• Silindrik friksion uzatma .
  • Konussimon friksion uzatma.
  • Variatorlar.
  • Oliy va o‘rta maxsus ta’lim




    Download 40,48 Mb.
    bet51/81
    Sana22.01.2024
    Hajmi40,48 Mb.
    #143055
    1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   81
    Bog'liq
    CHIZMACHILIK.2020.Valiyev (1)

    Friksion va tasmali uzatmalar. Harakat bir valdan ikkinchi valga aylanuvchi g‘altak (disk)larning ishchi sirtlari orasidagi ishqalanish hisobidan beriladigan uzatma friksion uzatma deb aytiladi.
    Friksion uzatma ikkita g‘ildirak (g‘altak)dan tashkil topgan bo‘lib, ular ma’lum kuch bilan bir-biriga qisilgan (tiralgan) bo‘ladi. Harakat beruvchi g‘altak yetakchi g‘altak, harakat oluvchi g‘altak yetaklanuvchi g‘altak deb ataladi. Paydo bo‘ladigan ishqalanish kuchi tufayli yetakchi g‘altakning aylanishidan yetaklanuvchi g‘altak harakatga keladi (8.4-rasm).
    Friksion uzatmalardan sanoatning har xil sohalarida keng foydalaniladi. Ular ko‘pincha uzatish mashinalarida, payvandlash va quyish mashinalarida, metall kesuvchi stanoklarda va boshqa sohalarda ishlatiladi.

    8.4-rasm
    Friksion uzatmalar bir qancha afzalliklarga ega, ularning asosiylari quyidagilardan iborat:

    • oddiy va shovqinsiz ishlaydi;

    • g‘altaklar bir me’yorda aylanadi;

    • tezlikni boshqarish mumkin;

    • g‘altaklar bahosi qimmat turmaydi.

    Shular bilan birga friksion uzatmalar quyidagi kamchiliklarga ega:

    • val va podshipniklarda sezilarli darajada kuch tushadi;

    • g‘altaklarning ishchi yuzalari notekis yeyiladi.

    Silindrik friksion uzatma. Yetakchi va yetaklanuvchi vallarga ikkita g‘altak shponkalar vositasida 1-val podshipnigi qo‘zg‘almaydigan qilib o‘rnatilgan, 2-val podshipnigi esa valni uzatmaning markaziy chizig‘i yo‘nalishi bo‘ylab o‘rnini o‘zgartirishga imkon beradi. Agar yetakchi val aylantirilsa bu bilan birga yetaklanuvchi g‘altak aylanadi (8.4-rasm, a, g).
    Yetakchi val podshipnigi prujina ta’siri ostida bo‘ladi. Bu bilan g‘altaklarni bir-biriga ishqalanishi qisish kuchi orqali ta’min etiladi.
    Konussimon friksion uzatma. Bunday uzatma kesik konuslardan iborat bo‘lib, ular umumiy yasovchi bo‘ylab tegib turadi. Konuslarning o‘qlari bo‘ylab qisish ularning yasovchilari tegib turgan joyida ishqalanish kuchi paydo bo‘ladi. Natijada, u yetaklanuvchi g‘altak va valni aylanishga jalb etadi. Uzatmaning to‘g‘ri ishlashi uchun g‘altaklarning o‘qlarini kesishish nuqtasi hisoblanadigan konuslarning umumiy kuchi bo‘lishi kerak, ya’ni, konuslarning umumiy kuchi, g‘altaklarning o‘qlarini kesishish nuqtasi bo‘lishi lozim (8.4-rasm, b, v).
    Variatorlar. Bu shunday uzatma-ki, uzatishlar sonini pog‘onasiz bevosita ravon o‘zgartirish mumkin. Variatorlar aylanish sirtining shakli bo‘yicha ro‘parada bo‘lgan (lobovoy), konussimon, tortsevoy va boshqa xillarda bo‘ladi.
    Lobovoy variatorlar vintli presslarda va asboblarda qo‘llaniladi. Bulardan eng oddiysi yetakchi rolik katta diskning ko‘ndalang yuzasiga dumalaydi va unga aylanma harakat beradi (8.5-rasm, a). Harakatni teskari yo‘nalishida, ya’ni, diskdan rolikga berish mumkin. Rolikning aylanish tezligini sozlash (regulirovka qilish)
    8.5-rasm uchun u disk bo‘ylab suriladi. Ancha murakkab tekis
    variatorda ikki katta disk orasida siljiydigan (suriladigan) rolik aylanadi (8.5-rasm, b). Bitta disk yetakchi, ikkinchisi yetaklanuvchi. Rolik oraliq zveno bo‘lib, aylanishni uzatishga xizmat qiladi. U ikkala disk bo‘ylab suriladi, ya’ni biri diskning markaziga yaqinlashsa, ikkinchi diskning markazidan uzoqlashadi. Shuning uchun uzatishlar nisbati va aylanishlar tezligini ravon sozlash, bir diskli variatorga nisbatan tezroq va ancha keng chegarada amalga oshiriladi.

    Download 40,48 Mb.
    1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   81




    Download 40,48 Mb.