Oliy va o‘rta maxsus ta’lim




Download 40,48 Mb.
bet67/81
Sana22.01.2024
Hajmi40,48 Mb.
#143055
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   81
Bog'liq
CHIZMACHILIK.2020.Valiyev (1)

Namuna chizma. Grafik vazifa sharti: Yig‘ma birlikning yig‘ish chizmasi bajarilsin. Bizning misolimizda “Yo‘naltiruvchi blok”ning yig‘ish chizmasini tuzish rejalashtirilgan.
Yig‘ish chizmalarini bajarish uchun odatda

  • ko‘rinishlar sonini tanlash;

  • chizma formatini tanlash;

  • tasvirdagi masshtabni tanlash;

  • tasvirni chizma qog‘oziga qulay joylashtirish (komponovka);

  • tasvirni chizish;

  • ko‘rinishlarga o‘lchamlar qo‘yish;

  • detallarga vaziyat raqamlarini qo‘yish;

  • matnli ma’lumotlarni bajarish;

  • asosiy yozuv o‘rnini to‘ldirish.

Ko‘rinishlar soni imkon darajasida kam bo‘lishi kerak, ammo buyumni tuzilishi, tarkibidagi qismlari va o‘lchamlari haqida to‘liq ma’lumotni berilishi shart.
Masshtab tanlashda imkoni bo‘lsa natural masshtab M1:1 dan foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Shuningdek, GOST 2.302-68 ga asoslanib o‘lchami katta yoki kichik bo‘lgan buyumlar yig‘ish chizmasida kichiklashtirish yoki kattalashtirish masshtablaridan foydalanish mumkin.

Chizma qog‘ozi ham shunday tanlanishi kerakki unda chizma maydoni maqsadga muvofiq taqsimlanishi kerak.
9.14-rasmda “Yo‘naltiruvchi blok”ning yig‘ish chizmasi ishchi vaziyatda bajarilgan. Chizmada bosh ko‘rinish, ustki ko‘rinish, chapdan ko‘rinish, B-B, C-C kesimlar va mahalliy A ko‘rinish tasvirlangan.

9.14-rasm


Yig‘ma birlikdagi 2 va 3 detallarni bolt orqali biriktirilayotganligi mahalliy qirqim bajarish yordamida ko‘rsatilgan.
Ustki ko‘rinishdagi qirqimning bir qismi orqali 1, 2 va 5 detallarning o‘zaro birikishini ko‘rish mumkin.
Chapdan ko‘rinishda bajarilgan mahalliy qirqimda 2 va 4 detallarni 7 detal vint yordamida biriktirilayotgani ko‘rsatilgan.
Detal 2ning qirqib olingan qismi tuzilishi mahalliy A ko‘rinishda tasvirlangan. Moylash qurilmasining teshik va kanallari C-C kesimda ko‘rsatilgan.
Yig‘ma birlikning gabarit o‘lchamlari o‘lchab olinganidan keyin tasvir masshtabi va chizma qog‘ozi tanlanadi. Qog‘ozga ingichka tutash chiziq bilan gabarit o‘lchamga teng bo‘lgan to‘g‘ri to‘rtburchaklar chiziladi. Bu to‘g‘ri to‘rtburchaklar orasida chiqarish va o‘lcham chiziqlari uchun joy qoldiriladi. Chizma qog‘ozining o‘ng tomoniga asosiy yozuv va spetsifikatsiya joylashtiriladi. Agar yig‘ma birlikning yig‘ish chizmasi bajarilgan qog‘ozga spetsifikatsiya sig‘masa uni alohida A4 (11) formatga bajarish mumkin.
Ushbu yig‘ish chizmani bajarish kronshteyn 3 va vilka 2 larni bosh ko‘rinishini chizishdan boshlanib, ularning o‘lchamlari eskizlariga asoslanadi.
Ko‘plab holatlarda buyumni yig‘ish tartibi uning qismlarini chizilishini aniqlab beradi. Yig‘ish jarayonida “Vilka” (vaz.2) va “Kronshteyn” (vaz.3) detallar bolt bilan biriktiriladi, so‘ngra rolik vtulkaga vint orqali zich o‘rnatiladi. Vint uchun teshik bir vaqtning o‘zida ikkala detalni yig‘ilganidan so‘ngina sverlo orqali o‘yish va qirqish orqali ochiladi.
Tasvirni chizib bo‘lgandan so‘ng gabarit va biriktirish o‘lchamlari, dopusk va o‘tqazishlarning shartli belgilari qo‘yib chiqiladi (o‘quv chizmalarida dopusk va o‘tqazishlar qo‘yilishi shart emas). Spetsifikatsiyada keltirilgan raqamlarga mos ravishda chiqarish chiziqlari tokchasiga detallarning vaziyat raqamlari qo‘yiladi. Vaziyat raqamlari shrifti o‘lcham sonlariga nisbatan bir-ikki marta katta qilib yozilishi kerak.
Yo‘naltiruvchi blok”ning yig‘ish chizmasining spetsifikatsiyasi 9.15-rasmda keltirilgan. Uni taxt qilish jarayoni yuqoridagi misollarda batafsil yoritildi.

9.15-rasm Talabalar mazkur grafik vazifa bo‘yicha variantlarni, ya’ni yig‘ma birlik
(uzel)ni, kafedra laboratoriyasidan o‘qituvchi tavsiyasiga ko‘ra oladi. Yoki birikuvchi detallarining yaqqol tasvirlari va ularning birikmasining sxematik holati
berilgan buyum yig‘ish chizmasini tuzishga oid grafik masala berilishi mumkin. Talaba o‘ziga berilgan individual variant asosida buyumning yaqqol tasviri berilgan har bir detalining eskizini bajaradi. Bariantda detalning o‘lchami ko‘rsatilmaganligi sababli talaba o‘lchamlarni o‘zi mustaqil ravishda muvofiqlashtiradi, ya’ni qisman loyihalash vazifasini ham bajaradi. So‘ngra detallarning o‘zaro qanday birikishi shartli ravishda ko‘rsatilgan sxema-chizmaga asosan buyumning yig‘ish chizmasini tuzadi.
9.16-rasm, a da tarkibida buyum (yig‘ma birlik)ning tarkibidagi vtulka (vaz.1), o‘q (vaz.2) va qopqoq (vaz.3) deb nomlangan detallarining yaqqol tasvirlari va ularning o‘zaro birikish sxemasi berilgan. 9.16-rasm, b, v, g larda mazkur buyum detallarining eskizi chizib ko‘rsatilgan. Detallarning o‘lchamlari berilmagani sababli talaba uni mustaqil ravishda uning o‘lchamlarini muvofiqlashtiradi. Bajarilgan eskizlar asosida buyumning yig‘ish chizmasini bajarilishi 9.17-rasmda berilgan.
9.1-jadvalda tarkibidagi detallarining yaqqol tasviri va ularning o‘zaro birikish sxemasi berilgan buyumning yig‘ish chizmasini tuzishga oid variantlar berilgan.
a)

v)

g)

g)
9.16-rasm

9.17-rasm
9.1-jadval





Download 40,48 Mb.
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   81




Download 40,48 Mb.