Oliy va o‘rta maxsus ta’lim




Download 40,48 Mb.
bet69/81
Sana22.01.2024
Hajmi40,48 Mb.
#143055
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   81
Bog'liq
CHIZMACHILIK.2020.Valiyev (1)

Namuna chizmalar. Grafik vazifa sharti: Berilgan yig‘ish chizmasi asosida Ikki yo‘lli krannomli yig‘ma birlikning standart bo‘lmagan detallari ishchi chizmasi bajarilsin.
“Ikki yo‘lli kran”ning yig‘ish chizmasi 9.19-rasmda berilgan bo‘lib, u asosida yig‘ma birlikning standart bo‘lmagan detallari ishchi chizmasi bajariladi. Uning tarkibida 10 ta standart bo‘lmagan va 1 ta standart detal mavjud bo‘lib, shulardan 7 ta standart bo‘lmagan detal ishchi chizmasi chiziladi. Bular quyidagilar: korpus (vaz. 1), tiqin (vaz. 2), kalit (vaz. 3), qopqoq (vaz. 4), gayka (vaz.5), dasta (vaz. 6) va shayba (vaz. 8)lardir.
Nostandart detallardan prujina (vaz. 7), qistirma (vaz. 9), qistirma (vaz. 10) va standart detal shayba (vaz. 11)larning ishchi chizmasi bajarilmaydi. Korpus (vaz. 1) asosiy tayanch detal bo‘lib, uning tuzilishi ham ancha murakkab. Shuning uchun
u uchta ko‘rinish va A-A qirqim orqali tasvirlangan (9.20-rasm). Tiqin (vaz. 2) uchta ko‘rinish orqali A3 formatga ishchi chizmasi bajarilgan (9.21-rasm).
Kalit (vaz. 3) ikki ko‘rinish va chiqarilgan kesim orqali tasvirlangan (9.22- rasm). Qopqoq (vaz. 4) ikki proyeksiyasi orqali ham tishunarlidir (9.23-rasm). Gayka (vaz. 5) va shayba (vaz. 8) kabi detallar ishchi chizmasi ham qopqoqniki kabi ikki ko‘rinishda bajariladi (9.24 va 9.26-rasmlar). Dasta (vaz. 6) nomli detal ikki proyeksiyasi va chiqarilgan kesim tatbiq qilingan holda tasvirlangan (9.25- rasm).
Berilgan yig‘ish chizmasi asosida buyumning standart bo‘lmagan detallarining ishchi chizmasini bajarishga oid grafik vazifa uchun variantlar 9.2- jadvalda keltirilgan.
9.27-rasmda “Ikki yo‘lli kran”ning yaqqol tasviri standart aksonometriyaning to‘g‘ri burchakli izometrik proyeksiya turida bajarilgan. Talabalar ham o‘z grafik vazifalaridagi buyumning yaqqol tasvirini maqsadga muvofiq aksonometrik proyeksiya turini tadbiq etgan holda bajaradilar.

9.19-rasm

9.20-rasm

9.21-rasm


9.22-rasm


9.24-rasm

9.25-rasm

9.26-rasm



9.27-rasm
9.2-jadval

9.2-jadval (davomi)


9.2-jadval (davomi)





  1. Download 40,48 Mb.
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   81




Download 40,48 Mb.