• Materiallar.
  • Komplektlar.
  • Bichim” ustuni .
  • Zona” ustuni .
  • Belgisi” ustuni .
  • Nomi”
  • Soni” ustunida
  • Eslatma” ustunida
  • Oliy va o‘rta maxsus ta’lim




    Download 40,48 Mb.
    bet65/81
    Sana22.01.2024
    Hajmi40,48 Mb.
    #143055
    1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   81
    Bog'liq
    CHIZMACHILIK.2020.Valiyev (1)

    Boshqa buyumlar. Bu bo‘limga standart buyumlardan tashqari asosiy konstruktorlik hujjatlari bo‘yicha qo‘llanilmagan (texnikaviy shartlar, kataloglar, preyskurantlar va shunga o‘xshashlar bo‘yicha ishlatilgan) buyumlar kiritiladi.

    Buyumlar bir xil guruhlar bo‘yicha yoziladi: har bir guruh chegarasida -raqamlari alfavit tartibida, har bir nom chegarasida buyumning asosiy parametrlari yoki o‘lchamlari ortib borish tartibida yoziladi.

    1. Materiallar. Bu bo‘limga buyum tarkibiga bevosita kiruvchi materiallar kiritiladi. Masalan, metall simlar, kabellar, shnurlar, rezina, teri, to‘qimachilik materiallari, elektrodlar, yelim, moylovchi moylar va shunga o‘xshashlar.

    Materiallar spetsifikatsiyada ularning turlariga qarab quyidagi tartibda yoziladi:
    1) qora metallar; 2) magnitli elektrik va ferromagnit metallar; 3) rangli, asl va noyob metallar; 4) kabellar, simlar va chilvirlar; 5) plastmassalar va presslangan materiallar; 6) qog‘oz va to‘qimachilik materiallari; 7) yog‘och materiallari; 8) rezina va teri materiallari; 9) mineral va sopol keramika materiallar; 10) loklar, bo‘yoqlar, neft mahsulotlari va kimyoviy dorilar; 11) boshqa materiallar.
    Har bir materialning turlari chegarasida ularning nomlari alfavit tartibida, har bir materialning nomlari chegarasida o‘lchamlari yoki boshqa parametrlari ortib borishi chegarasida yoziladi.

    1. Komplektlar. Spetsifikatsiyaning bu bo‘limiga konstruktorlik hujjatlar bo‘yicha buyumga bevosita kiruvchi komplektlar yoziladi. Komplektlarni yozish tartibi standartda belgilangan. Spetsifikatsiyada ko‘rsatilgan ustunlar quyidagicha to‘lg‘aziladi.

    1. Bichim” ustuni. Bunda spetsifikatsiyada nomi ko‘rsatilgan hujjatlarning bichimi ko‘rsatiladi. Agar hujjatlar bir necha turli bichimlarda bajarilgan bo‘lsa, bu ustunda yulduzcha “*” belgisi qo‘yilib, “Eslatma” ustunida hamma belgilar yoziladi. Standart va boshqa buyumlar, materiallar bo‘limlarida bu ustun to‘lg‘azilmaydi. Bosmaxona, litografiya va boshqa shunga o‘xshash usullar bilan tegishli davlat standartlari tasdiqlangan bichimlarda chiqarilgan hujjatlarda bu ustunga chiziq chizib qo‘yiladi.

    2. Zona” ustuni. Chizma maydoni zonalarga standart bo‘yicha bo‘lingan bo‘lsa, buyumning tarkibiy qismlari joylashtirilgan zonalar ko‘rsatiladi.

    1. Vaz” (Vaziyat) ustuni. Bu ustunda spetsifikatsiya qilinayotgan buyum tarkibiga bevosita kiruvchi detallarning tartib raqamlari ularni spetsifikatsiyada yozilgan tartibda ko‘rsatiladi. “Hujjatlar” va “Komplektlar” bo‘limlari uchun bu ustun to‘lg‘azilmaydi.

    2. Belgisi” ustuni. Bu ustunda “Hujjatlar” bo‘limida yozilgan hujjatlarning belgisi ko‘rsatiladi. “Komplekslar”, “Yig‘ish birhklari”, “Detallar” va “Komplektlar” bo‘limlari uchun bu ustunda ularning asosiy konstruktorlik hujjatlarining belgilari ko‘rsatiladi. Spetsifikatsiyaning “Standart buyumlar”, “Boshqa buyumlar” va “Materiallar” bo‘limlarida bu ustun to‘lg‘azilmaydi.

    3. Nomi” ustunida quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:

      1. «Hujjatlar» bo‘limida mazkur buyumning asosiy konstruktorlik hujjatlari komplektiga kiruvchi hujjatlarining nomi, masalan, “Yig‘ish chizmasi”, “Texnikaviy shartlar” va shunga o‘xshashlar ko‘rsatiladi.

      2. Komplekslap”, “Yig‘ish birliklari”, “Detallar” va “Komplektlar” bo‘limlarida buyumning nomi asosiy konstruktorlik hujjatlarining asosiy yozuvida yozilgan nomiga muvofiq yoziladi. Chizmasi tuzilmagan

    buyumning detallari uchun ularning nomlari va materiali, tayyorlash uchun zarur bo‘lgan o‘lchamlari ko‘rsatiladi;
    9.5-rasm

    1. Standart buyumlar” bo‘limida standartlar tomonidan buyumga berilgan raqamlar va belgilar ko‘rsatiladi;

    246

    1. Boshqa buyumlar” bo‘limida mazkur buyumlar bilan ta’minlanganligi to‘g‘risidagi hujjatlarga muvofiq ularning nomi va belgisi, hujjatlarning belgisi ko‘rsatiladi;

    2. Materiallar” bo‘limida standart tomonidan materiallarga berilgan belgilar yoziladi.

    1. Soni” ustunida buyumning tarkibiy qismlari uchun spetsifikatsiya qilinayotgan bitta buyumdagi detallarining soni ko‘rsatiladi. «Materiallar» bo‘limida bitta buyum uchun mazkur materialning umumiy miqdori o‘lchov birligi yozilgan holda ko‘rsatiladi. “Eslatma” ustuni “Soni” ustunining bevosita yaqinida yozib qo‘yilishiga ruxsat beriladi. “Hujjatlar” bo‘limida bu ustun to‘lg‘azilmaydi.

    2. Eslatma” ustunida mazkur buyumga tegishli hujjatlar va materiallar, masalan, chizmasi bajarilmagan detallar uchun uning massasi va shunga o‘xshash turli ma’lumotlar ko‘rsatiladi. Ikki va undan ortiq turli bichimlarda bajarilgan hujjatlar uchun bu ustunda bichimlar ko‘rsatiladi. Bunday hollarda bichimni ko‘rsatuvchi son oldiga yulduzcha “*” belgisi qo‘yiladi. Spetsifikatsiyaning har bir bo‘limidan keyin qo‘shimcha yozuvlar uchun bo‘sh qatorlar qoldirilishi lozim. Shuningdek, vaziyat raqamlarini ham zahira sifatida qoldirish mumkin. Zahira vaziyat raqamlari bo‘sh qatorlari to‘lg‘azilganda qo‘yiladi.


    Download 40,48 Mb.
    1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   81




    Download 40,48 Mb.