|
Choklarning shartli yordamchi belgilari
|
bet | 46/81 | Sana | 22.01.2024 | Hajmi | 40,48 Mb. | | #143055 |
Bog'liq CHIZMACHILIK.2020.Valiyev (1)Choklarning shartli yordamchi belgilari. Chok kateti belgisi ingichka chiziq bilan chizilib, balandligi chok belgisidagi sonlarning balandligiga teng bo‘ladi. Payvand birikma choklarini belgilash uchun qo‘llaniladigan yordamchi belgilar 7.2-jadvalda ko‘rsatilgan.
7.2-jadval
Yordamchi belgi
|
Yordamchi belgining mazmuni
|
Yordamchi belgining chetga chiqish chizig‘i tokchasiga
nisbatan joylashishi
|
Old tomonda
|
Orqa tomonda
|
|
Chokning kuchaytirgichi olib tashlansin
|
|
|
|
Chokning bo‘rtma va notekis joylari asosiy
metallga ravon o‘tadigan qilib ishlansin
|
|
|
|
Montaj qilish davrida choklansin
|
|
|
Zanjirsimon joylashgan uzuq-uzuq yoki nuqtaviy chok
|
|
|
|
Shaxmat tartibida joylashgan uzuq-uzuq va nuqtaviy chok
|
|
|
|
Perimetri bo‘ylab yopiq bo‘lgan chok
|
|
|
Yopiq bo‘lmagan chiziq bo‘yicha joylashgan
chok
|
|
|
Payvand choklarning shartli belgilanishiga misollar. Chok yuzasining g‘adir-budurlik belgisi chokning shartli belgisidan keyin chetga chiqarish chizig‘ining ustiga yoki ostiga qo‘yiladi. Kerak bo‘lgan taqdirda choklar jadvalda yoki chizmaning texnik talablarida ko‘rsatiladi. Masalan, payvand chokning g‘adir-bidirligi Ra1,25.
Agar buyum chizmasiga 3,5 mm shriftda o‘lchamlar qo‘yilgan bo‘lsa, chokning belgilanishidagi harf va belgilar 5 mm shriftda bajarilishi tavsiya qilinadi. 7.20-rasm, a da chetlari qirqilmagan, shaxmat tartibidagi ikki tomonlama uzuq-uzuq holatdagi, yopiq chiziq bo‘yicha elektr yoyi bilan qo‘lda (РЭ) bajarilgan tavrli payvand chokning (Т) belgilanishi ko‘rsatilgan. Unda chok kateti 6 mm, qizdiriladigan maydoni 50 mm, qadami 100 mm (qisqartirishlarsiz to‘liq belgilash). Shuningdek, standartda payvandning bajarilish usulini ko‘rsatmasdan chokni belgilashga ham ruxsat beriladi (7.20-rasm, b). Yoki payvand chokni 7.20- rasm, v dagi kabi belgilash ham mumkin.
Chizmada bir necha xil choklar tasvirlangan bo‘lsa, u holda, shartli belgi faqat bitta chok tasviriga qo‘yiladi, qolgan bir xildagi choklar tasviridan tokchali chetga chiqarish chiziqlari o‘tkaziladi. Bunda bir xil bo‘lgan hamma choklar uchun bitta tartib raqami belgilanadi va u 7.21-rasmdagidek bo‘ladi.
7.20-rasm 7.21-rasm
Chizmada hamma choklar bir xil va bir tomoni bilan tasvirlangan bo‘lsa, binday choklarga tartib raqamlari belgilanmaydi va bir chokning belgisi qo‘yilib, qolganlaridan tokchali chetga chiqarish chiziqlari chiqariladi (7.22-rasm).
Buyumning barcha choklari bir xil payvandlash turi va usuli bilan bajarilsa, ularning harfiy belgilari asosiy belgilashda har bir chokning belgisida ko‘rsatilmasdan, balki bu to‘g‘rida texnikaviy talablarda ko‘rsatma beriladi.
Uchma-uch ulash - chokning kuchaytirgichi olib tashlansin, chokning g‘adir-budurligi old tomonida - Rz 20mkm., orqa tomonda – Rz 80mkm (7.23-rasm, a).
Ustma-ust ulash qirralari - tayyorlanmay
elektrodni eritib, yopiq bo‘lmagan chiziq bo‘yicha joylashgan chokning bajarilishi, chokning kateti 5 mm. (7.23-rasm, b).
Burchakli ulash - payvandlanadigan ulamalarning uchlarini yo‘nib, elektrod bilan elektr-shlak usulida payvandlash, chok kateti 22mm. (7.23-rasm, c).
7.23-rasm
Tavrli ulash – qirralari tayyorlanmay shaxmat tartibida uzuq-uzuq ikki tomonlama, qo‘lda yoy yordamida himoya gazlarida erimaydigan metall elektrod bilan yopiq chiziq bo‘yicha chokning bajarilishi, chokning kateti 5 mm, payvandlanadigan qismi uzunligi 50 mm, qadami 100 mm (7.23-rasm, d).
Yakka payvand nuqtali ustma-ust ulash.
Flus ostiga yoy yordamida ulash. Elektr-parchin diametri Ø 11 mm. Chokning kuchaytirilishi olib tashlansin. Sirtning g‘adir-budurlik parametri Rz 80mkm. li chok bajarilsin (7.23-rasm, e). Kontaktli uzuq-uzuq ustma-ust ulash – payvand chokning eni 6 mm, payvandlanadigan qismi uzunligi 50 mm, qadami 100 mm (7.23-rasm, f).
Payvandlab ishlanadigan yig‘ma birikma (buyum)ning ish chizmasini bajarishda shu buyumga kiruvchi hamma detallarning chizmalari alohida-alohida
chiziladi va buyum chizmasida payvandlash hamda ularga ishlov berish uchun zarur bo‘ladigan o‘lchamlarigina ko‘rsatiladi.
|
| |