Oliy va o‘rta maxsus ta’lim




Download 40,48 Mb.
bet42/81
Sana22.01.2024
Hajmi40,48 Mb.
#143055
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   81
Bog'liq
CHIZMACHILIK.2020.Valiyev (1)

Shlitsali birikmalar. Mashinasozlikda tishli birikmalar keng ishlatiladi. Tishli birikmalarda tishlar soni ko‘p bo‘lganligi uchun, shponkali birikmalarga nisbatan katta kuchga ega bo‘lgan aylanma harakatlarni uzatish mumkin.
Shlitsali birikmalar mustahkam bo‘lib, yaxshi markazlanadi va o‘q bo‘yicha osongina siljiydi. Tishlar soni, asosan, birikmaga tushadigan kuchlanish va ularning ish sharoitiga qarab aniqlanadi.
Mashinasozlikda to‘g‘ri yonli (GOST 1139-80), evolventasimon (GOST 6033-80), uchburchak (standartlashtirilmagan) profilli tishli birikmalar eng ko‘p tarqalgan. Shlitsali valga nisbatan vtulka teshigini markazlashtirish bo‘yicha shlitsali birikma quyidagicha:

  1. Shlitsalarning tashqi diametri D bo‘yicha markazlashtiriladi, shunda ichki d

diametr bo‘yicha radial tirqish hosil bo‘ladi (6.41-rasm, a).

  1. Shlitsalarni ichki diametri bo‘yicha markazlashtiriladi, shunda tashqi diametr bo‘yicha radial tirqish hosil bo‘ladi (6.41-rasm, b).

  2. Tishlarning yon tomonlari b bo‘yicha markazlashtiriladi, shunda ikkala D

va d bo‘yicha radial tirqish hosil bo‘ladi (6.41-rasm, c).
6.41-rasm Markazlashtirish deganda, tishlar yuzasining chuqurchalar yuzasiga to‘la
tegib turishi tushiniladi. Tishli birikmalarni markazlashtirish konstruktiv va texnologik jarayonlarni hamda tatbiq qilinadigan sharoitni hisobga olgan holda tanlanadi.
Tishli birikmalardagi shlitsali vtulka va vallarning kesimlari va turlari ularni markazlashtirish usullariga bog‘liq (6.42-rasm) bo‘lib, markazlashtirish ichki diametri d bo‘yicha bo‘lsa, shlitsali vallar A va C bajarilishda tayyorlanadi.
6.42-rasm
Tashqi D bo‘yicha va tishlarning yon tomonlari b bo‘yicha markazlashtirilsa, shlitsali vallar B bajarilishda ishlanadi. Vtulka teshigining shakli har qanday markazlashtirish usulida ham o‘zgarmaydi.
Chuqurchaning faskalari s faskaga teng radiuslar bilan yumaloqlangan bo‘lishi ham mumkin.
Tishli birikmalarda qo‘yim va o‘tkazishlar d va b yoki D va b o‘lchamlari yoki faqat tishlarning yon tomonlari o‘lchamlari bo‘yicha amalga oshiriladi hamda ular standart tomonidan belgilangan. Joiz o‘lcham maydoni, chekli chetga chiqishlar ham standartda aniqlangan bo‘lib, ular maxsus jadvallarda beriladi.
To‘g‘ri yonli tishli birikmaning tishlar soni z=8, ichki diametri d=36 mm, tashqi diametri D=400 mm, tish eni b=7 mm berilgan bo‘lsa, uning shartli belgilanishi markazlashtirishga qarab uch xil ko‘rinishda yoziladi.

  1. Ichki diametr d bo‘yicha markazlashtirilishi va markazlanayotgan diametr bo‘yicha N7/e8 hamda tishining kengligi bo‘yicha D9/f8 o‘tqazish bo‘lganda d- 836 H7/e840H12/a117D9/f8 ko‘rinishida yoziladi.

  2. Tashqi diametr D bo‘yicha markazlashtirish markazlanayotgan diametr

N8/b7 va tishning kengligi bo‘yicha G‘10/h9 o‘tqazish bo‘lganda
D-83640H8/b77F10/h9 ko‘rinishida yoziladi.

  1. Tishlarning yon tomonlari b bo‘yicha markazlashtirilganda

b-83640H12/a117D9/h8 ko‘rinishida yoziladi.
Xuddi shunday birikmadagi ichki diametr d bo‘yicha markazlashtirilgan vtulkaning shartli belgilanishiga misol:
d-836 H740H127D9.
Xuddi shunday birikmadagi ichki diametr d bo‘yicha markazlashtirilgan valning shartli belgilanishiga misol:
d-836 e840 a117f8.
Evolventasimon shlitsali birikmalarda tish profili evolventasi 30 li burchakka ega bo‘lib, u to‘g‘ri yonli tishli birikmadan bukilishiga o‘ta chidamliligi, yuqori aniqlikda, texnologik nuqtai nazardan tayyorlanishi, yondosh detallarning o‘zaro
ma’qul markazlanishi, ish jarayonida qiyshayish yuz bersa maxsus jihozlarda tishlarining shakliga o‘zgartirish kiritish mumkinligi bilan ancha ustun turadi.
6.43-rasmda profili evolventa tishli birikmaning tish shakllari va vtulkaning valga nisbatan markazlashtirilishi ko‘rsatilgan.
Evolventali shlitsali birikmalarning parametrlari standartlashtirilgan va modul bo‘yicha aniqlanadi.

6.43-rasm
Asosiy parametr (o‘lcham)lari: m-modul tanlab olinadi; tishlar soni z-vtulka va val diametrlariga bog‘liq; tish profili burchagi α=30; 2α=600; bo‘luvchi aylana diametri d=m×z; tishning nominal qalinligi s/e=/2m+2mtgα; nominal diametr D=mz+2m+1,1m; vtulka tishlarining tashqi aylana diametri Da=D-2m; valning ichki aylanasi diametri df=D-2,2m; dastlabki konturning siljishi xm=0,5(D-mz- 1,1m); chegara nuqtalirining aylanasi diametri D2=da+Er val tishlarining tashqi aylana diametri da=D-0,2m;
D=50 mm, m=2 mm, tishlarning yon tomonlari bo‘yicha markazlashtirilgan tishlarning yon sirtlari bo‘yicha o‘tqazish 9N/9g evolventali birikmaning shartli belgilanishiga misol:
4029N/9g. GOST 6033-80.
Xuddi shu birikmaning vtulkasi 4029N GOST 6033-80, val esa 4029g
GOST 6033-80 ko‘rinishida yoziladi.
Tishlarning profili uchburchak bo‘lgan shlitsali birikmalardan katta kuchga ega bo‘lmagan aylanma harakatlarini uzatish uchun foydalaniladi. Uchburchakli tishlarning profili standartlashtirilmagan. Shakli va asosiy parametrlari 6.43-
rasmda ko‘rsatilgan. Bunday birikmalar faqat yon tomonlari bo‘yicha makazlashtiriladi.
Tishli val va tishlarni shartli tasvirlash 6.44-rasmda berilgan. Evolventali va uchburchakli tishli val va teshiklarda tishning bo‘luvchi (boshlag‘ich) aylanasi va yasovchilari shtrix punktir chiziqda ko‘rsatiladi (6.44-rasm, b). Vallarda tishlarning ichki (chuqurlik) aylana diametrlari, teshiklarda tishlarning chuqurlik aylana diametrlari ingichka tutash chiziqlarda tasvirlanadi. Tishlarning profilini ko‘rsatish maqsadida mahalliy qirqimdan foydalaniladi.


6.44-rasm
Tishli birikmalarning yig‘ish chizmalarida val qirqilmaydigan qilib tasvirlanadi (6.45-rasm). Torets ko‘rinishida tishlarning profilini aniqlashda mahalliy qirqim tatbiq qilinadi.


6.45-rasm

  1. Download 40,48 Mb.
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   81




Download 40,48 Mb.