Vintli va shurupli birikmalar




Download 40,48 Mb.
bet36/81
Sana22.01.2024
Hajmi40,48 Mb.
#143055
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   81
Bog'liq
CHIZMACHILIK.2020.Valiyev (1)

Vintli va shurupli birikmalar


Vintli birikmalar. Mashina va mexanizmlardagi yirik bo‘lmagan detallarni vint yordamida biriktirishga amaliyotda ko‘p duch kelamiz. Vintli birikmada biriktiriluvchi detallardan biriga silindrik ochiq teshik, ikkinchisiga rezba ochiladi. Yarim yumaloq, silindrik, yashirin va yarim yashirin kallakli vintli birikmalarda biriktiriluvchi detalga vint erkin kirishi uchun GOST 12876-96 ga muvofiq maxsus o‘yiq va uning davomida 1,1×d o‘lchamda silindrik teshik ochiladi. Biriktiriluvchi detallarning ochilgan silndrik teshik va rezbalari mos ravishda o‘rnatiladi. So‘ngra vint silindrik teshikdan o‘tkazilib, rezba ochilgan detalga burab kiritiladi va vint kallagi rezbasiz detalni siqib vintli birikmani hosil bo‘ladi. Vintli birikmalarda mustahkamlanadigan detallarda vintning kallagiga moslashtirilgan chuqurchalar ishlanadi.
6.10-rasmda vintli birikmaning yaqqol tasviri, 6.11-rasmda esa vintli birikmaning ko‘rinishlari ko‘rsatilgan.
Vintli birikmalarni konstruksiyasi to‘liq ko‘rsatilgan (6.11-rasm, a) soddalashtirilgan (6.11-rasm, b) va shartli (6.11-rasm, c) ko‘rinishlarda tasvirlash mumkin. Yig‘ish chizmalarida vintli birikmalar soddalashtirib, rezbasi butun sterjen bo‘yicha chiziladi. Vint burab kiradigan rezbali teshikning oxirida 120° li konus chuqurcha va vint bilan mustahkamlanadigan detal orasidagi tirqish (zazor) ko‘rsatilmaydi. Sxematik chizmalarda birimaning shartli tasviri chiziladi.
Soddalashtirilgan va shartli tasvirlarida vintni otvyortka bilan burash uchun ochilgan ariqcha (shlitsa) toretsida yo‘g‘onlashtirilgan to‘g‘ri chiziq ko‘rinishida, shartli ravishda, 45° ga burib ko‘rsatiladi. Vint burab kiritiladigan detal teshigining tubidan vintgacha olti rezba qadami (6P)ga teng masofa qolishi kerak. Suningdek, vintlar biriktiriluvchi detaldagi uyasiga ikki-uch qadam (2-3P) qolguncha burab kiritiladi, ya’ni shpilka kabi oxirigacha burab kiritilmaydi.
a) b)


v) d)
6.10-rasm


6.11-rasm Vintli birikmalarni vint rezbasining d diametriga nisbatan taxminiy
o‘lchamlarda chizish mumkin. Vintning uzunligini L=l1+H1 orqali aniqlanadi. Bu yerda l1 - vint kiritiladigan rezbali chuqurcha, Hl - biriktiriladigan detal qalinligi. Vintlarning uzunligiga silindrik, yarim yumaloq kallagi hamda yarim yashirin
kallakli vintning shar (sfera) qismi kirmaydi. Yashirin kallakli vintning kallagi hamda yarim yashirin kallakli vintning kallagi shar qismisiz vint uzunligiga kiradi. O‘rnatish vintlari mashina va asboblarning ma’lum bir detallarini birini ikkinchisiga moslash (o‘rnatish) va mustahkamlash uchun ishlatiladi. O‘rnatish vintlarining yig‘ish chizmalaridagi konstruksiyasi to‘liq ko‘rsatilgan tasviri 6.12-
rasmda berilgan. O‘rnatish vintlarining kallagi va uchi turli shaklda qilib ishlanadi.


6.12-rasm

Download 40,48 Mb.
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   81




Download 40,48 Mb.