• 8.1-jadval Silindrik
  • Variantlar m z
  • O‘qlari
  • Gipoidli
  • Konus tishli g‘ildirak va uzatmalar




    Download 40,48 Mb.
    bet59/81
    Sana22.01.2024
    Hajmi40,48 Mb.
    #143055
    1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   81
    Bog'liq
    CHIZMACHILIK.2020.Valiyev (1)

    Konus tishli g‘ildirak va uzatmalar. Agar vallarning o‘qlari biror burchak ostida kesishsa, aylanma harakat konus tishli g‘ildiraklar vositasida uzatiladi. Konussimon tishli g‘ildirak tishi to‘g‘ri doiraviy kesik konus shaklida bo‘lib, uning tishlari silindrik g‘ildirak tishlaridan farq qiladi. Tishlarning balandligi, eni va boshqa parametrlarini o‘lchamlari konus uchiga yaqinlashgan sayin sekin-asta kichrayib boradi. Shuning uchun tishning moduli va boshqa parametrlari uzunlik bo‘ylab o‘zgaruvchan kattalikdir.
    8.1-jadval
    Silindrik tishli uzatmaga oid variantlar



    Variantlar

    m

    z1

    z2

    DВ1

    DВ2

    Variantlar

    m

    z1

    z2

    DВ1

    DВ2

    1

    5

    20

    25

    25

    25

    16

    4

    18

    35

    24

    30

    2

    4

    20

    40

    25

    30

    17

    4

    20

    36

    25

    32

    3

    5

    15

    32

    25

    35

    18

    5

    16

    30

    25

    30

    4

    3

    25

    40

    20

    25

    19

    4

    20

    30

    20

    25

    5

    4

    25

    35

    25

    32

    20

    4

    20

    34

    20

    25

    6

    4

    20

    34

    22

    25

    21

    5

    16

    38

    25

    35

    7

    5

    18

    30

    25

    32

    22

    4

    22

    36

    25

    30

    8

    4

    15

    35

    20

    30

    23

    4

    20

    38

    22

    30

    9

    4

    18

    30

    22

    25

    24

    4

    20

    35

    25

    32

    10

    4

    20

    36

    22

    30

    25

    4

    18

    35

    20

    30

    11

    4

    15

    35

    20

    30

    26

    5

    18

    32

    25

    30

    12

    5

    16

    30

    25

    32

    27

    4

    25

    30

    20

    25

    13

    4

    20

    32

    22

    30

    28

    4

    20

    36

    20

    30

    14

    5

    16

    30

    25

    36

    29

    4

    18

    38

    20

    28

    15

    4

    15

    35

    20

    25

    30

    5

    18

    26

    25

    30

      1. bosqich



    a)

      1. bosqich



    b)

      1. bosqich



    v)

      1. bosqich



    g) 8.30-rasm
    Konussimon tishli g‘ildirakning tishlari chizmada GOST 2405-96ga muvofiq silindrik tishli g‘ildirak kabi shartli tasvirlanadi. Uning chizmasini chizish uchun quyidagi parametrlar beriladi: ilashish moduli - m, tishlar soni - z, uning yarim burchagi - δ. Konussimon tishli g‘ildirak chizmasining ham frontal qirqimi va profil proyeksiyasi bajariladi va uni chizish frontal ko‘rinishini chizishdan boshlanadi.
    Konus tishli g‘ildiraklar, odatda, O uchi va umumiy AO yasovchi bo‘lgan kesik konuslardan hosil bo‘ladi (8.31-rasm)5. Bu konuslar boshlang‘ich konuslar deb ataladi. Tishlarning bundan yuqori joylashgan qismi tish kallagi deb atalib, u h1 harfi bilan, boshlang‘ich konusning ichki qismida joylashgan qismi esa tish oyog‘i deb atalib, u h2 harfi bilan belgilanadi.



    8.31-rasm va d2 diametrlar).
    Tishlar konus uchiga qanchalik yaqinlashib kelsa, ularning eni va balandligi shunchalik kichiklashib boradi, demak, modul ham tishning butun uzunligi bo‘yicha o‘zgarib boradi: katta aylanada u kichik aylananikiga nisbatan katta bo‘ladi.
    Konus tishli g‘ildirak o‘lchamlari konusning katta asosi boshlang‘ich aylanasi diametri bo‘yicha aniqlanadi (d1

    Konus o‘qiga tik bo‘lgan tekislikdagi tasvirida g‘ildirak tishlarini ikkita aylana bilan: katta asosidagi chiqiqlarning tashqi aylanasi asosiy yo‘g‘on tutash chiziq bilan va boshlang‘ich aylanasi ingichka shtrix-punktir chiziq bilan tasvirlanadi. Oddiy konus ilashmalarning O uchida cho‘qqilar konusi, boshlang‘ich konus, o‘yiqlar tubi konusi yasovchilari va ilashma g‘ildiraklari o‘qlarining proyeksiyalari kesishadi.



    5 Qirg‘izboyev Yu. va boshqalar. Mashinasozlik chizmachiligi kursi. –T.: “O‘qituvchi”, 1981. 183-184- betlar.

    Konus tishli g‘ildirak chizmasini chizish uchun uning o‘lchamlari quyidagi tartibda topiladi.
    Chizish uchun quyidagi dalillar ma’lum bo‘lishi kerak: cho‘qqilar diametri da, tishlar soni z, boshlang‘ich konus uchidagi burchagi φ (8.32-rasm). Bu ma’lumotlar bo‘yicha d va modul m aniqlanadi: d=da×z/z+2cos φ; m=d/z.
    Tish balandligi: h = 2,2m. Tish qadami: St =π∙m.
    Botiqlari aylanasining diametri: df =da -2h×cos φ.
    Tish ilashmalarda o‘qlar AO yasovchi bilan φ1 va φ2 burchaklar ostida kesishadi: φ1 va φ2 burchaklarning yig‘indisi tishli g‘ildiraklar vallarining o‘qlari orasidagi burchakka teng. Bu burchaklar minutlargacha aniqlikda hisoblanadi.
    8.32-rasm Tishlar profili O1 uchli va O1A yasovchisi bo‘lgan qo‘shimcha konusning yon
    yuzasiga joylashadi. Qo‘shimcha konusning yasovchilari O1A va O1B odatda, boshlang‘ich konusning yasovchilariga perpendikulyar, ya’ni O1A yasovchi OA ga va O1B yasovchi OB ga perpendikulyar bo‘ladi.
    Konus tishli g‘ildiraklarning tishlari ham, silindrik tishli g‘ildiraklarning tishlari singari to‘g‘ri, qiyshiq, spiralsimon va shevron tishli bo‘ladi (8.33-rasm). Bu tishlarning turi chizmada tegishlicha uchta ingichka chiziq bilan ko‘rsatiladi. Tishli ilshmalarning tasvirida tishlarning yo‘nalishi ilashmaning faqat bitta elementida ko‘rsatiladi.




    O‘qlari o‘zaro ayqash gipoidli uzatma




    O‘qlari o‘zaro kesishgan konus tishli uzatma (g‘ildiraklar to‘g‘ri tishli )




    Gipoidli uzatmaning ustdan ko‘rinishi

    8.33-rasm
    Namunali chizma. Grafik vazifa sharti: Konus tishli uzatmaning ishchi chizmasi bajarilsin (8.34-rasm).
    Konus tishli uzatmaning ish chizmasini bajarish uchun g‘ildirak parametrlarini aniqlovchi quyidagi ma’lumotlar bo‘lishi kerak

    1. m - modul.

    2. z1 va z2 – tishlar soni.

    3. δ1 va δ2 – bo‘luvchi konuslar burchaklari.

    4. DB1 va DB2 – vallar diametrlari.

    Quyida konus tishli uzatma chizmasini chizish jarayonining ketma-ketligi ko‘rsatilgan.



    1. Boshlang‘ich ma’lumotlar qabul qilingani bo‘yicha: modul m=4mm, tishlar soni z1=24 va z2=35, vallar diametrlari DB1=30 mm va DB2=40 mm lari belgilanadi.

    2. So‘ngra tishli g‘ildirakning boshqa parametrlari quyidagi formulalar vositasida aniqlanadi:

    Tish kallagi va tish oyog‘i balandliklari:
    ha=m=4 mm; hf=1,2×m=1,2×4=4,8 mm; Bo‘luvchi diametrlar:
    d1=m×z1=4×24=96 mm; d2=m×z2=4×35=140 mm;
    Tishli g‘ildirak eni: b=0,3×Re ; Gupchak diametri:
    DCT1=1,7×DB1=1,7×30=51 mm; Dcm2=1,7×DB2=1,7×40=68 mm
    Gupchak uzunligi:
    LCT1=1,3×DB1=1,3×30=39 mm; LCT2 =1,3×DB2=1,3×40=52 mm.
    Shponkali paz o‘lchamlari GOST 9563-60 bo‘yicha aniqlanadi.
    Tishli g‘ildirak boshqa elementlari uni tuzilishiga qarab aniqlanadi(chambarak qalinligi, disk va hokazo).
    Shuningdek, quyidagi parametrlar ham aniqlanadi:
    D1=1,2×DB1=1,2×30=36 mm va D2=1,2×DB2=1,2×40=48 mm;
    Bo‘luvchi konus burchagi δ=2,5×m=2,5×4=10 mm.
    Barcha zaruriy o‘lchamlar aniqlangandan so‘ng uzatmaning ish chizmasi shartli ravishda belgilangan 4ta bosqichda bajariladi.

    1. bosqich. Bosh ko‘rinishda o‘zaro perependikulyar chiziqlar chiziladi, ya’ni, shesternya o‘qi (vertikal), g‘ildirak o‘qi (gorizontal). Bu chiziqlarning kesishish nuqtasi C dan o‘q chiziqlar bo‘yicha tepaga va pastga d2/2 ga teng CK kesmasi va o‘ng tomonga d1/2 ga teng CP kesmasi qo‘yiladi. K nuqtadan gorizontal bog‘lovchi chiziqlar o‘tkaziladi, P nuqtadan D nuqtalar bilan o‘zaro kesishguncha vertikal chiziqlar o‘tkaziladi. D nuqtalar bilan C nuqtani birlashtiruvchi chiziqlar

    o‘tkaziladi, natijada shesternya va g‘ildirakning boshlang‘ich konuslari hosil bo‘ladi (8.34-rasm, a).

    1. bosqich. D nuqtalardan perpendikulyarlar chiqariladi va tish kallagi balandligi (ha=m) va tish oyog‘i balandligi (hf =1,2m) o‘lchab qo‘yiladi. C nuqta bilan qo‘yilgan kesmalar oxiri to‘g‘ri chiziqlar orqali birlashtiriladi, natijada konuslarning tish cho‘qqilari va botiqlari hosil bo‘ladi (8.34-rasm, b).

    D nuqtadan C nuqtaga qarab uzunasiga tishli g‘ildirak eni va tish chegarasi chiziqlari o‘tkaziladi. Gorizontal bog‘lovchi chiziqlar yordamida chap ko‘rinish quriladi. G‘ildirak chizmasining bu ko‘rinishida faqat boshlang‘ich aylana shtrix- punktir chiziqda va tish cho‘qqilari aylanasi chiziladi. Frontal proyeksiyada g‘ildirak gupchagining tashqi diametrlari aylanalari chiziladi (DCT1=51 mm; DCT2=68 mm). Keyin gupchak uzunligi chiziladi (LCT1=39 mm; LCT2=52 mm).

    1. bosqich. Val diametri bo‘yicha aylana chiziladi (DB1=30 mm; DB2= 40mm). Shponka ariqchasidagi bsh, t1 masofalarning o‘lchamlari chizmachilik ma’lumotnomasidan olinadi va uning proyeksiyalari bajariladi. G‘ildirakdagi val uchun teshikda faskalar bajariladi. Shponkali birikmaga mahalliy qirqim beriladi (8.34-rasm, v).

    2. bosqich. Konus tishli g‘ildirak chizmasida chiziqlar mos ravishda qalinlashtiriladi, ya’ni, tish cho‘qqilarining aylanasi asosiy yo‘g‘on tutash chiziqda, bo‘luvchi aylana ingichka shtrix-punktir chiziqda o‘tkaziladi. G‘ildirakning boshqa ko‘rinarli elementlari ham asosiy tutash chiziqda chiziladi va chizma taxt qilinadi (8.34-rasm, g).

    8.2-jadvalda silindrik tishli uzatmaga oid grafik vazifa uchun variantlar keltirilgan.

    Download 40,48 Mb.
    1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   81




    Download 40,48 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Konus tishli g‘ildirak va uzatmalar

    Download 40,48 Mb.