Gidravlik va pnevmatik sxemalar




Download 40,48 Mb.
bet72/81
Sana22.01.2024
Hajmi40,48 Mb.
#143055
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   81
Bog'liq
CHIZMACHILIK.2020.Valiyev (1)

Gidravlik va pnevmatik sxemalar. Suyuqlik, gaz (havo)larni bosim ostida yoki o‘zicha quvurlar orqali oqishni shartli belgilar yordamida ko‘rsatuvchi chizmalar gidravlik va pnevmatik sxemalar deyiladi. Bunday sxemalarda har bir quvurlar va ularni ulaydigan muftalar, ventil, jo‘mrak, klapanlar va moslamalar kabilar O‘zDSt 2.782:2003 talabiga ko‘ra shartli grafik belgilarda chiziladi (10.2 va10.3- jadvallar).

O‘zining vazifasiga ko‘ra gidravlik va pnevmatik sxemalar strukturali prinsipial va ulash (montaj) sxema turlariga bo‘linadi.
Strukturali sxemada – buyumning barcha asosiy funksional qismlari (elementlar, moslama va funksional guruhlar) hamda ular orasidagi asosiy bog‘lanishlar ko‘rsatilib, o‘zaro bog‘lanishlar chizig‘ida suyuqlik (gaz) oqimining yo‘nalishi tasvirlanadi.
Prinsipal sxemada - elementlar tarkibi va ular orasidagi bog‘lanishlar to‘la ko‘rsatiladi. Unda buyumning ishlash prinsipi to‘g‘risida to‘la ma’lumot beriladi.
Ulash (montaj) sxemasida – buyum qismlarinining ulanishi tasvirlanib, biriktiruvchi (quvur)larni aniqlab, ularni ulash va olib kirish joylari ko‘rsatiladi. Ulash sxemalari prinsipial sxemalar asosida ishlab chiqiladi.
Gidravlik va pnevmatik sxemalarda elementlar va qurilmalar, odatda dastlabki vaziyatda tasvirlanadi.

10.2-rasm


Vaziyat belgisiga kiruvchi harflar element nomining boshlang‘ich harflaridan iborat bo‘ladi: filtr - Fi, nasos - N, bosimli gidroklapan - GK, gidrokuchaytirgich - GC, moy purkagich (tuzatgich) - MP, tartib nomerlari elementlarning sxemada joylashishiga qarab yuqoridan pastga va

chapdan o‘ngga tomon suyuqlik, gaz (havo) manbayidan boshlab beriladi. Bir xil elementlarga bitta vaziyat nomeri berilib, uning yonida qavs ichida 2(1), 2(2), 3(3) kabi yoziladi (10.2-rasm).
Standart talabiga ko‘ra o‘tkazuvchi quvur truboprodlarni o‘qsiz ikkita ingichka chiziqda, bitta yo‘g‘on chiziq bilan, o‘zaro detal va armaturalarni kontur chiziqda tasvirlash mumkin.
Qurilishlarda issiq va sovuq suv, gaz, kanalizatsiya quvurlarni bir-biridan farq qilishi uchun raqam bilan belgilash yoki har xil yo‘g‘onlikdagi chiziqlar bilan tasvirlab, ularga tushuntirish beriladi.
Gidravlik va pnevmatik sxemalar bir xil chiziladi va kinematik sxemalardek bir xil bo‘lib o‘qiladi.




10.3-rasm
10.3-rasmda parallel kuzatuvchi va ko‘chiruvchi bir koordinatali stanokning sxemasi berilgan bo‘lib, u quyidagicha o‘qiladi: suyuqlik F1 bo‘shliqqa va bir vaqtning o‘zida boshqariladigan zolotnik teshigi Fx dan oqim kuchi klapani 4 ning prujinasi orqali chegaralangan qarama-qarshi P2 bosimli bo‘shliq F2 ga oqib o‘tadi. Shunda ko‘chiruvchi stanokdagi K moslamaga topshiriq berilsa, sezuvchi element bilan ta’minlangan 3 zolotnik (taqsimlovchi) 1 porshenni u orqali harakatga keltiradi. Shunda 2 silindrni kerakli rejimda ishga tushiradi.

Download 40,48 Mb.
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   81




Download 40,48 Mb.