• Komplekslar.
  • Yig‘ma birlikning yig‘ish chizmasi spetsifikatsiyasini tuzish




    Download 40,48 Mb.
    bet64/81
    Sana22.01.2024
    Hajmi40,48 Mb.
    #143055
    1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   81
    Bog'liq
    CHIZMACHILIK.2020.Valiyev (1)

    Yig‘ma birlikning yig‘ish chizmasi spetsifikatsiyasini tuzish. Spetsifikatsiya har bir yig‘ish birligi, kompleks va komplektlarning yig‘ish va montaj chizmalari uchun tuziladi. Uning shakli, o‘lchamlari va uni to‘lg‘azish tartibi standartda belgilangan (9.4 va 9.5-rasmlar). Spetsifikatsiya alohida A4 bichimda bajariladi va unda yig‘ish birligi, kompleks va komplekt tarkibiga kiruvchi qismlarni aniqlash va ularni tayyorlash, yig‘ish va montaj qilishda zarur bo‘lgan ma’lumotlar beriladi.
    Chizmaning spetsifikatsiyasiga buyumning tarkibiy qismlari, mazkur buyumga va uning spetsifikatsiya qilinmagan tarkibiy qismlariga tegishli bo‘lgan konstruktorlik hujjatlari kiritiladi.
    Umumiy holdagi spetsifikatsiya bo‘limlardan iborat bolib, ular quyidagi tartibda joylashtiriladi: 1) hujjatlar; 2) komplekslar; 3) yig‘ish birliklari; 4) detallar; 5)
    standart buyumlar; 6) boshqa buyumlar; 7) materiallar; 8) komplektlar.
    Har bir bo‘lim spetsifikatsiyaning “Nomi” degan ustunida sarlavha sifatida ko‘rsatiladi va ostiga chizib qo‘yiladi. Spetsifikatsiyaning yuqorida keltirilgan har bir bo‘limida quyidagi ma’lumotlar beriladi.

    1. Hujjatlar. Bu bo‘limga spetsifikatsiya qilinadigan buyumning asosiy konstruktorlik hujjatlari komplektini tashkil qiluvchi hujjatlar, buyumning spetsifikatsiya qilinmagan qismlarining (detallarining) ish chizmasidan boshqa hujjatlari kiritiladi. Bu bo‘limda birinchi navbatda spetsifikatsiya qilingan

    buyumning hujjatlari, so‘ngra spetsifikatsiyalanmagan qismlarining hujjatlari kiritiladi.

    9.4-rasm



    1. Komplekslar. “Yig‘ish birliklari” va “Detallar” bo‘limiga spetsifikatsiya qilinadigan buyum tarkibiga bevosita kiruvchi komplekslar, yig‘ish birliklari va detallar kiritiladi. Ko‘rsatilgan buyumlar alfavit tartibida yoziladi.

    2. Standart buyumlar. Bu bo‘limda buyumlar quyidagi tartibda yoziladi: 1) davlat standartlari; 2) tarmoq standartlari; 3) korxona standartlari.

    Har bir standart toifalari chegarasida bir xil guruhlar, har bir guruh chegarasida buyumlarning alfavit tartibida nomlari, bar bir nom chegarasida standartlarning ortib borishi tartibida, har bir standartning belgilanishida buyumning asosiy parametrlari yoki o‘lchamlari ortib borish tartibida yoziladi.


    1. Download 40,48 Mb.
    1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   81




    Download 40,48 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Yig‘ma birlikning yig‘ish chizmasi spetsifikatsiyasini tuzish

    Download 40,48 Mb.