Silindrik tishli uzatmalar




Download 40,48 Mb.
bet56/81
Sana22.01.2024
Hajmi40,48 Mb.
#143055
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   81
Bog'liq
CHIZMACHILIK.2020.Valiyev (1)

Silindrik tishli uzatmalar. Tishli uzatmada asosiy element tishli g‘ildirak va uning parametrlari hisoblanadi. Tishli g‘ildirakning asosiy elementi tish hisoblanadi. Agar tishli ilashmalardagi silindrik tishli g‘ildiraklarning tishlarini cheksiz kichiklashib yo‘qolib boradi deb faraz qilsak, u holda uzatma friksion uzatmaga aylanadi. Bu uzatmada ikki silindrik g‘ildirak o‘zaro ishqalanib aylanma harakat qiladi .
Bunday tasavvur qilinadigan silindrlar boshlang‘ich silindrlar deb ataladi, ularning diametri esa boshlang‘ich yoki bo‘luvchi aylanalar diametri deb ataladi va d harfi bilan belglilanadi. Bunday boshlang‘ich aylanalar haqiqatda esa bo‘lmaydi. Tishli g‘ildiraklar chizmasida bunday aylanalar o‘rni shtrix-punktir chiziq bilan belgilanadi.
Tishning balandligi h harfi bilan belgilanadi. Tishning boshlang‘ich aylanadan yuqorida joylashgan qismi tish kallagi deyiladi. Tish kallagining balandligi ha bilan, tish tubi (oyog‘i)ning balandligi esa hf bilan belgilanadi. Tishlar kallagini chegaralovchi aylana chiqiq (cho‘qqi)lar aylanasi diametri deyiladi va uni da bilan belgilanadi. O‘yiqlarni chegaralovchi aylana o‘yiqlar (botiqlar) aylanasi diametri deyiladi va uni df bilan belgilanadi. Tishlarnng qalinligi S va o‘yiqlar kengligi A boshlang‘ich aylana bo‘yicha o‘lchangan masofa qadam deb ataladi va u Pt harfi bilan belgilanadi (8.26-rasm).
Bo‘luvchi aylananing uzunligi qadamning tishlar soniga ko‘paytirilgan qiymatiga, ya’ni d=Pt×z ga teng. Demak, aylana uzunligi πd=Pt×z. Bundan bo‘luvchi aylana diametri d=Pt ×z, bu yerda Pt kattalik tishli ilashish moduli deb ataladi va uni m harfi bilan belgilanadi, demak, m=Pt /π. Shuning uchun bo‘luvchi aylana diametrining ifodasini quyidagicha ham yozish mumkin: d=m×z. Formuladan ko‘rinib turibdiki, modul - tishli g‘ildirakning bir tishiga boshlang‘ich aylananing qancha miqdori to‘g‘ri kelishini ifodalovchi son ekan. Modul m, tishlar soni z tishli ilashmalarni aniqlovchi asosiy qiymat (parametr)lar hisoblanadi.

8.26-rasm
Modul GOST 2.402-96 ga ko‘ra ikki qatorga bo‘linadi va u mm (millimetr) hisobida olinadi. Birinchi qator: 1;1,25; 1,5; 2; 2,5; 3;4; 5; 6; 8; 10; 12; 16; 20; 25;
32; 40; 50, bundan keyingilari 100 gacha 5 mm ga oshib boradi.
Ikkinchi qator: 1; 1,25; 1,375; 1,75; 2,25; 2,75; 3,5; 4; 5; 5,5; 7; 9; 11; 14; 18;
22; 28; 36; 45; 55, bundan keyingilari 100 gacha 5 mm ga oshib boradi.
Qiymati 0,05 dan 0,9 gacha bo‘lgan modullar bu yerda ko‘rsatilmagan.
Modul orqali tish kallagi va oyog‘ining (tubining) balandligini aniqlash mumkin. Normal to‘g‘ri tishli g‘ildiraklarda ha=m; hf=1,2m qilib olinadi. Tishning to‘la balandligi esa h=ha+hf=m+1,2m=2,2m ga teng. Modul miqdori esa m=h/2,2 bo‘ladi.
Tish cho‘qqisi aylanasining va tish tubi aylanasining diametri quyidagicha aniqlanadi: da=m(z+2).
Bu yerda d=m×z bo‘lgani uchun da=mz+2m=m(z+2) bo‘ladi. Demak, da =m(z+2).
O‘yiqlari aylanasining diametri esa: df =d-2×hf=mz-2×1,2m=m(z-2,4). Demak, df = m(z-2,4).
Tishli g‘ildirakni o‘ziga qarab chizmasini chizish uchun modulva tishlar soni z ma’lum bo‘lishi zarur. Qolgan miqdorlar hisoblab topiladi. Agar, masalan, tishli g‘ildirak o‘lchab chiqilganda da=80 mm va tishlar soni z=30 aniqlangan bo‘lsa, u holda:

Download 40,48 Mb.
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   81




Download 40,48 Mb.