|
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim
|
bet | 73/81 | Sana | 22.01.2024 | Hajmi | 40,48 Mb. | | #143055 |
Bog'liq CHIZMACHILIK.2020.Valiyev (1) Elektr-radio sxemalar.
Elektr hisoblash mashinalari,
avtomatik boshqarish tizimlari, radio va televizion apparaturalarning ishlash jarayonini sozlash, rostlash va tuzatish (ta’mirlash) ishlarida sxemalardan keng foydalaniladi. Bunday sxemalarda buyumning ishlash prinsipi, uning tarkibiy elementlari orasidagi o‘zaro bog‘lanishlar ko‘rsatiladi.
Sxemada elektr bog‘lanishlar bitta chiziq bilan, mexanik bog‘lanishlar ikki chiziq bilan ko‘rsatiladi.
Elektr va radio sxemalar tarmoqdan uzilgan holda tasvirlanadi. Har bir elementning harfli va raqamli belgisi bo‘ladi. Masalan, generator - G, resistor - R, kondentsator - C, transfarmator - Tr, issiqlik relesi - IRe va hokazo. Agar sxemada bir xil elementdan bir nechta bo‘lsa, masalan, rezistor takrorlansa R1, R2, R3, … kabi belgilanadi.
Sxemada elementlarning belgisidan tashqari ularning markasi ham yozib ko‘rsatilishi mumkin. U ko‘pincha, vaziyat belgisi ostiga kasr shaklida yoziladi.
Masalan,
bildiradi.
L10 6 P14P
– tartib nomeri 10 bo‘lgan lampaning markasi 6P14P ekanligini
Sxemada harf bilan yoziladi. Elementlar jadval ko‘rinishida beriladi.
Sxemalar O‘zDSt 2.710:2003 da tasdiqlangan shartli grafik belgilari asosida chiziladi (10.4-jadval).
Elektr-radio sxema elementlarining shartli grafik belgilari
10.4-jadval.
№
|
Shartli grafik belgilarning nomi
|
Belgisi
|
1.
|
Sim, kabel, shina, guruhlarni bog‘lovchi elektr liniyalar kabel tolalarning tarmoqlanishi, elektr liniyalarning birlashishi parallel elektr liniyalari
|
|
2.
|
Ekranlashtirilgan elementlar guruhi - elektr liniyalarning uzilishi (x o‘rniga sxemaning
davomi haqida ma’lumot yoziladi)
|
|
3.
|
Yerga yoki korpusga ulash
|
|
4.
|
Elektr mashinanig umumiy belgilanishi aylana ichiga quyidagilar yozilishi mumkin:
G-generator; M-motor; GS-sinxronli generator;
MS-sinxronli motor; ZZ-sel’sin; C-o‘zgartiruvchi.
|
|
5.
|
Induktiv g‘altak
|
|
6.
|
Ferromagnitli magnit o‘tkazuvchan drossel
|
|
7.
|
Yoqib o‘chiriladigan kontakt
|
|
8.
|
Kontaktli birikmalar:
|
|
uyaga ulanadigan shtir
|
|
|
shtirga ulanadigan uya
|
|
9.
|
Eruvchan saqlash
|
|
10.
|
Rezistor doimiy
|
|
11.
|
Doimiy hajmli kondensator
|
|
12.
|
Elektr o‘lchash asboblari: ampermetr; voltmetr; vattmetr.
|
|
13.
|
Diodning umumiy belgisi
|
|
14.
|
Antenalarning umumiy belgilanishi
|
|
15.
|
Telefon apparati
|
|
16.
|
Tok turlari:
|
|
manfiy
|
|
musbat
|
|
o‘zgarmas
|
|
o‘zgaruvchan
|
|
17.
|
Televizon trubka (kineskop, ostsillografik trubka)
|
|
Elektr va radio sxemalar bir xil tuziladi va o‘qiladi. 10.4-rasmda stanokning mexanik asboblari qismining jarayonini ko‘rsatuvchi kinematik sxemalar, elementlari orasidagi bog‘lanishlar tushirib qoldirilgan. Faqat elektr sxemasi tasvirlangan. Elektr sxemani o‘qiy boshlashda, unda tasvirlangan elementlar aniqlanadi. BV - bosh yoquvchi (vklyuchatel), NV - sovituvchi nasos o‘chiruvchi
(viklyuchatel), B - ilgarilama to‘g‘ri yurish kontaktori, S1, S2 - eruvchan
saqlagichlar, MD - quvvati 0,1 kVt li moylash nasosi dvigateli, C - moylash va sovutish nasoslarning kantaktori, BD - quvvati 4,5kVt li asosiy dvigatel, ND - quvvati 0,125kVt li sovutish nasosi dvigateli, KR - kuchlanish relesi, BV - barabanli qayta ulagich (pereklyuchatel).
10.4-rasm
BD va ND viklyuchatellari stanok hamda sovutish nasosini tarmog‘idan uzib qo‘yish va ulash uchun xizmat qiladi. Asosiy dvigatel kontaktorlar B va H orqali aylanish yo‘nalishi o‘zgartirilib turadi. Asosiy dvigatel va moylash nasosi dvigateli orasidagi blokirovkalash (to‘siqlik qilish) boshqarish zanjiridagi kontaktor C orqali amalga oshiriladi, ya’ni moylash nasosi dvigatelning kontaktori ulanmasdan oldin asosiy dvigatelni ulash mumkin emas. Rele RH elektr tarmog‘ida kuchlanish yo‘qolganda stanokni tokdan uzib qo‘yadi. Tok paydo bo‘lgandan keyin u o‘z- o‘zidan unga ulanmaydi. Shunday ma’lumotlarga ega bo‘lgandan so‘ng sxemani o‘qish osonlashadi.
Stanok barabanli pereklyuchatel BV bilan bog‘langan bo‘lib, u dasta bilan boshqariladi. BV pereklyuchatelning vaziyati 0 (nol) bo‘lganda kontaktorlar 1 va 2 o‘zaro bog‘lanib, KR kuchlanish relesiga tok beradi va o‘zidagi kontaktorlar orqali sxemani normal ish bilan ta’minlash uchun 3, 5, 7 kontaktorlarga kuchlanish uzatiladi. Pereklyuchatelning dastasi V vaziyatga o‘tkazilsa, bir vaqtning o‘zida
kontaktorlar 3-4, 7-8 ulanadi. Hamda ish to‘g‘ri yo‘nalishda boshlanadi. Shunda, dastlab, kontaktor C ulanib, asosiy kontaktor bilan moylash nasosi dvigatelini ishga tushiradi. To‘g‘ri yurish kontaktori B yordamchi kontaktorlar vositasida ulanadi. Pereklyuchatel dastasi H vaziyatga qo‘yilganda, asosiy dvigatel teskari yo‘nalishda ishga tushadi.
Talabalar yuqorida bayon etilgan sxema turlaridan biriga oid grafik vazifa bajaradi.
|
| |