• Ajraluvchi birikmalar va unga oid grafik vazifalar Umumiy ma’lumotlar.
  • Oliy va o‘rta maxsus ta’lim




    Download 40,48 Mb.
    bet31/81
    Sana22.01.2024
    Hajmi40,48 Mb.
    #143055
    1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   81
    Bog'liq
    CHIZMACHILIK.2020.Valiyev (1)

    Namunali chizma. Grafik vazifa sharti: Brilgan detalning eskizi bajarilsin. Biriktirish detallari, rezbali birikmalar bilan chizmasini o‘rgangandan so‘ng naturadan rezbali detalning eskizini bajarish mumkin bo‘ladi. Aslida bizningcha bu grafik vazifa biriktirish detallaridan keyin bajarilsa maqsadga muvofiq bo‘lar edi. 5.38-rasm, a da detal aslining yaqqol tasviri berilgan, b da esa shu detal tarkibi geometrik nuqtayi nazardan tahlil qilingan. So‘ngra 5.39-rasmda uning eskizi bajarilgan. Demak, talaba ham variant bo‘yicha berilgan detalni yuqoridagidek, hayolan tahlil qiladi va uning eskizini 5.39-rasmdagidek qilib bajaradi.
    Rezbali detal eskizini bajarishga oid grafik ishga variantlar kafedra laboratoriyasidan olinadi.

    5.38-rasm


    5.39-rasm

    III BOB. AJRALUVCHI VA AJRALMAS BIRIKMALAR





    1. Ajraluvchi birikmalar va unga oid grafik vazifalar

    Umumiy ma’lumotlar. Ajraluvchi birikmalar mavzusi mashinasozlik chizmachiligida talabani dastlabki yig‘ish chizmalarini tuzishga o‘rgatuvchi material hisoblanadi. Mashina mexanizmlari va turli moslamalarni tarkibida uchraydigan har xil birikmalarni sozlash, ta’mirlash, yangisiga almashtirishga to‘g‘ri keladi. Agar birikma tarkibidagi detallarni bir-biridan ajratish jarayonida ularning sifati buzilmasa, yaroqsiz holatga kelib qolmasa, detallar hamda birikmadan yana qayta foydalanish mumkin bo‘lsa, u holda bunday birikmalarga ajraluvchi birikma deyiladi.
    Ajraluvchi birikmalarni hosil qilishda asosiy o‘rinni biriktirish detallari egallaydi. Biriktirish detallariga esa quyidagi detallar kiradi: boltlar, shpilkalar, vintlar, shuruplar, shponkalar, shtiftlar, shplintlar. Ushbu biriktirish detallari yordamida ajraluvchi birikmalar hosil qilinadi. Shuningdek, ajraluvchi birikmalarning turlari ham biriktirish detallari nomi bilan ataladi. Ular quyidagilar:

    1. Download 40,48 Mb.
    1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   81




    Download 40,48 Mb.