsovka). Yoki yupqa silindrik yoki tekis metall (tunuka)ni aylanuvchi g‘ildirakli qurilma asbob yordamida ezib biriktiriladi, bunga misol qilib konserva yopg‘ichini keltirish mumkin (zavalsovka).

Birikuvchi detallardan birini deformatsiyalab (shaklini o‘zgartirib) yoyish (valsevaniye) orqali ikkinchi detalga biriktirish usuli (razvalsovka) 7.3-rasm, a da, bir (yupqa tunukali) detalni buklash orqali uni ikkinchi

detal bilan biriktirish (zavalsovka) 7.3-rasm, b da, bir detalning chuqur joyiga moslab ikkinchi detalni ezib do‘nglik paydo qilib (obvalsovka) birikmaga ega bo‘lish usuli 7.3-rasm, v da, bir detalning uchini parchinlab ikkinchi detalga

zichlab biriktirish (rasklepivaniya) 7.3-rasm, g da ko‘rsatilgan. Ko‘p hollarda bunday birikmalar qo‘shimcha detallar yordami bilan hosil qilinadi, masalan: mixparchin.
Ajralmas birikmalarga tikish, tortib o‘tqazish ham kiradi. Hozirgi vaqtda aralash (kombinatsiyalashgan) usullar keng qo‘llanilmoqda. Bular yelimlab payvandlash, yelimlab parchinlash.

  1. Kavsharli birikmalar asbobsozlik va radiotexnika kabi sanoatlarda (radio, televizor, telefonlar va hokazo detallarini yig‘ish ishlarida) detallarni biriktirish, ularni zanglashdan saqlashda keng miqyosda qo‘llaniladi.

  2. Tikilgan chokli birikmalar birikuvchi detallarni bir-biriga tikish yo‘li bilan hosil qilinadi. Tikish materiali (ip yoki boshqalar) standart bo‘yicha tanlanadi yoki texnik talablarda ko‘rsatiladi.

Tikish, elimlash yordamida biriktirishdan odatda qog‘oz, karton, turli matolar va bazi hollarda plastmassa detallarni biriktirishda foydalaniladi. Unda detallar bir- biriga iplar, metall skobalar va hokazolar bilan biriktiriladi. Ba’zi hollarda qog‘ozlar yuqori bosim ostida deformatsiyalanib, ular yassi metall qovurg‘ali tunukalar yordamida biriktiriladi.

  1. Metall changakli birikmada birikuvchi detallar bir-biriga metall changaklar yordamida biriktiriladi.




    1. Download 40,48 Mb.
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   81




Download 40,48 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ajralmas birikmalar va ularga oid grafik vazifalar

Download 40,48 Mb.