|
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim
|
bet | 71/81 | Sana | 22.01.2024 | Hajmi | 40,48 Mb. | | #143055 |
Bog'liq CHIZMACHILIK.2020.Valiyev (1)Shartli grafik belgilarning nomi
|
Belgisi
|
1.
|
Elektromagnit energiyalarning oqimi, elektr signal:
|
|
yo‘nalish bir tomonlama
|
|
yo‘nalish turli vaqtda ikki tomonlama
|
|
yo‘nalish bir vaqtning o‘zida ikki tomonlama
|
|
2.
|
Havo (gaz) oqimi:
|
|
yo‘nalish bir tomonlama
|
|
yo‘nalish ikki tomonlama
|
|
3.
|
Suyuqlik oqimi:
|
|
yo‘nalishi bir tomonlama
|
|
yo‘nalishi ikki tomonlama
|
|
4.
|
To‘g‘ri chiziqli harakat yo‘nalishi:
|
|
bir tomonlama
|
|
|
qaytma
|
|
bir tomonlama chegaralangan
|
|
ilgarilama-qaytma
|
|
5.
|
Aylanma harakat:
|
|
bir tomonlama
|
|
qaytma
|
|
6.
|
Gidravlik va pnevmatik sxemalarda mexanik bog‘lanish
chiziqlari
|
|
7.
|
Elektr sxemalarda mexanik bog‘lanish chiziqlari
|
|
8.
|
Harakatni uzatuvchi mexanik bog‘lanish chiziqlari:
|
|
|
to‘g‘ri chiziqli yo‘nalish bo‘yicha bir tomonlama
|
|
to‘g‘ri chiziqli qaytma
|
|
aylanma, soat yo‘nalishi bo‘yicha
|
|
9.
|
Mexanizmni to‘xtatish belgisining umumiy tasvirlanishi.
|
|
10.
|
Muftaning uzilgan holati
|
|
11.
|
Muftaning ulangan holati
|
|
12.
|
Tormozning umumiy belgilanishi
|
|
13.
|
Itargich
|
|
14.
|
Rolik
|
|
15.
|
Qo‘lda harakatga keltirish
|
|
16.
|
Oyoqda harakatga keltirish
|
|
17.
|
Boshqa harakatga keltiruvchi manbalar:
|
|
|
mexanik energiya beruvchi akkumulyator
|
|
elektromagnitli
|
|
pnevmatik yoki gidravlik
|
|
elektromashinali
|
|
issiqlik dvigateli
|
|
menbranli
|
|
O‘tkazuvchi quvur armaturalarining shartli grafik belgilanishi
10.2-jadval.
№
|
Shartli grafik belgilarning nomi
|
Belgisi
|
1.
|
Boshqarilmaydigan ventil, klapanlar:
|
|
burchakli
|
|
uch yo‘nalishli
|
|
2.
|
Boshqariladigan ventil, klapanlar:
|
|
o‘tkazuvchi
|
|
burchakli
|
|
3.
|
Saqlagichli o‘tkazuvchi klapan
|
|
4.
|
Drosselli klapan
|
|
5.
|
Zadvijka
|
|
6.
|
Kran:
|
|
o‘tkazuvchi
|
|
burchakli
|
|
uch yo‘nalishli
|
|
|
to‘rt yo‘nalishli
|
|
7.
|
Aralashtirilgan kran:
|
|
umumiy belgilanishi
|
|
dush setkali
|
|
8.
|
Tindirgich (otstoynik):
|
|
basseynli
|
|
bir kamerali
|
|
ko‘p kamerali
|
|
9.
|
Filtr (suzgich):
|
|
qumli
|
|
barabanli
|
|
lentali
|
|
Kinematik sxemalar (O‘zDSt 2.702:2003). Kinematik sxemalar asosiy vazifasiga ko‘ra prinsipial, strukturali va funksional turlarga bo‘linadi.
Prinsipial sxemada barcha kinematk elementlarning yo‘nalishi va ulaning bog‘lanishi, boshqarilishi, sozlanishi va harakatlarining nazorat qilinishi ko‘rsatiladi. Sxemada mexanik va mexanik bo‘lmagan juftlar, zanjirlar, guruhlar orasidagi bog‘lanishlar ko‘rsatiladi.
Sxemada vallar, o‘qlar, sterjenlar, shatun kabilar s yo‘g‘onlikdagi asosiy yo‘g‘on tutash chiziq bilan chiziladi. Sxema elementlari s/2 yo‘g‘onlikdagi ingichka tutash chiziq bilan, buyum konturi ichiga chizilgan sxema s/3 yo‘g‘onlikdagi ingichka tutash chiziq bilan chiziladi. Tutash zvenolarning orasidagi kinematik bog‘lanishlar s/2 yo‘g‘onlikdagi shtrix chiziqlarda, elementlar orasidagi yoki ularning harakat manbayi bilan mexanik bo‘lmagan (energetikali) kinematik bog‘lanishlari s/2 yo‘g‘onlikda ikki qatorli o‘zaro parallel shtrix chiziqda, elementlar orasidagi hisob-kitob bog‘lanishlari s/2 yo‘g‘onlikdagi uch qatorli o‘zaro parallel shtrix chiziqlarda chiziladi.
Sxemada mashina va mexanizmlarning zvenolari orasidagi harakatlarning o‘zaro bog‘liqligini ko‘rsatish bilan birga vallarning aylanma harakat soni, shkiv diametrlari, tishli g‘ildiraklar tishlarning soni, moduli, dvigatelining quvvati va boshqa texnik ko‘rsatkichlar beriladi.
Sxemada kinematik guruhlar va elementlar vazifasini chiqarilgan chiziq tokchasi ostiga yozib qo‘yish mumkin. Vallar rim raqami bilan, qolgan elementlari arab raqamlar bilan nomerlanadi.
Eng ko‘p tarqalgan sxema elementlariga harfiy belgilar qo‘yiladi. Standartga muvofiq umumiy mexanizmlar – A, vallar – B, Kulochokli mexanizm elementlari (kulachok, itargich) – C, turli elementlar – E, bukiladigan mexanizm elementlari (tasma, zanjir) – K, xrapovikli mexanizm elementlari – P, tishli va friksion mexanizm elementlari – T, harakat manbayi (motor) – M, muftalar, tormozlar – X, U harflari bilan ko‘rsatiladi.
Strukturali sxemada asosiy funktsional qismlar (elementlar, moslama) va ular orasidagi o‘zaro bog‘lanishlar tasvirlanadi.
Funksianal sxemada funksianal qismlarni oddiy geometrik shakl tarzida va ular orasidagi funktsional bog‘lanishlar ko‘rsatiladi. Barcha tasvirlangan funksional qismlarning nomlari ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim.
Kinematik sxemalar standart tomonidan tasdiqlangan shartli grafik belgilar bilan tasvirlanadi (10.3-jadval).
Kinematik sxemalarda elementlarning shartli grafik belgilanishi
10.3-jadval.
№
|
Shartli grafik belgilarning nomi
|
Belgisi
|
1.
|
Val, o‘q, sterjen, shatun va boshqalar
|
|
2.
|
Qo‘zg‘almas zveno (stoyka)
|
|
3.
|
Zveno qismlarini biriktirish:
|
|
qo‘zg‘almas
|
|
qo‘zg‘almas, lekin sozlanish mumkin
|
|
4.
|
Sirpanish podshipniklari:
|
|
radialli
|
|
bir tomonlama radial – tayanchli
|
|
5.
|
Yumalash podshipniklari:
|
|
radialli
|
|
bir tomonlama radial-tayanchli
|
|
ikki tomonlama radial-tayanchli
|
|
6.
|
Richagli mexanizm zvenolari: ikki elementli krivoship,
shatun koromislo
|
|
7.
|
Tasmali uzatmaning umumiy belgilanishi
|
|
8.
|
Zanjirli uzatmaning umumiy belgilanishi
|
|
9.
|
Silindrik tishli uzatmaning umumiy belgilanishi
|
|
10.
|
Konussimon tishli uzatmaning umuiy belgilanishi
|
|
11.
|
Reyka tishli uzatma
|
|
12.
|
Sektor tishli uzatma
|
|
13.
|
Harakat uzatuvchi vint
|
|
10.1-rasmdagi tokarlik stanogining tezliklar qutisi mexanizmining kinematik sxemasi quyidagicha o‘qiladi. Tezliklar qutisi stanokning shpindeliga bir necha xil aylanish tezliklarini uzatish uchun xizmat qiladi.
Sxemadan tezliklar qutisining mexanizmi I, II, III, rim raqamlari bilan belgilangan uchta valdan: yo‘naltiruvchi shponka bo‘yicha va u orqali harakatlanadigan 4, 6 va 7 tishli g‘ildiraklar zvenosidan va ℓ II ga qo‘zg‘almas qilib o‘rnatilgan 3, 8, 9, 10 tishli g‘iliraklardan, stanokning shpindeli bo‘lgan val
III da erkin aylanadigan 11, 14 tishli g‘ildiraklardan, 11 va 14 tishli g‘ildiraklar orasida joylashgan 12 ikki tomonlama muftadan, 5 dastadan va 13 richagdan iborat ekanligi ko‘rinib turibdi.
Aylanma harakat M elektr yuritgichidan tasmali uzatma va 2 friksion ulash muftasi orqali uzatmalar qutisi shesterniyalariga uzatiladi. Demak, val I bitta aylanish tezligiga ega bo‘ladi, chunki shkiv pog‘onali emas. Val I bilan birga tishli g‘ildiraklar to‘plami 4, 6, 7 aylanadi, bularni dasta 5 yordamida yo‘naltiruvchi shponka bo‘yicha surib, 3-4, 6-8, 7-9 uchta tishli g‘ildiraklar juftini ilashtirish mumkin. Shunday qilib, o‘rtadagi II valga uch xil aylanma harakat uzatish mumkin. Bunda eng katta aylanish chastotasi g‘ildiraklar 6 va 8 ilashganda, eng kichik chastotasi g‘ildiraklar 7 va 9 ilashganda hosil bo‘ladi. Tishli g‘ildiraklar 3 va 10 val III ga erkin o‘rnatilgan g‘ildiraklar 11 va 14 bilan doimiy ilashishda
bo‘ladi. Agar kulochokli mufta 12 neytral vaziyatda bo‘lsa, stanok shpindeli aylanmaydi.
Agar yo‘naltiruvchi shponka bo‘yicha muftani chap yoki o‘ng tomonga surib, u bilan ulansa, stanok shpindeli aylana boshlaydi. Demak, val II ning bir xil o‘zgarmas tezlikdagi aylanma harakatidan shpindelga ikki xil tezlikdagi aylanma harakat uzatish mumkin. Bundan val II uch xil tezlika ega bo‘lgani uchun shpindel olti xil aylanish chastotasida aylanma harakat qilish mumkin.
10.1-rasm
|
| |