• Vintli
  • Oliy va o‘rta maxsus ta’lim




    Download 40,48 Mb.
    bet54/81
    Sana22.01.2024
    Hajmi40,48 Mb.
    #143055
    1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   81
    Bog'liq
    CHIZMACHILIK.2020.Valiyev (1)

    Ichki ilashishlar. Konstruktiv nuqtayi nazardan tashqi ilashishli tishli uzatmalarni ishlatishning iloji bo‘lmasa, ular ichki ilashishli tishli uzatmalar bilan almashtiriladi (8.19-rasm).
    Katta g‘ildirak ichida joylashgan kichik tishli g‘ildirak tishlari oddiy tishli g‘ildirak tishlariga o‘xshash bo‘ladi. Katta g‘ildirak o‘yiqlari ichki g‘ildirak tishlarining profiliga mos kelishi lozim. Bunday g‘ildiraklarda tishning qalinligi va o‘yiqlarining kengligi tashqi ilashishli tishli g‘ildiraklarnikiga o‘xshash bo‘ladi.
    Odatda, ichki g‘ildirak yetaklovchi bo‘ladi.


    8.19-rasm
    Vintli (vint-gayka) va xrapovikli (to‘sqichli) mexanizmlar. “Vint-gayka” tipidagi kinematik vintli juftlik quyidagi xususiyatlarga ega:

    • vint harakatlanmaganda gayka bir marta to‘liq aylansa u vint o‘qi bo‘ylab, vint qadami kattaligiga siljiydi;

    • agar gaykani harakatlantirmasdan vint bir marta to‘liq aylantirilsa, bu paytda vint o‘z o‘qi bo‘ylab qadam kattaligida siljiydi;

    • “Vint-gayka” turidagi uzatmaning vazifasi aylanma harakatni ilgarilanma harakatga aylantirishdan iborat;

    • bu uzatma shovqinsiz ishlaydi va foydalanishda yuqori ravonlikda ilashishga erishiladi;

    • tuzilishi va uni tayyorlash oddiy, kuchni tejashga katta imkon beradi (8.20- rasm).






    8.21-rasm
    8.20-rasm
    Uzatma kamchiliklari: foydali ish koeffitsienti nisbatan past, yeyilishga, sekin ishlashga moyil.
    “Vint-gayka” tipidagi uzatma ko‘tarish mexanizmlarida, stanoklarda, o‘lchash asboblarida, prokat qilish stanoklarida, vintli presslarda ishlatiladi.
    Vintli uzatmaning konstruktiv tuzilishi uning qanday maqsadga mo‘ljallanganiga bog‘liq.
    8.21-rasmda oddiy vintli mexanizm, ya’ni domkrat misolida ko‘rsatilgan.Vintli domkrat korpusga burab kirgiziladigan harakatlantiruvchi kuch vinti, dasta, tish (sobachka) bilan (sobachka ortogonal proyeksiyada

    ko‘rsatilmagan) va domkrat vintining yuqori qismida yuk ko‘taradigan kallak biriktirilgan. Kallak har xil konstruktiv tuzilishga ega bo‘lishi mumkin.
    Avtomobillarning rul mexanizmida, stanoklarning yurgizuvchi vintlarida sharikli vintlardan foydalaniladi (8.22-rasm).
    Sharikli vint (3) va gayka (2) ariqchalarining o‘q bo‘ylab kesimi yarim yumaloq shaklda bo‘ladi. Shariklarning (4) uzluksiz yopiq oqimi gaykaning butun uzunligi bo‘ylab tarnovlar orasidagi vintli bo‘shliqni to‘ldiradi. Shariklar bu bo‘shliqni bosib o‘tib, yumaloq trubkasimon kanal orqali harakatlanadi va yana vintli juftlikning ishchi zonasiga qaytadi.

    8.22-rasm
    Sharikli vintli uzatmaning foydali ish koeffitsienti odatdagi vintli uzatmaning foydali ish koeffitsientidan ancha yuqori. “Vint-gayka” sharikli juftlikning zazor (vint gayka o‘rtasidagi juda tor tirqish)larining to‘liq bartaraf qilish uchun vintga bir vaqtning o‘zida oralarida po‘lat prujina (5) joylashtirilgan ikkita sharikli gayka
    (2) o‘rnatiladi. Prujina vint (3), sharik va gaykalar orasida taranglik hosil qilib, uzatmadagi barcha zazorlarni bartaraf qiladi.

    Download 40,48 Mb.
    1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   81




    Download 40,48 Mb.