Oliy va o‘rta maxsus ta’lim




Download 40,48 Mb.
bet57/81
Sana22.01.2024
Hajmi40,48 Mb.
#143055
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   81
Bog'liq
CHIZMACHILIK.2020.Valiyev (1)

m=da/z+2=80/30+2=2,5; d=m×z=2,5×30=75 mm.
df =da - 2×2,2m=80-2×2,2×2,5=80-11=69 mm bo‘ladi.
Avval bo‘luvchi aylana va uning yasovchisi ikkala proyeksiyada chiziladi. Bunda uning diametri d=75 mm shtrix-punktir chiziq bilan chiziladi. Tishli g‘ildirakning o‘yiqlar aylanasi ingichka tutash chiziq bilan, cho‘qqilari aylanasi esa asosiy yo‘gon tutash chiziq bilan chiziladi. So‘ngra g‘ildirakning boshqa elementlari g‘ildirakning o‘zidan o‘lchab olib chiziladi.
Tishli g‘ildirak chizmasida m va z parametrlar albatta ko‘rsatilishi, d va da o‘lchamlar ham qo‘yilishi kerak. O‘yiqlar aylanasi df chizmada qo‘yilmaydi va uni g‘ildirak o‘qiga parallel bo‘lgan tekislikdagi proyeksiyasida chizib ko‘rsatilmaydi. Silindrik tishli g‘ildiraklar ko‘p hollarda to‘g‘ri tishli bo‘ladi, biroq aylanma harakatni ravonroq uzatish uchun qiyshiq va shevron tishli g‘ildiraklar ham ishlatiladi.
Shevron tishli g‘ildiraklar vint chiziqlari turli tomonga (bir g‘ildirakda chap tomonga, ikkinchisida o‘ngga) yo‘nalgan ikkita tishli g‘ildirakdan iboratdek ko‘rinadi.
Qiyshiq tishli g‘ildiraklarda tishlar qiyshiq joylashganligi sababli val bo‘yicha yo‘nalagan kuchlanish hosil bo‘ladi. Bu kamchilik shevron tishli g‘ildiraklarda bo‘lmaydi. Shevron tishli g‘ildirakning kamchiligi shundan iboratki, ularning tishlarini yasash murakkab.
Tishlarning profili evolventa yoki sikloidal egri chiziqlar bilan chiziladi. Bunday profillarda yetaklovchi tishning yetaklanuvchi tishga urinib, bir tekisda yumalanishi ta’minlanadi. Eng yaxshi profil bo‘lib tishning kallagi epitsikloida bo‘yicha, tishning tubi esa gipotsikloida bo‘yicha chizilishi hisoblanadi.
Tishlarining profili evolventa bo‘yicha chizilgan tishli g‘ildiraklarni yasash oddiy va bunday tishlarning tubi ancha mustahkam bo‘ladi.
8.27-rasmda tishning profili evolventa bo‘yicha chizilgan tishli g‘ildirakning bir qismi ko‘rsatilgan4.
Tishli go‘ldirakning m moduli va z tishlarining soni berilganda, tishli g‘ildirak tishlari quyidagicha yasaladi.

    1. Boshlang‘ich aylana diametri aniqlanadi: d=m×z.

    2. Vertikal markazlari chizig‘i OP o‘tkaziladi.

    3. O markazdan boshlang‘ich aylana diametri d o‘tkaziladi.

    4. P nuqta (ilashish qutbi) orqali boshlang‘ich aylanaga urinma chiziq o‘tkazamiz. Bu yerda P nuqta o‘q chiziq bilan boshlang‘ich aylana yoyining kesishish nuqtasidir.

    5. P nuqta orqali bu urinmaga 20˚ burchak (ilashish burchagi) ostida ilashish chizig‘i deb ataluvchi chiziq o‘tkazamiz.

    6. O markazdan bu ilashish chizig‘iga perpendikulyar to‘g‘ri chiziq tushiriladi va C nuqta hosil qilinadi.

    7. C nuqta orqali O markazdan asosiya aylana yoyi o‘tkaziladi. Ilashish chizig‘ini bu yoyga urintirib, sirpantirmasdan yumalatilganda uning P nuqtasi evolventa chizadi.

    8. Ilashish chizig‘iga C nuqtadan chapga va o‘ngga uzunligi bir xil bo‘lgan bir qancha kesmalar o‘lchab qo‘yamiz (masalan, a, b, c, d, e, f, l nuqtalar belgilanadi). So‘ngra bu nuqtalarni asosiy aylanaga ko‘chiramiz. Buning uchun C nuqtani markaz qilib Ca, Cb, Cc, Cd, Ce radiuslar orqali asosiy aylana bilan kesishguncha yoylar chizib, tegishlicha a,' b, c', d', e' nuqtalarni hosil qilamiz.

    9. a', b', e', f', l' nuqtalardan va O markazdan o‘tuvchi radiuslar o‘tkazamiz.

    10. a,' b, c', d', e', f', l' nuqtalar orqali asosiy aylanaga urinma, ya’ni radiuslarga perpendikulyar bo‘lgan chiziqlar o‘tkazamiz. Bu urinmalarga C




4 Qirg‘izboyev Yu. va boshqalar. Mashinasozlik chizmachiligi kursi. –T.: “O‘qituvchi”, 1981. 180-182 betlar.
nuqtadan chap tomonga b' nuqta orqali PC dan bir kesma kam uzunlikni, a' nuqtadan esa PC dan ikki kesma kam uzunlikni o‘lchab qo‘yiladi. C nuqtadan o‘ng tomonga o‘tganda tegishli nuqtalar orqali PC ga bir kesmadan oshirib qo‘shib boriladi.


8.27-rasm

    1. Urinmalarga olib qo‘yilgan kesmalarning uchlari A, A1, A2, A3, A4 nuqtalar silliq egri chiziq bilan (lekaloda) tutashtirib chiqiladi. Bu egri chiziq tish prifilining evolventasi bo‘ladi.

    2. P nuqtadan boshlab boshlang‘ich aylana bo‘yicha tish qadamining to‘rtdan biri PF=πm/4 ga teng bo‘lgan kesmani o‘lchab qo‘yib, F nuqta belgilanadi. Bu nuqta orqali tishning simmetriya o‘qi OF o‘tkaziladi.

    3. Markaz orqali A, A1, A2,… nuqtalardan o‘tuvchi konsentrik yoylar o‘tkazib, bu yoylarga simmetriya chizig‘idan chap tomonda joylashgan kesmalarni, o‘ng tomonga ham o‘lchab qo‘yiladi.

    4. Cho‘qqilar aylanasi da=d+2m qilib o‘tkaziladi.

    5. K va K' nuqtalar (evolventaning asosiy aylana bilan kesishgan nuqtalari) O markaz bilan tutashtiriladi.

    6. O‘yiqlar aylanasi df =d-2,4m o‘tkaziladi.

    7. Tish asosi (tubi) o‘yiqlar aylanasi bilan r=0,2m radiusli yoy vositasida tutashtiriladi (8.27-rasm, a).

Hosil bo‘lgan tish konturi asosiy yo‘g‘on tutash chiziq bilan ustidan yurgizib chiqiladi. Amaliyotda tishlarning profili taxminiy usulda chiziladi.
Bu usul ish chizmasida tishli g‘ildirak tishlari elementlarining tozalik klasslarini ko‘rsatish va o‘lchamlarini qo‘yish zarur bo‘lgan hollarda qo‘llaniladi. Yasash uchun d, da, df, m, z, Pt va St lar ma’lum bo‘lishi lozim.
Tish profilini yasash uchun O markazdan turib d, da va df diametrli aylana yoylarini chizamiz. Asosiy aylana diametri d1=d×cos200=d×0,94 formula bilan aniqlaymiz va uni yasaymiz (8.27-rasm, b). Boshlang‘ich aylanada A nuqtani belgilaymiz va aylanaga tish qalinligi St =AB ni o‘lchab qo‘yamiz. A nuqtani O markaz bilan tutashtiramiz. OA ni teng ikkiga bo‘lib, O1 markazni hosil qilamiz. O1 markazdan turib R1=d/4=O1A radius bilan yoy chizib,asosiy aylanada O'2 nuqtani hosil qilamiz. Bu nuqtadan turib R1=O'2A radius bilan CAE yoyni o‘tkazamiz. B nuqtadan o‘sha R1 radius bilan asosiy aylanani kesib, O''2 nuqtani hosil qilamiz va bu nuqtani markaz qilib KBF yoyni chizamiz, C, A, E, F, B, K nuqtalar tish kallagi
qiyofasiga tegishli nuqtalardir. Tish oyoqlari C va K nuqtalardan O markazga yo‘nalgan to‘g‘ri chiziqlar bo‘yicha yasaladi.Tish asosi o‘yiqlar aylanasi bilan R2=0,2m radiusli yoy vositasida tutashtiriladi va tish konturi yo‘g‘on chiziq bilan ustidan yurgizib chiqiladi.




8.28-rasm
Tishlarning GOST 3058-54 ga asosan qabul qilingan evolventa profilining bir qancha afzalliklari bilan bir qatorda muhim kamchiliklari ham bor. Bu kamchiliklardan biri shuki, qavariq profil bilan u tutashayotgan tishlarning kontakt zonasida egrilik radiusi katta bo‘lmaydi. Ezilish kuchlanishi tishlar ishlagan vaqtda kontakt zonasida davriy ravishda hosil bo‘ladi. Qayta- qayta takrorlanish natijasida ezilish kuchlanishi tishlar yon sirtining uvalanib ketishiga sabab bo‘lishi, ya’ni charchash holatini paydo qilishi mumkin. Bu holat bo‘lmasligi uchun kontakt zonasidagi kuchlanishni kamaytirish kerak. Bu masalani Novikov hal qildi. M.N.Novikov ilashmasi asosida yasalgan shesternyali uzatmalar evolventa profilli uzatmalarga nisbatan nagruzka (yuklama)ni 2-3 marta ko‘p qabul qiladi. Novikov sistemasidagi uzatmada yetakchi g‘ildirakda,

odatda, aylana yoylari bilan chizilgan qavariq tishlar, yetaklanuvchi g‘ildirakda esa, aksincha, botiq tishlar bo‘ladi (8.28-rasm). Bunda bir tishning boshqa bir tishga tegib turgan yuzi ko‘payadi, va tishlarda kuchlanish kamayadi. Novikov sistemasidagi g‘ildiraklar qiyshiq tishli va tishlari vint shaklida bo‘lib, bu hol ilashishning ravon bo‘lishiga yordam beradi. Normal kesimi doiradan iborat qiyshiq kesilgan vintsimon val (tish shunday shaklga ega) g‘ildirakning torets sirtiga chiqqanda shakli egri chiziqlarni hosil qiladi.


Download 40,48 Mb.
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   81




Download 40,48 Mb.