Oliy va o‘rta maxsus ta’lim




Download 40,48 Mb.
bet37/81
Sana22.01.2024
Hajmi40,48 Mb.
#143055
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   81
Bog'liq
CHIZMACHILIK.2020.Valiyev (1)

Namunali chizma. Grafik vazifa sharti: Biriktiriluvchi 1 (H1=25mm) va 2- detallarning diametri d=20 mm li vint orqali (rezba ochilgan sterjen uzunligi l0=46 mm, qadami P=2 mm, kallagi yarim yumaloq) hosil qilingan birikmasi chizilsin (6.13-rasm).
Ushbu vintli birikmaning ish chizmasi quyidagi bosqichlarda bajariladi.

  1. bosqich. Dastlab vintning parametrlari formulalar yordamida aniqlanadi: vint kallagining balandligi H=0,7d=0,7×20=14 mm; vint kallagidagi sfera radiusi R=0,8d=0,8×20=16 mm; otvyortka uchun ochilgan ariqcha balandligi h=0,4d=0,4×20=0,8 mm; eni: b=0,2d=0,2×20= =4 mm, vint uzunligi: L=l1+H1=46+25=71 mm, bu yerda l1=l0; faskasi: c=0,15d=0,15×20=3 mm.

Keyin biriktiriluvchi detallarning biridagi vint uyasi uzunligi aniqlanadi: (2d+6)+6P=(2×20+6)+6×2=(40+6)+12=58 mm. So‘ngra birikuvchi H1 detalda vint erkin kirishi uchun D1=1,1d=1,1×20=22 mm o‘lchamda silindrik teshik ochiladi.
Yarim yumaloq vint va biriktiriladigan detallarning o‘lchamlari aniqlangandan keyin chizma qog‘ozida hoshiya chizig‘i, asosiy yozuv o‘rni
chiziladi. So‘ngra biriktiriladigan detallarning simmetriya o‘qlari, silindrik teshik va vint uyalarining ko‘rinishlari bajariladi (6.13-rasm, a).

  1. bosqich. Bu bosqichda vint rezbali uyaga burab kiritiladi. Vint va H1 detaldagi silindrik teshik konturlari orasida tirqish (zazor) qoladi. Shuningdek, vintni soddalashtirilmagan holatda chizishni tavsiya qilamiz. Birikmaning frontal proyeksiyasida zarur qirqim bajariladi. Bunda vint qirqib ko‘rsatilmaydi (6.13- rasm, b).

  2. bosqich. So‘nggi bosqichda vintli birikmaning zarur o‘lchamlari qo‘yiladi, ya’ni, biriktiriluvchi detallarning qalinliklari (H1 va H2) va eni, vint diametri va uzunligi qo‘yiladi. Chiziq turlariga rioya qilingan holda chizma taxt qilinadi (6.13- rasm, c).

  1. b)


6.13-rasm
6.3-jadvalda vintli birikmaga oid variantlar berilgan. Talaba undan o‘z variantini olib, yuqorida keltirilgan metodik tavsiyalar asosida mustaqil ravishda vintli birikmaning ish chizmasini bajaradi.
6.3-jadval



Download 40,48 Mb.
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   81




Download 40,48 Mb.