8.23-rasm
Sobachkaning uchi xrapovik g‘ildiragining tishlari
orasidagi chuqurchaga kirib, valni teskari yo‘nalaishga harakat qilishiga to‘sqinlik qiladi. Xrapovik g‘ildiragi, shaklda ko‘rsatilgan strelka yo‘nalishda aylanganda sobachka uning tishlari orasidan chiqib, tishlar cho‘qqisi sirtida sirpanib turaveradi (8.24-rasm).
Bu yerda chelak quduqdan ko‘tarilayotganda, tishli xrapovik g‘ildiragi soat mili bo‘yicha aylanadi va sobachka (tish) tishlar cho‘qqisi sirtida sirpanadi.
Soat miliga qarshi harakat, chelakni quduqqa tushirib yuboradi. G‘ildirak tishiga tiralib turgan sobachka bunga to‘sqinlik qiladi.
8.24-rasm Sobachkaning ilmoq shaklidagi qismi tiralib turadigan xrapovik g‘ildiragi
tishining ishchi qismi yo‘nalishi, xrapovik g‘ildiragining radiusi bilan ustma-ust turmaydi,
ular orasidagi burchak β (12
0÷15
0) burchakni tashkil qiladi (8.25-rasm).
Shu sababli xrapovik g‘ildirak shaklda ko‘rsatilgan strelka yo‘nalishiga teskari buralganda, sobachka o‘zining og‘irligi yoki prujinaning ta’siri
ostida