• Variantlar m z
  • Chervyak tishli ilashmalar.
  • Namunali chizma. Grafik vazifa sharti
  • Oliy va o‘rta maxsus ta’lim




    Download 40,48 Mb.
    bet60/81
    Sana22.01.2024
    Hajmi40,48 Mb.
    #143055
    1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   81
    Bog'liq
    CHIZMACHILIK.2020.Valiyev (1)

    Konus tishli uzatmaga oid variantlar
    8.2-jadval



    Variantlar

    m

    z1

    z2

    DВ1

    DВ2

    Variantlar

    m

    z1

    z2

    DВ1

    DВ2

    1

    4

    20

    35

    26

    35

    16

    4

    20

    35

    30

    36

    2

    4

    18

    30

    25

    30

    17

    4

    18

    28

    25

    30

    3

    4

    24

    35

    30

    40

    18

    5

    20

    30

    30

    40

    4

    4

    18

    32

    25

    36

    19

    4

    20

    36

    25

    35

    5

    5

    30

    25

    40

    15

    20

    5

    15

    35

    25

    36

    6

    5

    30

    30

    35

    16

    21

    4

    16

    32

    25

    30

    7

    4

    32

    25

    30

    17

    22

    5

    18

    36

    30

    40

    8

    5

    28

    30

    40

    18

    23

    4

    20

    40

    30

    40

    9

    4

    35

    30

    35

    19

    24

    5

    20

    30

    30

    30

    10

    4

    16

    32

    25

    30

    25

    4

    20

    40

    30

    40

    11

    5

    15

    25

    25

    30

    26

    4

    16

    40

    25

    46

    12

    4

    18

    36

    25

    35

    27

    5

    16

    32

    30

    35

    13

    5

    16

    30

    26

    35

    28

    4

    15

    25

    20

    25

    14

    4

    16

    25

    20

    30

    29

    5

    15

    26

    25

    30

    15

    5

    15

    28

    25

    30

    30

    4

    18

    36

    25

    40




      1. bosqich



    a)



      1. bosqich



    b)

      1. bosqich



    v)

      1. bosqich



    g) 8.34-rasm
    Chervyak tishli ilashmalar. Silindrik yoki globoidli sirtda vintli tishlar o‘yilgan (qirqilgan) shesternyaga chervyak deyiladi. Silindrik sirtga vintli tishlar o‘yilgan shesternyaga silindrik chervyak deb aytiladi. Chervyak o‘ramlarining vintli tishlarining cho‘qqisiga urinma bo‘lgan silindrga cho‘qqilar silindri, tubiga urinma bo‘lgan silindrga tublar silindri, boshlang‘ich aylanasiga urinma bo‘lgan silindrga boshlang‘ish silindr deyiladi. Chervyakning o‘q kesimi (chervyak o‘qidan o‘tuvchi tekislik bilan kesganda hosil bo‘lgan o‘ramning profili) shakliga qarab silindrik chervyaklar Arximed, evolventa va konvolyuta chervyaklarga bo‘linadi. Arximed chervyagi yasalishi oddiy bo‘lganligi sababli keng tarqalgan. Uning o‘rami profili teng yonli trapetsiya shaklida bo‘lib, yon tomonining qiyalik burchagi α=200.
    Silindrik va konus tishli g‘ildiraklarning uzatish soni 6-10 tadan oshmaydi. Uzatish soni katta bo‘lganida silindrik va konus g‘ildiraklar yomon ishlaydi va tezda ishdan chiqadi.
    Chervyak g‘ildiragi va chervyak uzatish soni 40-50 ta bo‘lganda ham ravon ilashmaga ega bo‘linadi. Bu uzatma ixcham bo‘lganligi sababli mashinasozlikda ko‘p qo‘llaniladi. Chervyakli uzatmalarning kamchiliklaridan biri, undagi chervyak va chervyak g‘ildiragi tishlarining tezda yemirilishi va foydali ish koeffitsientining kichikligidir.
    Odatda, aylanma harakat chervyakdan chervyak g‘ildiragiga uzatiladi (8.35- rasm). Chervyak o‘lchamlari chapaqay va o‘naqay bo‘lishi mumkin. Chervyakdagi o‘ramlarning soniga qarab, chervyaklar bir kirimli, ikki kirimli va hokazo bo‘ladi.
    Silindrik chervyakning o‘q bo‘yicha kesimida uning tishi to‘g‘ri chiziqli profilga yoki evolventali profilga ega bo‘lishi mumkin. G‘ildirak tishlari, chervyakli vint chiziqlariga mos keladigan vint chizig‘i bo‘yicha yasaladi. Chervyakli ilashmalarning (chervyak va chervyak g‘ildiragining) chizilishi silindrik g‘ildiraklarning chizilishidan kam farq qiladi.
    Chervyakli g‘ildiraklarning o‘ziga qarab chizish uchun uning tishlarining cho‘qqilari aylanasi diametri da o‘lchanadi va tishlarining soni zk hisoblab
    chiqiladi (k – kirimlar soni), modul esa quyidagi formuladan aniqlanadi: m=da
    /zk+2.


    8.35-rasm
    Tishning h balandligining chuqurligi o‘lchash asbobi (glubinometr) yoki shtangensirkul yordamida o‘lchab, so‘ngra modulni quyidagi formula bo‘yicha ham aniqlash mumkin: m=h/2,2.
    Boshlang‘ich aylana diametri d=m×z, tish balandligi h=2,2×m, botiqlar aylanasi diametri df =da-2h.
    Chervyakning zarur bo‘lgan o‘lchamlari quyidagicha aniqlanadi (da va m ma’lum): d1=da1-2m. Vint chizig‘ining ko‘tarilish burchagi tgα=k×t/π×d; m=t/π bo‘lganligidan tgα=k×m/d bo‘ladi.
    Bu yerda k - kirimlar soni (bir yo‘lli chervyak uchun k=1).
    Globoidli chervyagi bo‘lgan ilashmada foydali ish koeffitsienti oddiy chervyakli uzatmalarnikiga qaraganda katta bo‘ladi.
    Chervyakli uzatmada ilashuvchi chervyak va chervyak g‘ildiragining o‘qlari o‘zaro ayqash bo‘ladi. O‘qlari fazoda 900 burchak ostida ayqash bo‘lganidan ko‘proq foydalaniladi. Chervyakli uzatmada aylanma harakat chervyakdan chervyak g‘ildiragiga uzatiladi. Bunday tishli uzatmada chervyakning o‘ramlar soni shesternyaning tishlar sonidek bir xil ahamiyatga ega.
    Chervyakli ilashmalarda tishlarning yo‘nalishini ko‘rsatish zarur bo‘lsa, u holda ilashma elementlarining birida o‘qqa yaqin qilib uchta ingichka chiziq
    chiziladi. Agar kesuvchi tekislik chervyakli g‘ildiraklarning o‘qi orqali o‘tgan bo‘lsa, u holda chervyakning o‘rami g‘ildirak tishining oldida tasvirlanadi. Tishli g‘ildirak va chervyaklarning ish chizmalarini taxt qilishda O‘z.DSt 2.407-96 da ko‘rsatilgan qoidalarga rioya qilish lozim (8.36-rasm).


    8.36-rasm
    Namunali chizma. Grafik vazifa sharti: Chervyakli ilashmaning ishchi chizmasi bajarilsin (8.37-rasm).
    Chervyakli ilashmaning ish chizmasini bajarish uchun chervyakli uzatmani xarakterlovchi ma’lumotlar bo‘lishi kerak: chervyakning o‘qqa oid moduli mx yoki chervyakli g‘ildirakning aylanma moduli mt, chervyakning kirimlar soni z1, g‘ildirak tishlari soni z2 va boshqalar.
    Boshlang‘ich ma’lumotlar qabul qilingani bo‘yicha:

    • chervyak va g‘ildirak modullari mx va mt =2 mm;

    • chervyakning kirimlar soni z1=1 (bir kirimli);

    • chervyak g‘ildiragining tishlari soni z2=42;

    • chervyak vali diametri DB1=12 mm;

    • chervyakli g‘ildirak valining diametri DB2=16 mm lar belgilanadi.

    So‘ngra chervyakli uzatmaning boshqa parametrlari formulalar vositasida aniqlanadi:



    mm;

    mm

    • kallak va tish balandligi ha1=ha2= mx=2 mm;

    • oyoq va tish balandligi hf1=hf2=1,2×m=1,2×2=2,4 mm;

    • tish balandligi h1=h2=ha1+ ha2=hf1+hf2=2,2×mx=2,2×2=4,4 mm. Chervyak diametrlari:

    • chervyakning bo‘luvchi diametri d1 =qmx=9×2=18 mm;

    • chervyakning (buralgan) cho‘qqilari diametri da1=d1+2×mx= =18+2×2=22

    -chervyak botiqlari diametri df1=d1-2,4×mx=18-2,4×2=18-4,8= 13,2 mm. Chervyakli g‘ildirak parametrlari:



    • g‘ildirakning bo‘luvchi diametri d2=mt ×z2=2×42=84 mm;

    • g‘ildirakning tish cho‘qqilari diametri da2=d2+2×ha2=84+2×2= =88mm;

    • g‘ildirak botiqlari diametri df2=d2-2hf2 =84-2x2,4=79,2mm;

    - g‘ildirak eni b2=0,75×da1=0,7×22=15,4 mm;

    • g‘ildirakning eng katta diametri dH2=d2+3m=84+3×2=90 mm;

    • g‘ildirak gupchagining uzunligi Lcm2=1,3×b2=1,3×15,4=20 mm;

    • g‘ildirak gupchagining tashqi diametri Dcm2=1,6×DB2=1,6×16= =25,6 mm;

    • g‘ildirak vali diametri D2=1,2×DB2=1,2×16=19,2 mm;

    - chervyak uzunligi L≈(10+z2/12)m=(10+42/12)2=20+7=27 mm;

    • bo‘luvchi o‘q chiziqlar orasidagi masofa aw=0,5(d1+d2)= 0,5(18+84)=51

    Barcha zaruriy o‘lchamlar aniqlangandan so‘ng chervyakli ilashma ish



    chizmasi bajariladi.

      1. bosqich. Ilashmaning frontal proyeksiyasini qurish uchun avval o‘qlar orasidagi masofa aw=0,5(d1+d2)=0,5(18+84)=51 mm qo‘yiladi. Keyin chervyak va chervyakli g‘ildirak tishlari cho‘qqilari va botiqlari aylanalari chiziladi. G‘ildirakning eng katta diametri aylanasi va g‘ildirak eni chiziladi (8.37-rasm, a).

      2. bosqich. Bog‘lovchi chiziqlar orqali g‘ildirakning profil ko‘rinishi chiziladi. G‘ildirak gupchagining tashqi diametri aylanasi chiziladi. So‘ng g‘ildirak gupchagining uzunligi chiziladi. Chervyakning bo‘luvchi diametri aylanasi

    chiziladi. Chervyak uzunligi chiziladi. Chervyak vali diametri aylanasi va chervyakli g‘ildirak valining diametri aylanasi chiziladi (8.37-rasm, b).

      1. bosqich. Shponka ariqchasidagi bsh, t1 masofalarning o‘lchamlari chizmachilik ma’lumotnomasidan olinadi va uning proyeksiyalari bajariladi. G‘ildirakdagi val uchun teshikda faskalar bajariladi. Shponkali birikmaga mahalliy qirqim beriladi (8.37-rasm, v).

      2. bosqich. Chervyakli ilashma chizmasida chiziqlar mos ravishda qalinlashtiriladi, ya’ni, tish cho‘qqilarining aylanasi asosiy yo‘g‘on tutash chiziqda, bo‘luvchi aylana ingichka shtrix-punktir chiziqda o‘tkaziladi. Chervyak va chervyakli g‘ildirakning boshqa ko‘rinarli elementlari ham asosiy tutash chiziqda chiziladi va chizma taxt qilinadi (8.37-rasm, g).

    8.3-jadvalda chervyakli ilashmaga oid grafik vazifa uchun variantlar keltirilgan.

    Download 40,48 Mb.
    1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   81




    Download 40,48 Mb.