|
Zanjirli uzatmalar va ichki ilashishlar
|
bet | 53/81 | Sana | 22.01.2024 | Hajmi | 40,48 Mb. | | #143055 |
Bog'liq CHIZMACHILIK.2020.Valiyev (1)Zanjirli uzatmalar va ichki ilashishlar. Ikki yoki bir nechta parallel vallar orasida harakatni uzun bukiluvchan zanjir va yulduzcha yordamida ilashishi bilan amalga oshirilishiga zanjirli uzatma deyiladi. Parallel vallar orasidagi masofa bir
muncha katta bo‘lgan hollarda zanjirli uzatmalar ishlatiladi. Zanjirli uzatma ikkita zanjirli g‘ildirak yulduzchalardan iborat bo‘lib, ular yetaklovchi va yetaklanuvchi vallarga shponkalar vositasida o‘rnatiladi (8.15-rasm).
8.15-rasm Zanjirli uzatmadan tishli uzatmaga nisbatan o‘qlar orasidagi masofa katta
bo‘lganida foydalaniladi va u harakatni bir valdan ikkinchi valga uzatish imkoniyatini beradi. Foydali ish koeffitsenti ancha yuqori (0,96-0,97 %). Valga tasmali uzatmaga nisbatan kam kuch tushadi. Bir zanjir bilan bir nechta yulduzchalarga (vallarga) aylanma harakat bersa bo‘ladi. Yulduzcha tishlari aylana yoylari bo‘yicha chiziladi va ular standartlashtirilgan.
Aylanma harakat bir yulduzchadan ikkinchi yulduzchaga zanjir vositasida uzatiladi. 8.16-rasm, a da zanjir turlari va nomlari ko‘rsatilgan. 8.16-rasm, b da rolikli va tishli zanjirli uzatmaning yaqqol tasviri berilgan. Zanjir o‘zaro sharnir vositasida tutashtirilgan plastinkalardan iborat. Bunday zanjirlar ham standartlashtirilgan.
Yulduzchaning chizilishi silindrik tishli g‘ildiraklarning chizilishiga o‘xshash. Zanjirli uzatmaning to‘la tasvirida zanjirni GOST ga asosan, ingichka uzun shtrix chiziq bilan ko‘rsatish tavsiya etiladi. Bu chiziq ikkala yulduzchaning
bo‘luvchi aylanalarini tutashtiradi.
Zanjirli uzatmaning kamchiliklari quyidagilardan iborat:
a)
b)
8.16-rasm
Zanjirli uzatmalar velosiped va motitsikllarda, parmalash jihozlarida, ekskavator va kranning harakatlantiruvchi mexanizmlarida (8.17-rasm), ayniqsa, qishloq xo‘jalik mashinalarida (to‘qimachilik va paxtani qayta ishlash sanoatida) va har xil stanoklarda ko‘p ishlatiladi (8.18-rasm).
8.17-rasm
8.18-rasm
|
| |