• Yig‘ma birlikning yig‘ish chizmasini tuzish. Chizmalarda buyum tarkibiy qismlariga
  • Oliy va o‘rta maxsus ta’lim




    Download 40,48 Mb.
    bet63/81
    Sana22.01.2024
    Hajmi40,48 Mb.
    #143055
    1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   81
    Bog'liq
    CHIZMACHILIK.2020.Valiyev (1)

    Detal eskizini bajarish. Chizmachilik asboblari ishlatilmasdan va masshtabga rioya qilmasdan buyumning nisbatlarini saqlagan holda ko‘zda chamalab, bajarilgan chizma eskiz hisoblanadi.
    Eskizlar detallarning ish chizmalarini tuzish uchun material bo‘lib xizmat qiladi. Eskizlar, shuningdek, buyumlar va detallarni loyihalashda, ularni ta’mirlashda qo‘llaniladi hamda detalning o‘ziga qarab tuziladi. Ishlab chiqarishda, ba’zi hollarda, detallar bevosita eskiz bo‘yicha ham tayyorlanadi. Shunga ko‘ra, eskizda detalning ish chizmasida beriladigan barcha ma’lumotlar berilishi shart. Eskizda tasvirning kattaligi detalning o‘lchamiga, murakkabligiga va chizma qog‘ozining bichimiga qarab chiziladi, hamma kerakli o‘lchamlari, belgilari, texnik talablari va boshqa ma’lumotlarni yozishga imkon berishi lozim.
    Eskizlarni quyidagi tartibda chizish tavsiya etiladi:

    • eskiz chizish uchun detalga moslashtirib chizma bichimi tanlanadi va bichim hoshiyasi, asosiy yozuv o‘rni belgilab chiqiladi;

    • detalning tashqi va ichki qiyofasi yaxshilab o‘rganiladi va ko‘rinishlar soni aniqlanadi. Bosh ko‘rinishning o‘rni unga nisbatan boshqa ko‘rinishlarning joylari belgilab chiqiladi. Bu yerda detalga beriladigan o‘lchamlarga joy qoldirilishi hisobga olinadi;

    • detalning tashqi qiyofasi barcha ko‘rinishlarda ingichka chiziqlar bilan chizib chiqiladi;

    • detalning ichki qiyofasi ham qirqimni hisobga olgan holda barcha ko‘rinishlarda chizib chiqiladi;

    • zarur bo‘lgan qirqim (kesim) lar bajariladi;

    • talab qilinadigan barcha o‘lchamlari qo‘yib chiqiladi;

    • ortiqcha chiziqlar o‘chirilib, chizma chiziqlari ustidan yurgizib chiqiladi va chizma taxt qilinadi;

    • asosiy yozuv yoziladi, chizma yana bir marta tekshirib chiqiladi va u taxt qilinadi (9.1-rasm).

    9.1-rasm
    Yig‘ma birlikning yig‘ish chizmasini tuzish. Chizmalarda buyum tarkibiy qismlariga vaziyat raqamlarini qo‘yish. Standartga muvofiq yig‘ish chizmalarida buyum tarkibiga kiruvchi barcha detallar vaziyat (pozitsiya) tartib raqami bilan belgilanadi. Vaziyat raqamlari buyum yig‘ish chizmasining spetsifikatsiyasida ko‘rsatilgan vaziyat raqamlariga mos ravishda qo‘yiladi. Buyum tarkibiga kiruvchi yig‘ish birliklari (masalan, yumalash podshipniklari, salniklar va shu kabilar) bitta vaziyat sifatida belgilanadi.
    Buyum tarkibiy qismlarining vaziyat raqamlari chizma konturi tashqarisida chiqarish chiziqlari orqali ko‘rsatiladi. Bu chiziqning bir uchi detal
    yoki yig‘ish birligining ko‘rinadigan tasvirida, qirqimi yoki kesimida nuqta bilan, ikkinchi uchi esa tokcha chizig‘i bilan chegaralanadi (9.2-rasm).
    Buyum tarkibida yupqa detallar mavjud bo‘lsa, vaziyat raqamlarini ko‘rsatuvchi chiqarish chizig‘ining bir uchida nuqta o‘rniga ko‘rsatkich strelka chiziladi (9.2-rasm, vaz.7).

    9.2-rasm Vaziyat raqamlari buyumning asosiy ko‘rinishlarida uning tarkibiy qismlari
    yaqqol ko‘rinadigan tasvirlari, qirqimlari va kesimlariga qo‘yiladi. Vaziyat
    raqamlari chizmaning konturi tashqarisida, chizmaning asosiy yozuviga parallel holda ularni qator yoki ustun qilib guruhlab, iloji boricha bir chiziqqa joylashtiriladi. Buyum tarkibiga kiruvchi bar bir detal yoki yig‘ish birligi uchun vaziyat raqami faqat bir marta qo‘yiladi. Vaziyat raqamlarini ko‘rsatuvchi chiqarish chiziqlari o‘zaro kesishmasligi, shtrixlash chiziqlariga parallel bo‘lmasligi, buyum tarkibiy
    qismlarining tasvirlari va o‘lcham chiziqlarini mumkin qadar kesib o‘tmasligi lozim.
    Tokcha chizig‘i va chiqarish chizig‘ining qalinligi bir xil bo‘lib, ingichka tutash chiziq bilan tasvirlanadi. Vaziyat raqamlari shrifti bitta chizmada tatbiq qilingan o‘lcham sonlaridan bir raqamga katta bo‘lgan shriftlarda yoziladi. Masalan, chizmadagi o‘lchamlar №3,5 raqamdagi shriftda yozilgan bo‘lsa, vaziyat raqamlari 5 raqamdagi shriftda yoziladi.
    Quyidagi hollarda chiqarish chiziqlarini umumiy bitta qilib chiqarish ma’qul hisoblanadi.

    1. Bitta biriktirish joyiga tegishli biriktirish detallari guruhi uchun. Agar biriktirish detallari ikki va undan ortiq bo‘lsa, biriktirish detallari bilan buyumning turli tarkibiy qismlari biriktirilgan hollarda ularning soni tegishli vaziyat raqamlaridan keyin qavs ichida keltiriladi. Ammo biriktirish detallarining soni buyumning biriktiriladigan tarkibiy qismlari sonidan qat’iy nazar, bitta biriktiriluvchi tarkibiy qismi uchun ko‘rsatiladi.

    Bunday hollarda chiqarish chizig‘i birikadigan tarkibiy qismdan
    chiqariladi (9.3-rasm, a).

    1. Yaqqol ko‘rinib turadigan, ularning o‘zaro bog‘lanishi to‘g‘risida

    boshqacha tushuncha hosil qilmaydigan va har bir tarkibiy qismidan
    alohida chiqarish chiziqlari o‘tkazish

    9.3-rasm
    imkoniyati bo‘lmagan detallar guruhi

    uchun. Bunday hollarda chiqarish chizig‘i birikuvchi tarkibiy qismdan chiqariladi (9.3-rasm, b).

    1. Buyumning grafikaviy tasvirlash qiyin bo‘lgan ayrim tarkibiy qismlari uchun. Bunday hollarda chizmada mazkur tarkibiy qismlarni tasvirlamaslik mumkin. Ammo ularning buyumda joylashishini ko‘rinuvchi tarkibiy qismidan chiqarish chiziqlari bilan aniqlab qo‘yiladi. Chizma maydonida esa texnikaviy talablarga tegishli ko‘rsatmalar beriladi. Bunday hollarda vaziyat raqamlari tokchalar bo‘yicha joylashtirilib, ingichka chiziq bilan birlashtiriladi va chiqarish chizig‘ining bir uchi vaziyat raqami qo‘yilgan tokchalarning eng yuqorisiga, ikkinchi uchi esa engyuqori tokchadagi buyum tarkibiy qismiga qo‘yiladi.


    Download 40,48 Mb.
    1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   81




    Download 40,48 Mb.