• Namunali chizma. Grafik vazifa sharti
  • Silindrik tishli g‘ildiraklarni shartli tasvirlash




    Download 40,48 Mb.
    bet58/81
    Sana22.01.2024
    Hajmi40,48 Mb.
    #143055
    1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   81
    Bog'liq
    CHIZMACHILIK.2020.Valiyev (1)

    Silindrik tishli g‘ildiraklarni shartli tasvirlash. 8.29-rasm, to‘g‘ri va qiyshiq tishli silindrik tishli uzatmaning yaqqol tasviri berilgan. 8.29-rasm, b da ikki silindrik tishli g‘ildirak ilashmasining ko‘rgazmali tasviri va uning ishchi chizmasi ko‘rsatilgan. Bosh ko‘rinishdagi qirqimda tishlar shartli ravishda qirqilmasdan ko‘rsatiladi. Chizmada tishli g‘ildiraklar, odatda, shartli tasvirlanadi. Bunda uchta aylana chiziladi: tish cho‘qqilari aylanasi, o‘yiqlar aylanasi va boshlang‘ich aylanalar.
    Cho‘qqilari aylanasi da tishlarning tashqi qiyofasi orqali o‘tadi. Uni chizmada asosiy tutash yo‘g‘on chiziq bilan chiziladi. O‘yiqlar aylanasi df chizmada ingichka tutash chiziq bilan chiziladi. Diametri d bo‘lgan boshlang‘ich aylana ingichka shtrix-punktir chiziq bilan chiziladi.
    Tishli ilashmalarda boshlang‘ich aylanalar o‘zaro urinma bo‘lishi, bir g‘ildirakning chiqiqlar aylanasi bilan ikkinchi g‘ildirakning o‘yiqlari aylanasi orasida esa radikal zazor bo‘lishi lozim.
    Bunda GOST qoidasiga asosan, silindrik g‘ildiraklar tishlarining ilashish joyida, g‘ildiraklardan birining, ko‘pincha, yetaklovchining tishi ikkinchi g‘ildirak tishining oldida tasvirlanadi.
    Chapdan ko‘rinishida cho‘qqilar aylanasi va yuzalari yasovchilari bir-biri bilan kesishadigan joyigacha va shuningdek, tutashish zonasida ham asosiy yo‘g‘on tutash chiziqlar bilan chiziladi. Tishli g‘ildirak ilashmalari chizmasida tishlarning yo‘nalishini ilashmadagi bitta elementida (yo tishli g‘ildirakda, yoki shesternyada) ko‘rsatiladi.
    a)
    b)
    8.29-rasm
    Namunali chizma. Grafik vazifa sharti: Silindrik tishli uzatmaning ishchi chizmasi bajarilsin (8.30-rasm).
    Silindrik tishli uzatma aylanma harakatni bir valdan boshqa valga uzatib berishda foydalaniladi. Harakatni beruvchi val - yetakchi val, harakatni oluvchi val
    - yetaklanuvchi val deyiladi. Uzatmaning tishlar soni kam bo‘lgan tishli g‘ildiragi - shesternya, tishlar soni ko‘p bo‘lgani esa g‘ildirak deyiladi. Uzatma tishli g‘ildiragining tishlari soni bir xil bo‘lganda yetaklovchi val - shesternya, yetaklanuvchi val - g‘ildirak deyiladi. Shesternya va g‘ildirak elementlarini belgilashda shesternya parametrlari indeksiga 1, g‘ildirak parametrlari indeksiga 2 raqamlari qo‘yiladi.
    Quyida silindrik tishli uzatmaning ish chizmasini chizish bosqichlari ko‘rsatilgan.
    Boshlang‘ich ma’lumotlar qabul qilingani bo‘yicha modul m=4 mm, shesternya tishlari soni z1=20, g‘ildirak tishlari soni z2=40, tishli g‘ildirakning eni b=24 mm, val uchun teshik diametri: shesternyada DB1=25 mm, g‘ildirakda DB2=30 mm.
    Tishli g‘ildirakning boshqa parametrlari quyidagi formulalar vositasida aniqlanadi.

    1. Bo‘luvchi aylana diametri:

    d1=m×z1=4×20=80 mm; d2=m×z2=4×40=160 mm.

    1. Tish balandligi:

    h=ha+hf =2,25×m=4+5=9 mm; ha tish kallagi (ha=m=4), hf tish oyog‘i (hf=1,25×m=1,25×4=5).

    1. Tish cho‘qqilari va tish botiqlari aylanalari diametrlari: da1=d1+m=80+2×4=88 mm; da2=d2+m =160+2×4=168 mm; df1=d1-2,5×m=80-2,5×4=70 mm; df2=d2-2,5×m=160-2,5×4=150 mm.

    2. G‘ildirak gupchagining tashqi diametri:

    DCT1=1,6×DB1=1,6×25=40 mm; DCT2=1,6×DB2=1,6×30=48 mm.

    1. Gupchak uzunligi:

    LCT1=1,5×DB1=1,5×25=38 mm; LCT2=1,5×DB2=1,5×30=45 mm.

    1. Tishli g‘ildiraklar o‘q chiziqlari orasidagi masofa:

    aw=0,5(d1+d2)=0,5(80+160)=120 mm.

    1. Tishli g‘ildirak chambaragining qalinligi:

    δ1=2,5m=2,5×4=10 mm; disk qalinligi: δ2=3m=3×4=12 mm.
    Barcha zaruriy o‘lchamlar aniqlangandan so‘ng uzatmaning ish chizmasi shartli ravishda belgilangan 4ta bosqichda bajariladi.

    1. bosqich. Avval o‘q chiziqlari chiziladi. O‘q chiziqlari orasidagi aw masofa belgilanadi. Keyin boshlang‘ich aylanalar (d1 va d2), tishlar cho‘qqilari aylanalari (da1 va da2) va tishlar botiqlari aylanalari(df1 va df2) chiziladi (8.30-rasm, a).

    2. bosqich. Bog‘lovchi chiziqlar orqali g‘ildirakning frontal proyeksiyasida tish chegaralari aniqlanadi (8.30-rasm, b). Tish g‘ildiragining eni chiziladi (b=24 mm). Tishli g‘ildirak chambaragining qalinligi chiziladi (δ1=10 mm). So‘ngra disk qalinligi chiziladi (δ2=12 mm). Frontal proyeksiyada g‘ildirak gupchagining tashqi diametrlari aylanalari chiziladi (DCT1=40 mm; DCT2=48 mm). Keyin gupchak uzunligi chiziladi (LCT1=38mm; LCT2=45 mm).

    3. bosqich. Val diametri bo‘yicha aylana chiziladi (DB1=25 mm; DB2=30 mm). Shponka ariqchasidagi bsh, t1 masofalarning o‘lchamlari chizmachilik ma’lumotnomasidan olinadi va uning proyeksiyalari bajariladi. G‘ildirakdagi val

    uchun teshikda faskalar bajariladi. Shponkali birikmaga mahalliy qirqim beriladi (8.30-rasm, v).

    1. bosqich. Silindrik tishli g‘ildirak chizmasida chiziqlar mos ravishda qalinlashtiriladi, ya’ni, tish cho‘qqilarining aylanasi asosiy yo‘g‘on tutash chiziqda, bo‘luvchi aylana ingichka shtrix-punktir chiziqda chiziladi. Botiqlar aylanasi qirqimda asosiy yo‘g‘on tutash chiziqda, profilida esa ingichka tutash chiziqda tasvirlanadi. G‘ildirakning boshqa ko‘rinarli elementlari ham asosiy yo‘g‘on tutash chiziqda chiziladi va chizma taxt qilinadi (8.30-rasm, g).

    8.1-jadvalda silindrik tishli uzatmaga oid grafik vazifa uchun variantlar keltirilgan.

    Download 40,48 Mb.
    1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   81




    Download 40,48 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Silindrik tishli g‘ildiraklarni shartli tasvirlash

    Download 40,48 Mb.