|
Konuslari ikki yoqqa suriladigan variatorlar
|
bet | 52/81 | Sana | 22.01.2024 | Hajmi | 40,48 Mb. | | #143055 |
Bog'liq CHIZMACHILIK.2020.Valiyev (1)Konuslari ikki yoqqa suriladigan variatorlar. Bunday variatorlarni mashinasozlikda qo‘llash cheklangan. Konus disklar ikkita parallel I va II vallarda o‘rnatilgan. Disklar orasida po‘lat halqa qisib qo‘yilgan. U yetakchi valdan yetaklanuvchi valga harakatni uzatadi. Uzatish sonini o‘zgartirish uchun bir juft konuslarni yaqinlashtirib, ikkinchi juft konuslarni uzoqlashtiradi yoki yaqinlashtiradi (8.6-rasm).
Kuchsiz uzatma
(tortishish kuchi katta)
|
Kuchli uzatma
(yuqori tezlik)
|
|
|
Ponasimon tasmali variatorning ishlash prinsipi
8.6-rasm
|
Torli variatorlar. I va II vallarda ishchi sirti sferik bo‘lgan ikkita disk o‘rnatilgan (8.7-rasm). Aylanma harakat yetakchi valdan yetaklanuvchi valga 2-2 o‘qlarga erkin turgan ikkita oraliq roliklar (1-1) vositasida uzatiladi. Torli variatorlar nihoyatda katta aniqlikda tayyorlanishni talab qiladi.
Kuchsiz uzatma
(tortishish kuchi katta)
|
Kuchli uzatma
(yuqori tezlik)
|
|
|
Torli variatorning ishlash prinsipi
8.7-rasm
|
Tasmali uzatmalar. Tasma va shkiv orasidagi ishqalanish hisobidan amalga oshirilgan bukiluvchan bog‘lanishli uzatmaga tasmali uzatma deyiladi (8.8-rasm).
8.8-rasm 8.9-rasm
Tasmali uzatma bukiluvchan uzatuvchi tasma va bir-biridan ma’lum masofada joylashgan yetakchi va yetaklanuvchi shkivlardan tashkil topgan (8.9- rasm). Tasmaning ko‘ndalang kesimi shakliga qarab uzatma quyidagi turlarga bo‘linadi: yassi (tekis) tasmali, ponasimon tasmali va yumaloq tasmali (8.10- rasm).
Mashinasozlikda yassi va ponasimon tasmalar keng tarqalgan. Yassi tasmali shkivlardagi bukilish tarangligi kam bo‘ladi, ponasimon tasmali shkivlarga ponasimon ta’sir etishi tufayli u yuqori yuk tortish qobiliyati bilan ajralib turadi.
Dumaloq tasmalar katta bo‘lmagan mashinalarda, masalan, tikish va oziq-ovqat mashinalari, asboblarida qo‘llaniladi
Tasmali uzatma sxemasi
Tasma turlari
yassi (tekis) ponasimon yumaloq
8.10-rasm
Tasmali uzatmaning afzalligi quyidagilardan iborat:
uzoq masofaga (15 metrgacha) aylanma harakatni uzatish imkoniyatiga ega;
tuzilishi oddiy;
shovqinsiz ishlaydi;
xizmat ko‘rsatish oson (8.11-rasm).
8.11-rasm
Tasmali uzatmalarning kamchiliklari quyidagilardan iborat:
qo‘pol beso‘naqay;
tezyurar mexanizmlarda uzoq ishlamaydi; tasmali shkivlarga sezilarsiz ishqalanishi tufayli uzatishlar nisbatini bir xil saqlash imkoniyati yo‘q, val va podshipniklarga katta kuch tushadi.
Keyingi paytlarda mashinasozlikda tishli tasmadan ko‘p foydalanilmoqda (8.12-rasm).
8.12-rasm 8.13-rasm
Tishli tasmali uzatma tuzilish bo‘yicha yassi tasmali uzatma va tishli ilashmalarning barcha afzalliklarini o‘z ichiga oladi.
Tasmaning ishchi yuzasidagi chiqib turgan joy(bo‘rtiq) shkivlardagi tishlar oralig‘idagi o‘yiqchalarga kirib ilashma hosil qiladi. Tishli tasmalardan yuqori tezlikda ishlaydigan va vallar orasidagi masofa qisqa bo‘lgan uzatmalarda foydalansa bo‘ladi (8.13-rasm).
Yassi tasmali uzatmalar shkivlar o‘qining o‘zaro vaziyatiga va vazifasiga qarab quyidagi turlarga bo‘linadi:
ochiq uzatma - o‘qlar parallel va shkivlarning aylanishi bir xil yo‘nalishda (8.14-rasm, a);
xoch (perekrestnaya) uzatma - o‘qlar parallel va shkivlarning aylanishi qarama-qarshi yo‘nalishda (8.14-rasm, b);
yarimxoch uzatma - o‘qlari ayqash (8.14-rasm, c);
burchakli uzatma - o‘qlari kesishadi (8.14-rasm, d);
pog‘onali shkivlar bilan uzatish - bunda yetakchi valga bir xil burchak tezligi berilganda yetaklanuvchi valning burchak tezligini o‘zgartirish imkonini beradi. Shkivlarning pog‘onalari shunday joylashganki bir shkivning kichik pog‘onasini qarshisiga ikkinchi shkivning katta pog‘onasi to‘g‘ri keladi. Yetaklanuvchi valning tezligini o‘zgartirish uchun tasma bir juft pog‘onadan boshqa juft pog‘onaga o‘tkaziladi (8.14-rasm, e);
8.14-rasm
bo‘sh shkivli uzatma - bunday uzatmada yetakchi val aylanib turganda, yetaklanuvchi valni to‘xtashiga imkon bo‘ladi. Yetakchi valga keng shkiv (1), yetaklanuvchi valga esa ikkita shkiv: biri (2) valga shponka bilan biriktirilgan, ikkinchisi (3) bo‘sh, ya’ni, valga erkin ayanadi. Shkivlarni bog‘lovchi tasma bilan harakat vaqtida 1-shkivni 2- yoki 3-shkivga ulab mos ravishda yetaklanuvchi valni harakatga qo‘shishi yoki ajratishi mumkin (8.14-rasm, f);
taranglovchi rolikli uzatma - bunday uzatmada kichik shkivni tasma bilan burab olish burchagini katta qilish va tasmani avtomatik taranglash mumkin (8.14- rasm, g).
|
| |