Parchin mixli birikmalarning turlari va uning chizilishi




Download 40,48 Mb.
bet48/81
Sana22.01.2024
Hajmi40,48 Mb.
#143055
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   81
Bog'liq
CHIZMACHILIK.2020.Valiyev (1)

Parchin mixli birikmalarning turlari va uning chizilishi. Parchin mixlar chokda bir yoki bir nechta (besh qatorgacha) qator bo‘lishi mumkin. Parchin choklar parchin mixlarning o‘zaro joylashishiga qarab, shaxmat tartibli va parallel choklarga bo‘linadi. Birikuvchi detal (list)larning bir-biriga nisbatan o‘zaro joylashishiga qarab parchin mixli birikmalar: ustma-ust (7.28-rasm, a, v) va uchma-uch birikmalarga (7.28-rasm, b) bo‘linadi. Uchma-uch choklarga bir yoki ikki tomonlama tagliklar qo‘yiladi. Kesuvchi tekislik parchin mix o‘qi orqali o‘tsa, ular qirqimda kesmasdan, ya’ni shtrixovkalanmasdan ko‘rsatiladi.
7.28-rasm, a da bir qatorli chok, b da ikki qatorli parallel chok, v da ikki qatorli shaxmat tartibli chokning yaqqol tasvirlari keltirilgan.


7.28-rasm
7.29-rasmda mustahkam-zich parchin mixli birikmalarning formulalarini hisob-kitobi berilgan. Bu yerda δ – biriktiriluvchi detallarning qalinligi, t – bir qatordagi ikki qo‘shni parchin mix o‘qlari orasidagi masofa, l1 – list chetidan parchin mix qatorigacha bo‘lgan masofa, d – parchin mix diametri, d1 – biriktiriladigan detalda parchin mix uchun ochilgan teshik diametri, L - o‘rnatilmagan (parchinlanmagan) parchin mix uzunligi, l – parchin chok qatorlari orasidagi masofa.
Shuningdek, parchin mixlarning quyidagi shartli tasvirlari mavjud: yarim yumaloq qalpoqli parchin mix bilan hosil qilingan chok (7.30-rasm, a), ichi kovak silindrik parchin mix (piston) bilan hosil qilingan chok (7.30-rasm, b), yashirin qalpoqli parchin mix bilan hosil qilingan chok (7.30-rasm, c), bir uchi yarim yashirin, ikkinchi uchi yashirin kallakli parchin mix bilan hosil qilingan chok (7.30-rasm, d), maxsus parchin mix bilan hosil qilingan choklar (7.30-rasm, e, f).
Yumshoq materiallar (teri, karton, plastmassa)dan tayyorlangan detallarni biriktirishda yuqori mustahkamlik talab qilinmaganda ular ichi kovak parchin mixlar yordamida biriktiriladi (7.30-rasm, b).
Parchin mixlarning faqat joylashishini ko‘rsatish zarur bo‘lsa, u holda parchin mixlar kallagi o‘rnida kalta qilib o‘zaro kesishuvchi o‘q chiziqlari chiziladi (7.31-rasm). Yig‘ish chizmasida bir xildagi parchin mixlar orqali hosil qilingan parchin choklar mavjud bo‘lsa, u shartli tasvirlanadi (7.32-rasm).

7.29-rasm

7.30-rasm


7.31-rasm 7.32-rasm
Parchin mixli birikma chizmasini bajarishdan avval quyidagi ishlarni amalga oshirish kerak.

  1. Parchin mix diametri d o‘lchami aniqlanadi va u standartda qabul qilingan diametr bilan solishtiriladi hamda unga yaqin bo‘lgani tanlanadi.

  2. Tanlangan d asosida qolgan parametrlarning hisoblari aniqlanadi.

  3. Parchin mix d diametri asosida standartdan uning kallagi elementlarining o‘lchamlari va taxminiy uzunligi aniqlanadi. Aniqlangan L uzunlikni standartdagi uzunliklar qatori bilan solishtirib, unga yaqin bo‘lgani tanlanadi.

Parchin mixli birikma ikki proyeksiyada bajariladi, ya’ni uning bosh va ustki ko‘rinishi chiziladi. Parchin mixli birikmada frontal qirqim tatbiq qilinadi va u bosh ko‘rinishda ko‘rsatiladi. Spetsifikatsiyada parchin mixning shartli belgilari beriladi.

Download 40,48 Mb.
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   81




Download 40,48 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Parchin mixli birikmalarning turlari va uning chizilishi

Download 40,48 Mb.