• Buyumning yig‘ish chizmasini tuzish va uni o‘qish hamda ularga oid grafik vazifalar
  • 5 30 38 16




    Download 40,48 Mb.
    bet62/81
    Sana22.01.2024
    Hajmi40,48 Mb.
    #143055
    1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   81
    Bog'liq
    CHIZMACHILIK.2020.Valiyev (1)

    6

    5

    30

    38

    16

    5

    28

    30

    26

    5

    30

    20

    7

    5

    22

    20

    17

    5

    30

    22

    27

    4

    30

    26

    8

    4

    34

    25

    18

    4

    35

    26

    28

    4

    34

    25

    9

    5

    26

    18

    19

    4

    28

    28

    29

    5

    32

    22

    10

    4

    30

    22

    20

    5

    34

    20

    30

    4

    30

    28




      1. bosqich



    a)

      1. bosqich



    b)

      1. bosqich



    v)

      1. bosqich



    g) 8.40-rasm

    V BOB. BUYUMNING YIG‘ISH CHIZMASINI TUZISH VA UNI O‘QISH





    1. Buyumning yig‘ish chizmasini tuzish va uni o‘qish hamda ularga oid grafik vazifalar




      1. Buyumning yig‘ish chizmasini tuzish qoidalari. Chizmachilikda ikki va undan ortiq detallarni birgalikda tasvirlash muhim ahamiyatga ega. Chunki oddiy narsalarning alohida o‘zidan kamdan-kam hollarda foydalaniladi. Masalan uy- ro‘zg‘or buyumlaridan pichoqni olsak, unda eng kamida ikkita detal tig‘ va sop mavjud. Choy qutida qutining o‘zi va qopqoq va qopqoqni ochib-yopish uchun oshiq-moshiq bor. Texnikada ikkita, uchta detal bir-biri bilan bolt, gayka, vint, parchin mix va boshqa biriktirish detallari yordamida biriktiriladi. Tarkibi ikki va undan ortiq detallardan tashkil topgan yig‘ma birliklarning yig‘ilgan (yaxlit) holatda bajarilgan chizmasiga yig‘ish chizmalari deb ataladi.

    Har qanday mashina va mexanizm juda ko‘p hilma-xil detallardan yig‘ilgan bo‘ladi. Detallarning har biri o‘z o‘rniga qo‘yilsagina mashina ishlaydi. Har bir detalni o‘z o‘rniga qo‘yish uchun barcha detallarning yig‘ilgan holdagi chizmasi bo‘lishi kerak. Har qanday mashina yig‘ish chizmalari yordamida yig‘ib tayyorlanadi.
    Yig‘ish chizmalarini tuza oladigan va ularni o‘qiy biladigan insonlar yig‘ish chizmalari yordamida mashina detallarining harakatini, ular o‘zaro qanday ishlashini kuzata oladilar. Yig‘ish chizmalaridan faqat mashinalarni yig‘ishda emas, balki ulardan joriy va kapital ta’mirlashda, buzilganda esa ularni tuzatishda va yangi ixtirolar qilinganda foydalaniladi.
    Eshik, deraza romlarning burchaklari mustahkam bo‘lishi uchun birida o‘yiq, ikkinchisida turum yasaladi. So‘ngra ular bir-biriga kiritilgandan keyin yanada mustahkam bo‘lishi uchun yelimlab yopishtirishdan tashqari kichkina silindrik teshik ochib mix cho‘p qoqib qo‘yiladi. Shunda yig‘ish chizmasi hosil bo‘ladi. Oddiy yig‘ish chizmalarida boltli birikma, vintli birikma, parchin mixli birikmalar tasvirlangan bo‘lib, unda yonma-yon joylashgan detallar qirqimda ikki tomonlama
    shtrixlanadi.
    Buyumlarning o‘ziga qarab yig‘ish chizmalarini tuzish ko‘pincha o‘qish jarayonida bajariladi. Buyumning o‘ziga qarab uning yig‘ish chizmalarini quyidagi tartibda tuzish mumkin.

    1. Buyum diqqat bilan ko‘zdan kechiriladi: uning vazifasi, ishlash prinsipi va konstruktiv xususiyatlari aniqlanadi.

    2. Buyum yig‘ma birliklar va detallarga ajratiladi. Buyum tarkibiga kiruvchi barcha detallarning shakllari, elementlari, ularning bir-biri bilan o‘zaro birikishi usullari aniqlanadi. Tarkibi bir necha yig‘ma birikmalardan tashkil topgan buyumlarning har bir yig‘ma birligini alohida-alohida detallarga ajratilgani ma’qul.

    3. Buyumning tarkibiga kiruvchi yig‘ma birikmalar va barcha detallarning spetsifikatsiyasi tuziladi.

    4. Buyumning tarkibiga kiruvchi har bir standart bo‘lmagan detalning eskizi tuziladi.

    5. Buyumning asosiy va qo‘shimcha tasvirlari soni, ko‘rinishlar, qirqimlar, kesimlari belgilanadi.

    6. Buyumning murakkabligi va katta-kichikligiga qarab uning masshtabi tanlab olinadi. Chizmalarni buyumning haqiqiy kattaligida (1:1masshtabda) tasvirlash eng qulay va afzalroq bo‘ladi.

    7. Qog‘ozning formati tanlab olinadi. Qog‘ozning ramka chiziqlari ingichka qilib chiziladi. Asosiy yozuv va spetsifikatsiyaga joy qoldiriladi.

    8. Chizma qog‘ozi yuzasida ko‘rinishlar rejalashtiriladi, har bir tasvirning simmetriya o‘qlari o‘tkaziladi. Har bir ko‘rinishi, qirqim va kesimlari, shuningdek, qo‘shimcha ko‘rinishlarining joylanishi aniqlanadi.

    9. Chizmaning barcha qirqim va kesimlari bajariladi, hamda shtirixovka qilinadi.

    10. Chizmaning o‘lchamlari va zarur hollarda detallarning o‘tkazish usullari qo‘yiladi.

    11. Chizmaning kontur chiziqlari yo‘g‘onlashtiriladi, avval simmetriya o‘qlari va o‘lcham chiziqlari, aylana va egri chiziqlar yo‘g‘onlashtiriladi. Asosiy yozuv,

    spetsifikatsiya chiziqlari yo‘g‘onlashtiriladi, detallarning bir-biriga tutashgan joylaridagi kontur chiziqlarning yo‘g‘onligi o‘zgartirilmasdan, bir xil yo‘g‘onlikda chiziladi.

    1. Detallarning pozitsiya nomerlari qo‘yiladi.

    2. Chizmalarning asosiy yozuvi va spetsifikatsiyasi to‘lg‘aziladi.


    Download 40,48 Mb.
    1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   81




    Download 40,48 Mb.