• 3-variant. Berilgan yaqqol tasvirlari va birikish sxemasi bo‘yicha rezbali detallarning yig‘ish chizmasi bajarilsin.
  • 5-variant. Berilgan yaqqol tasvirlari va birikish sxemasi bo‘yicha rezbali detallarning yig‘ish chizmasi bajarilsin.
  • 7-variant. Berilgan yaqqol tasvirlari va birikish sxemasi bo‘yicha rezbali detallarning yig‘ish chizmasi bajarilsin.
  • Buyumning yig‘ish chizmasini o‘qish qoidalari.
  • Oliy va o‘rta maxsus ta’lim




    Download 40,48 Mb.
    bet68/81
    Sana22.01.2024
    Hajmi40,48 Mb.
    #143055
    1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   81
    Bog'liq
    CHIZMACHILIK.2020.Valiyev (1)

    1-variant.Berilganyaqqoltasvirlarivabirikishsxemasibo‘yicha rezbali detallarning yig‘ish chizmasi bajarilsin.


    2-variant. Berilgan yaqqol tasvirlari va birikish sxemasi bo‘yicha rezbali detallarning yig‘ish chizmasi bajarilsin.

    9.1-jadval (davomi)




    3-variant. Berilgan yaqqol tasvirlari va birikish sxemasi bo‘yicha rezbali detallarning yig‘ish chizmasi bajarilsin.


    4-variant. Berilgan yaqqol tasvirlari va birikish sxemasi bo‘yicha rezbali detallarning yig‘ish chizmasi bajarilsin.

    9.1-jadval (davomi)




    5-variant. Berilgan yaqqol tasvirlari va birikish sxemasi bo‘yicha rezbali detallarning yig‘ish chizmasi bajarilsin.


    6-variant. Berilgan yaqqol tasvirlari va birikish sxemasi bo‘yicha rezbali detallarning yig‘ish chizmasi bajarilsin.

    9.1-jadval (davomi)




    7-variant. Berilgan yaqqol tasvirlari va birikish sxemasi bo‘yicha rezbali detallarning yig‘ish chizmasi bajarilsin.


    8-variant. Berilgan yaqqol tasvirlari va birikish sxemasi bo‘yicha rezbali detallarning yig‘ish chizmasi bajarilsin.

    9.1-jadval (davomi)




      1. Buyumning yig‘ish chizmasini o‘qish qoidalari. Yig‘ish chizmasini o‘qish deganda chizmaga binoan buyum va uning tarkibiga kiruvchi detallarning fazoviy shaklini aniqlash, uni butlash uchun yig‘ish, nazorat qilish, detallarning bir-biriga isbatan o‘zaro bog‘lanishlarini bilish uchun zarur bo‘lgan barcha grafik ma’lumotlarni aniqlash tushuniladi.

    Yig‘ish chizmalarini tuzish va o‘qishda talabalar chizmachilik darslarida olgan barcha bilimlarini ishga sola bilishi lozim. Chunki yig‘ish chizmalarida ko‘proq oddiylashtirish va shartliliklar qo‘llaniladi. Shunga ko‘ra yig‘ish chizmalarida ba’zi o‘yiqlar, chuqurchalar, o‘simtalar, galtellar, faskalar, zazor kabi ko‘zga kam tashlanadigan joylar tasvirlanmasligi mumkin. Boltli, shpilkali, vintli birikmalar shartli ravishda oddiylashtirib tasvirlanishi mumkin. Bunda rezba butun sterjen bo‘ylab ko‘rsatilib, bolt, gayka faskalari, shpilka uyalaridagi ehtiyojga qaralganda rezba va shaybalar tasvirlanmaydi.
    Standartga muvofiq yig‘ish chizmalarida ko‘proq shartlilik va soddalashtirishlar tatbiq qilingan bo‘lib, ba’zi o‘yiqlar, chuqurchalar, chiziqlar, galtellar, faskalar, tirqish kabi ko‘zga kam tashlanadigan elementlar shartli tasvirlanmasliklari mumkin. Yig‘ish chizmalaridagi detallarning ish chizmalarini chizishda unda tatbiq qilingan shartlilik va soddalashtirishlar hisobga olinmagan holda, barcha kerakli konstruktiv elementlari to‘liq ko‘rsatiladi.
    Yig‘ma birlikning yig‘ish chizmasidan uning detallarini ajratib chizishda quyidagilarga rioya qilish tavsiya etiladi.

    1. Yig‘ish chizmasining asosiy yozuvi va spetsifikatsiyasi diqqat bilan o‘rganiladi, yig‘ish birligining tuzilishi, ishlash jarayoni va qayerda qo‘llanishi to‘g‘risida tasavvur qilishga harakat qilinadi. Yig‘ish birligi to‘g‘risida qisqacha yozma ma’lumot, ish bajarish sxemasi kabi qo‘shimcha ko‘rsatmalarga e’tibor beriladi.

    2. Spetsifikatsiyasi bo‘yicha buyum qanday original va standart detallardan tashkil topganligi diqqat bilan o‘rganiladi.

    3. Detallarning o‘zaro joylashishi va birikishiga ahamiyat beriladi. Ishlayotganda detallarning siljishiga, o‘rin almashinishiga hamda har bir detalning geometrik shakliga e’tibor beriladi.

    Detallarning tuzilishini o‘rganishda qo‘shimcha ko‘rinishlarga, elementlarining chiqarib tasvirlanishiga, qirqim va kesimlarga ahamiyat beriladi. Chunki qo‘shimcha ko‘rinish va chiqarib tasvirlashlarda detalning asosiy ko‘rinishlarida uning o‘qib bo‘lmaydigan tomonlari to‘g‘risida qo‘shimcha ma’lumot beriladi.
    5. Yig‘ma buyumni qismlarga ajratish va yig‘ish tartibini o‘rganib chizish tavsiya etiladi. Ajratib chiziladigan detallarning geometrik shakllari o‘rganilayotganda ulardagi har bir elementining nima uchun mo‘ljallanganligi aniqlanadi. Ba’zi bir elementini o‘qish qiyin bo‘lganda ular bilan yonma-yon joylashgan detallarga qarab, ular o‘zaro qanday joylashganligi qo‘shib o‘rganiladi.
    O‘rganish davomida barcha ko‘rinishlar, qirqim, kesimlar, qirqimdagi joylar yuzalarining shtrixlanishiga ahamiyat beriladi.
    Yig‘ish chizmalarini o‘qish paytida standartlarda ruxsat etilgan shartlilik va soddalashtirishlarga ahamiyat beriladi. Chunki ko‘rinish va qirqimlarda hamma narsalar ham tasvirlanavermaydi, balki eng kerakli qismi ko‘rsatiladi. Qopqoq, chambarak kabi ba’zi detallar ko‘rinishlarining birida boshqa detallarni to‘sib qoladigan bo‘lsa, ular tasvirlanmagan bo‘lishi mumkin.
    Endi 9.18-rasmda tasvirlangan “Ehtiyot klapan” deb ataluvchi buyumning yig‘ish chizmasi orqali bu buyum o‘qib ko‘riladi. Buyum asosiy yozuv va spetsifikatsiyasida ko‘rsatilganligiga qaraganda, u to‘qqizta detaldan tashkil topganligi ma’lum. Klapan diqqat bilan o‘rganilsa, u tarmoqdan kelayotgan ma’lum bosimli suyuqlik me’yoridan ortib ketganda ortiqchasini chiqarib yuborar ekan.

    9.18-rasm


    Klapan egari turidagi shtutser tarmoqdagi trubaga rezba yordamida ulanadi. Tarmoqdagi bosimni me’yorda saqlash uchun prujina kuchi vint 5 yordamida sozlanadi. Prujina klapan (vaz.3) va tayanch (vaz.4) orasida siqilib joylashgan. Tarmoqdagi bosim me’yordagi miqdordan oshib ketsa, klapan (3) itariladi, me’yorga kelganda klapan prujina (7) yordamida yana o‘z o‘rniga qaytadi.
    Klapanni detallarga ajratish tartibi bilan tanishiladi. Korpusdagi shtutser burab chiqarilgandan keyin u bilan klapan, prujina va tayanch detallar otilib chiqib ketmashgi uchun sozlovchi vint bir oz orqaga burab, prujina bo‘shatiladi. Keyin sozlovchi vint tashqariga burab chiqariladi. Kerak bo‘lganda undan gayka burab chiqariladi.
    Klapanni yig‘ish uchun oldin sozlovchi vintga gayka buraladi va vint korpusga kiritiladi, unga tayanch o‘rnatiladi, prujina tayanchga kiydiriladi, klapan esa shtutserga kiritilib, shtutser korpusga burab kiritiladi. Korpus va shtutser oralig‘iga qistirma qo‘yiladi. So‘ngra prujina kuchi kerakli me’yorda vint yordamida sozlanadi va gayka bilan mahkamlanadi.
    Endi har bir detal o‘rganib chiqiladi. Korpus (1) ichi kovak yon tomonlarida to‘rtta cho‘zinchoq teshigi bor silindrik sirt bo‘lib, teshiklari yarim yumaloqlangan. Silindrning ikkala toretsida rezbali teshiklar mavjud, chap tomonidagi rezbali teshikka shtutser (2), o‘ng tomonidagi rezbali teshikka sozlovchi vint (5) burab kiritiladi. O‘ng tomonida sozlovchi vintning rezba o‘ramlari ko‘proq kirib turishi uchun silindrik chiqiqqa ega. Silindr asoslari yon sirtlari bilan yumaloqlangan.
    Shtutserning (2) o‘rtasida gayka kaliti uchun olti qirrali bir tomonlama faskali prizma, ikkala tomonida bir xil kattalikdagi rezbalar o‘yilgan bo‘lib, u o‘ng tomonidagi rezbasi vositasida korpusga, chap tomonidagi rezbasi bilan tarmoqqa ulanadi. Shtutserning o‘rtasida o‘q bo‘yicha silindrik teshik, o‘ng tomonida klapanning konussimon qismi uchun konus faskasi bor.
    Klapan 3 asosan silindrik va konussimon sirtlardan tashkil topgan bo‘lib, chap tomonidagi silindr qismi shtutserning silindrik teshigi ichida harakat qilayotgan klapan otilib chiqib ketmasligining oldini oladi. Undagi to‘rtta kichik va o‘rtasidagi yopiq
    (berk) silindrik teshik tarmoqdagi ortiqcha bosimni chiqarib yuborish uchun xizmat qiladi. Klapandagi konussimon sirt shtutserning konussimon faskasiga mos. O‘ngdagi eng katta silindr prujina uchun tayanch vazifasini bajaradi va undan keyingi silindr prujinaning klapandan chiqib ketmasligini ta’minlaydi. Klapanning konussimon bo‘shlig‘i uni yengillatish maqsadida o‘yilgan.
    Tayanch (4) katta va kichik silindrlardan iborat bo‘lib, ulardan eng kattasi prujina uchun tayanch vazifasini o‘taydi. Chap tomonidagi silindr prujinaning tayanchdan chiqib ketmasligi, undagi bo‘shliq esa, tayanchni yengillatish maqsadida o‘yilgan. O‘ngdagi silindrik berk teshik sozlovchi vint uchun mo‘ljallangan.
    Sozlovchi vintning (5) chap tomoni konussimon sirt bo‘lib, o‘ng tomoni chambarak uchun to‘rtburchakli prizma bilan chegaralangan. Prujina katta rezbasi bilan sozlansa, vint o‘z-o‘zidan buralib ketmasligi uchun kichik rezbasiga gayka burab kiritiladi.
    Buyumdagi gayka va prujinalar to‘g‘risida to‘xtalmasa ham bo‘ladi.
    Shtutserdan tashqari hamma detallarni bitta bosh ko‘rinishda tasvirlash mumkin. Klapanning to‘rtta silindrik teshikchalari uchun, hamma sozlovchi vintning kalit orqali buraladigan qismi uchun kesim qo‘llash ma’qul.

    Download 40,48 Mb.
    1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   81




    Download 40,48 Mb.