• Eskizni chizish.
  • Eskiz bajarish bosqichlari va chizmani taxt qilish




    Download 40,48 Mb.
    bet30/81
    Sana22.01.2024
    Hajmi40,48 Mb.
    #143055
    1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   81
    Bog'liq
    CHIZMACHILIK.2020.Valiyev (1)

    Eskiz bajarish bosqichlari va chizmani taxt qilish. Eskizlarni GOST da tasdiqlangan formatlarda chizish tavsiya etiladi. Eskiz chizish ikki qismdan iborat:

    1. Eskiz chizishga tayyorgarlik.

    2. Eskizni chizish.

    1. Eskiz chizishga tayyorgarlik. Detalning o‘ziga qarab eskiz chizishdan avval uni diqqat bilan har tomonlama ko‘rib chiqish lozim, buning uchun quyidagilarni amalga oshirish kerak:

      1. detalning nomi, mehanizmdagi ish vaziyati aniqlanadi (5.36-rasmdagi detalning nomi “Tayanch” deb ataladi va uning tuzilishi a va b larda ko‘rsatilgan);

      2. detal qanday sirtlardan tashkil topganligi fikran ajratilib tahlil qilinadi (5.36-rasm, v);

    1. detalning bosh ko‘rinishi (frontal proyeksiyalar tekisligidagi tasviri) tanlanadi;

    2. zarur bo‘lgan tasvirlar (ko‘rinishlar, qirqimlar va kesimlar) soni aniqlanadi;

    3. detalning qanday materialdan tayyorganligi aniqlanadi;

    4. yuzalarning g‘adir-budurligi darajasi va tozalik klasslari aniqlanadi;

    5. qog‘ozning formati va boshqalar belgilanadi.


    5.36-rasm

    1. Eskizni chizish. Avval eskiz formatining ramka chizig‘i chiziladi va uning pastki o‘ng burchagida asosiy yozuv (burchak shtamp) hamda texnikaviy talab yozuvlari uchun joy qoldiriladi. Eskizlarni chizish quyidagi bosqichlardan iborat.

    Birinchi bosqich. Eskiz chizish burchak shtapm uchun joy qoldirib qog‘ozning ramka chiziqlarini chizishdan boshlanadi. Har bir ko‘rinishning simmetriya o‘qlari o‘tkaziladi. Detalning tashqi ko‘rinishi ingichka chiziq bilan chiziladi. Detall elementlarining o‘q va markaz chiziqlari chiziladi (5.37-rasm, a).
    Ikkinchi bosqich. Detalning tashqi ko‘rinadigan kontur chiziqlari chiziladi (5.37-rasm, b).
    Uchinchi bosqich. Detalning icki ko‘rinmaydigan kontur chiziqlari shtrix chiziq bilan chiziladi. Zarur bo‘lgan qirqim va kesimlar bajariladi. Ortiqcha chiziqlar o‘chiriladi va kesim yuzalarining shtrihlash chiziqlari o‘tkaziladi. Eskiz sinchiklab tekshirilgandan so‘ng ingichka kontur chiziqlar ustidan qalam yurgizilib chiqiladi (5.37-rasm, v). Chiqarish va o‘lcham chiziqlari o‘tkaziladi. Strelkalar, shartli belgilar (aylana, kvadrat, radius va boshqalar), sirtlarning g‘adir-budurlik belgilari qo‘yiladi.
    To‘rtinchi bosqich. O‘lchash asboblari bilan detaldan zarur bo‘lgan o‘lchamlar olinadi va eskizga qo‘yiladi. Detalni o‘tkazishga oid bo‘lgan shartli belgilar qo‘yiladi, burchak shtampi yozuvlari yoziladi (5.37-rasm, g). Eskizning asosiy yozuv o‘rni chiziladi. Zarur bo‘lganda chizma maydonining bo‘sh joyiga izoh yozuvlari yoziladi.

    5.37-rasm



    Download 40,48 Mb.
    1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   81




    Download 40,48 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Eskiz bajarish bosqichlari va chizmani taxt qilish

    Download 40,48 Mb.