• Kavsharlangan va yelimlangan birikmalar
  • 7.4-§. Tikilgan chok va metall changakli birikmalar
  • IV BOB. UZATMA VA UNING TURLARI
  • Oliy va o‘rta maxsus ta’lim




    Download 40,48 Mb.
    bet50/81
    Sana22.01.2024
    Hajmi40,48 Mb.
    #143055
    1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   81
    Bog'liq
    CHIZMACHILIK.2020.Valiyev (1)

    Variant,


    Parchin mix kallagining turi

    Yarim yumaloq kallakli
    parchin mix

    Yashirin kallakli
    parchin mix

    Yarim yashirin kallakli
    parchin mix

    Konussimon kallakli
    parchin mix

    List qalinligi - δ

    List qalinligi - δ

    List qalinligi - δ

    List qalinligi - δ

    1

    6










    2




    7







    3







    8




    4










    9

    5

    10










    6




    11







    7







    12




    8










    13

    9

    7










    10




    8







    11







    9




    12










    10

    13

    11










    14




    12







    15







    13




    16










    12

    17

    8










    18




    9







    19







    10




    20










    11

    21

    12










    22




    13







    23







    11




    24










    7

    25

    9










    26




    6







    27







    7




    28










    8

    29

    13










    30




    10









      1. Kavsharlangan va yelimlangan birikmalar


    Kavsharlash va yelimlash natijasida hosil qilingan birikmalardan xalq xo‘jaligining barcha sohalarida keng foydalaniladi. Masalan, radiotexnikada, asbobsozlikda, elektronikada kavsharlab biriktirishdan samarali foydalaniladi.
    Kavsharlangan birikmalar. Kavsharlash choklarining turlari, konstruktiv elementlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni GOST 19249-73 dan olinadi. Kavsharlangan birikmalarning shartli tasvirlarini chizmada bajarish qoidalari GOST 2.313-82 ga asosan bajariladi. Texnikada quyidagi kavsharlash usullari ishlatiladi.

    1. Qizdirib kavsharlash (payalnik yordamida).

    2. Gaz alangasi yordamida.

    3. Lazer yordamida.

    4. Elektron nurlari yordamida va hokazo.

    Kavsharlangan birikmalarda chok o‘rni 2s qalinlikda tutash chiziq bilan chiziladi. Boshqa birikmalardan farqini ko‘rsatish uchun chiqarish chizig‘iga yarim aylana shaklidagi « » belgi asosiy yo‘g‘on tutash chiziq (s)ga teng qalinlikda qo‘yiladi (7.34-rasm, a).
    7.34-rasm
    Agar kavsharli chok detalni butun perimetri bo‘yicha bajarilgan bo‘lsa
    chiqarish chizig‘ining uchiga 3 yoki 5 mm diametrda aylana ingichka tutash chiziqda chiziladi (7.34-rasm, b, v). Ba’zi maydonlarda chegaralangan choklarni 2s yo‘g‘onlikdagi chiziqlarda tasvirlash mumkin (7.34- rasm, v).
    Zaruriyat tug‘ilganda kavsharlangan birikmalarda chok o‘lchamlari va detal yuzasining tozalik klassi qo‘yiladi (7.35-rasm).
    7.35-rasm
    Kavsharlangan birikmalarda ham choklar huddi payvand choklardagi kabi quyidagilarga bo‘linadi: uchma-uch (7.36-rasm, a), ustma-ust (7.36-rasm, b), burchakli (7.36-rasm, v), tavrli (7.36-rasm, g), o‘zaro urinuvchi (7.36-rasm, d).



    7.37-rasm


    7.36-rasm
    Kavsharlangan choklarning asosiy konstruktiv elementlariga chokning qalinligi (birikuvchi detallar orasidagi masofa), eni va uzunligi kiradi. Choklar harf va sondan iborat bo‘lgan belgisi hamda kesimdagi o‘lchamlari, chok uzunliklari bilan belgilanadi. Ya’ni kavsharlash moddalarining belgilari, tegishli texnik-normativ hujjatlarga muvofiq chizmaning texnik talabnomalarida keltiriladi. Masalan,

    uchma-uch chok PN-1, qalinligi 0,5 mm, eni 10 mm va chokning uzunligi 150 mm bo‘lsa quyidagicha belgilanadi: PV-1 0,5×150 GOST 19249-73. Ba’zida kavsharlangan chok turlari GOST 19249-73 ga muvofiq chiqarish chizig‘i tokchalarida ko‘rsatiladi. Bir xil markadagi kavsharlash moddalari bilan olingan choklarga bir xildagi tartib raqami beriladi va chiqarish chizig‘i ustiga hamda chizmaning texnik talablariga yozib qo‘yiladi (7.37-rasm). Bunda texnik talabga material quyidagicha yoziladi:
    POS 40 GOST …… (№1), PMS 40 GOST ….. (№2).
    Yelimlangan birikmalar. Sanoatda, mashinasozlikda, umuman ishlab chiqarishda yupqa metallarni, yog‘ochlarni va plastmassa materiallardan qilingan

    detallarni o‘zaro biriktirishda yelimlab biriktirishdan keng foydalaniladi. Yelimli birikmalarda yelimning turi va chokning qalinligi uning mustahkamlik darajasini belgilaydi. Agar ПЭФ-2/10 markali yelimdan foydalanilsa choklar qalinligini 0,1- 0,2 mm, БФ-2 va БФ-4 kabi yelimlar uchun choklar qalinligini 0,5-0,25 mm olish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
    Yelimli birikmada chokni boshqa turdagi birikmalardan farqlash uchun сhiqarish chizig‘iga « » belgi asosiy tutash chiziq qalinligida chizib qo‘yiladi (7.38-rasm, a). Yelimli birikmada ham choklar yopiq chiziq bo‘yicha bajarilgan bo‘lsa chiqarish chizig‘ining ikkinchi uchiga ingichka tutash chiziqda 3 yoki 5 mm diametrda aylana chiziladi (7.38-rasm, b, v). Yelimlangan choklarning belgilanishiga misol: BF.10T GOST 2.2345-77.
    7.38-rasm

    7.4-§. Tikilgan chok va metall changakli birikmalar







    7.39-rasm
    Tikilgan chokli birikmalar. Tikish orqali hosil qilingan birikmalarni chizmada tasvirlash uchun O‘zDSt 2.313:97 dagi qoidalarga amal qilinadi. Tikish yo‘li bilan hosil qilinadigan birikmalar chizmada ingichka tutash chiziq bilan tasvirlanadi va chiqarish chizig‘ida uning shartli belgisi hamda tokchasida o‘lchami qo‘yiladi. Tikilgan chok

    o‘rnidan strelkasiz chiqarish chizig‘i chiqariladi. Tikilgan chokning shartli belgisi
    « » shaklida bo‘lib, u chiqarish chizig‘iga asosiy tutash chiziq qalinligida chizib qo‘yiladi (7.39-rasm).
    Tikilgan chokni xarakterlovchi tikish materiali (ip va boshqalar), shuningdek, ipning soni va chok o‘lchami chizmaning texnik talablarida ko‘rsatiladi. Shaxobchaning raqami chiqarish chizig‘ining tokchasiga qo‘yiladi (7.39-rasmdagi
    - n.4).
    Agar birikma bir nechta choklarga ega bo‘lsa, u holda chizmada chetga yaqin bo‘lgan joyda faqat bitta chok ko‘rsatiladi. Choklar soni va ular orasidagi masofa chiqarish chizig‘ining tokchasi ostida ko‘rsatiladi, masalan, 2×4, bu yerda, 2 - qatorlar soni, 4 - qatorlar orasidagi masofa (7.39-rasmga qarang).
    Metall changakli birikmalar. Metall changaklar vositasida hosil qilingan birikmalar O‘zDSt 2.313:97 ga muvofiq shartli belgilarda belgilanadi va chiqarish chiziqlarida ko‘rsatiladi (7.40-rasm). Metall changakli chokning shartli belgisi
    « » shaklida bo‘lib, u chiqarish chizig‘iga asosiy tutash chiziq qalinligida chizib qo‘yiladi (7.40-rasm).



    7.40-rasm
    Ustma-ust choklashda va burchaklarni choklashdagi shartli misollar 7.40- rasmda quyidagi tartibda ko‘rsatilgan:

    • changaklarni o‘zaro parallel joylashtirish (a);

    • changaklar ketma-ket bitta chiziqda joylashtirilgan chok (b);

    • changaklar qiyalatib parallel joylashtirilgan chok (c);

    • changaklar burchakka parallel qilib hosil qilingan chok (d).

    Shuningdek ustma-ust tikishda changak yordamida hosil qilingan chokni shartli belgilash belgisi 7.40-rasm, e, burchakli birikma hosil qilingan chokni shartli belgilash belgisi 7.40-rasm, f larda ko‘rsatilgan.

    IV BOB. UZATMA VA UNING TURLARI





    1. Uzatmalar va ularga oid grafik vazifalar



    Umumiy ma’lumotlar. Uzatma - odatda tezlik va shunga mos holda burovchi momentni o‘zgartirib, harakatni uzatishga mo‘ljallangan mexanizm. Harakat tezligini o‘zgartirib berish uchun xizmat qiladigan mexanizmlarga mexanik uzatmalar yoki oddiy qilib uzatmalar deyiladi.
    Mexanik uzatmalar - ilashish va ishqalanish kuchlaridan foydalanishga asoslanib ish bajaradi. Mexanik uzatmalar ichida eng ko‘p tarqalgani aylanadigan uzatmalardir yoki ular oddiy qilib, uzatmalar deyiladi. Mexanik uzatmalar ichida eng ko‘p tarqalgani aylanadigan harakatni uzatadigan mexanizm bo‘lib, u harakatni bir maromda bo‘lishini ta’minlaydi.
    Ko‘pchilik hollarda mashinaning ishchi qismlarining ish rejimi dvigatelning optimal tezligi bilan mos kelmaydi. Uzatma tezlikni aksariyat hollarda pasaytiradi, ayrim hollarda oshiradi, harakat yo‘nalishini o‘zgartiradi, bir ko‘rinishdagi harakatni boshqa ko‘rinishdagi harakatga aylantiradi, bir dvigateldan bir nechta mexanizmlarga harakat uzatiladi (8.1-rasm). Tishli uzatmalarning asosiy detallari har xil tishli g‘ildiraklar va reykalardir.
    Harakatni beruvchi val - yetakchi val, harakatni oluvchi val – yetaklanuvchi val deb ataladi. Har qanday aylanma harakatni daqiqasiga qancha aylanishini o‘lchash mumkin.
    Yetaklovchi g‘ildirakning daqiqasiga aylanishining soniga qarab yetaklanuvchi g‘ildirakning aylanish sonini aniqlash mumkin. Yetaklanuvchi g‘ildirakning aylanish soni biriktirilgan g‘ildiraklarning o‘zaro nisbatiga bog‘liq. Agar g‘ildiraklar bir xil diametrli bo‘lsa, u holda g‘ildiraklar bir xil tezlikda aylanadi.
    Agar yetaklanuvchi g‘ildirakning diametri yetaklovchi g‘ildirak diametridan katta bo‘lsa, yetaklanuvchi g‘ildirak sekin aylanadi, aksincha, yetaklanuvchi g‘ildirakning diametri kichik bo‘lsa u ko‘proq aylanadi. Yetaklanuvchi
    g‘ildirakning aylanish soni yetaklovchi g‘ildiraknikiga nisbatan qancha kam bo‘lsa, yetaklanuvchi g‘ildirakning diametri yetaklovchi g‘ildirakning diametridan shunga mos ravishda katta bo‘ladi.
    Uzatma harakatni yetakchi valdan yetaklanuvchi valga uzatish usuliga qarab ikki turga bo‘linadi.

    1. Bevosita kontaktli uzatma: “friksion”, “tishli”, “vint-gayka”.

    2. Bukiluvchan bog‘lanishli uzatma: “tasmali”, “zanjirli”. Uzatma ishlash prinsipi bo‘yicha ikki turga bo‘linadi:

      1. Ishqalanishli uzatma: “friksion”, “tasmali”.

      2. Ilashmali uzatma: “tishli”, “zanjirli”, “vint-gayka” turdagi uzatma.

    Agar vallarning o‘qlari orasidagi masofa deyarli katta bo‘lmasa aylanma harakat friksion (ishqalanish) va tishli uzatmalar vositasida uzatiladi.
    Friksion uzatishda ikki silindrik yoki konus sirtlar bir-biriga bir oz kuch ta’sirida tegib turadi va aylanma harakat shu kuch ta’siridan hosil bo‘lgan ishqalanish vositasida uzatiladi.
    Tishli uzatmalarda aylanma harakat tishli g‘ildiraklar vositasida uzatilib, bu uzatish tishlarning o‘zaro ilashishidan hosil bo‘ladi. Tishli uzatmalar mashinasozlikda juda keng tarqalgan. Shuning uchun bular to‘g‘risida alohida to‘xtalib o‘tamiz.Tishli g‘ildiraklar aylanma harakatni yetakchi valdan yetaklanuvchi valga uzatishda ishlatiladi. Vallar geometrik o‘qlarining o‘zaro joylashishiga qarab, quyidagi tishli uzatmalarning biridan foydalaniladi (8.2-rasm).
    Agar vallar o‘zaro parallel joylashgan bo‘lsa, u holda aylanma harakat
    silindrik tishli g‘ildiraklar yordamida uzatiladi (8.2-rasm, a, e, j, z).
    Agar vallarning geometrik o‘qlari o‘zaro kesishgan bo‘lsa (to‘g‘ri yoki o‘tmas burchak ostida), u holda harakat konus tishli g‘ildiraklar bilan uzatiladi (8.2-rasm, b, v).
    Agar o‘qlar o‘zaro chalmashuvchi (ayqash) vaziyatda bo‘lsa, u holda aylanma harakat vint (chervyak) va chervyak g‘ildiragi yordamida uzatiladi (8.2-rasm, g).
    8.1-rasm


    a, b to‘g‘ri tishli; v-aylanma tishlar bilan; g-kesishuvchi o‘qlar bilan; d- harakatni o‘zgartiruvchi; e-qiyshiq tishli; j-ichki ilashmali; z-shevronli 8.2-rasm
    Agar shesternyaning aylanma harakatini ilgarilanma harakatga o‘zgartirish lozim bo‘lsa, u holda mexanizmga reyka o‘rnatiladi. Reykali uzatma aylanma harakatni ilgarilanma harakatga (yoki aksincha) o‘zgartirishga xizmat qiladi. U silindrik tishli g‘ildirak va tishli reykadan iborat (8.2-rasm, d).
    Agar yetaklovchi va yetaklanuvchi vallar bir xil aylanish soni bilan aylanma harakat qiladigan bo‘lsa, u holda yetaklanuvchi va yetaklovchi valga tishlarining soni teng bo‘lgan tishli g‘ildiraklar o‘rnatiladi. Agar yetaklanuvchi val yetaklovchi valga nisbatan sekinroq aylanishi zarur bo‘lsa, u holda yetaklanuvchi valga tishlarining soni ko‘proq bo‘lgan tishli g‘ildirak o‘rnatiladi va aksincha. Bu yerda tishlarining soni ko‘p bo‘lgan g‘ildirak tishli g‘ildirak deb, tishlarining soni kam bo‘lgan g‘ildirak esa shesternya deb ataladi.
    8.3-rasmda uzatmalarning turlari va uning chizmalari keltirilgan.

    8.3-rasm


    Tasmali uzatma yetaklovchi va yetaklanuvchi shkivlardan va o‘zgaruvchan aloqani bog‘lab turuvchi tasmadan iborat. Shkivlarga tarang qilib bir yoki bir nechta tasmalar kiydirilgan bo‘lib, bir shkivdan boshqa shkivga ishqalanish orqali harakat uzatiladi.
    Zanjirli uzatma yetaklovchi va yetaklanuvchi yulduzchalar va ularni qamrab turuvchi zanjirlardan iborat.
    Xrapovikli mexanizm tishli g‘ildirak (xrapovik) va sobachka (tish)dan tashkil topgan.
    Xrapovikli mexanizm aylanma harakatni uzib-uzib bir yo‘nalishga berish va ayrim asboblarda barabanni teskari tomonga aylanishini oldini olish uchun qo‘llaniladi.

    Download 40,48 Mb.
    1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   81




    Download 40,48 Mb.