Oliy va o‘rta maxsus ta’lim




Download 40,48 Mb.
bet24/81
Sana22.01.2024
Hajmi40,48 Mb.
#143055
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   81
Bog'liq
CHIZMACHILIK.2020.Valiyev (1)

Shaybalar. Shayba asosan gayka, vint yoki bolt kallagi ostiga qo‘yiladi va ularning teshigida rezbasi bo‘lmaydi (5.18-rasm). Ular biriktiruvchi va biriktiriluvchi detallarning yuzalarini buzilishdan saqlaydi hamda ularga ta’sir qiladigan zo‘riqishni bir me’yorda uzatish va tarqatish uchun xizmat qiladi. Shaybalar xomaki va toza turlarga bo‘linadi.

Xomaki shaybalar asosan list po‘latdan qirqib tayyorlanadi va barabanda tozalanadi hamda ularga stanokda ishlov berilmaydi. Toza shaybalar bolg‘alangan po‘latdan stanokda tayyorlanadi hamda
5.18-rasm ularning o‘rtasi va tashqi sirtida faskalari
bo‘ladi.Toza va xomaki shaybalardan tashqari, yana zarb, tebranish yoki silkinishlar ta’sirida gaykalar o‘z-o‘zidan buralib ketishidan saqlash uchun prujina (GOST 6402-70) shaybalar ishlatiladi (5.19-rasm, b).
Shaybalarning olchamlari standartlashtirilgan. Lekin ularni bolt yoki shpilkaning rezbasi nominal d diametriga nisbatan taxminiy o‘lchamlarda chizish mumkin.
Teshikning diametri d0=l,l×d, tashqi diametri d2=2,2×d, qalinligi
s=0,15×d va faskasi c=0,25×d ga teng qilib olinadi.

  1. bajarilishdagi teshik diametri d=14 mm, 0,1-gruppacha materiali (0,8 kp markali po‘lat)dan tayyorlangan qoplamasi qalinligi 6 mkm bo‘lgan shaybaning shartli belgilanishiga misol:

Shayba 14.01.08 kp.016 GOST11371-78.

  1. bajarilishdagi teshik diametri 10 mm, 65G markali po‘latdan tayyorlangan, 02 qoplama qalinligi 6 mkm, prujina shaybaning shartli belgilanishiga misol: Shayba 10.65G.025 GOST 6402-70.

10% va 12% qiyalikdagi balka (shveller va qo‘shtavr)larning qiyaliklarini to‘g‘rilash uchun gaykalar yoki bolt kallaklari ostiga qo‘yish uchun bir tomoni qiyshiq yuzali (GOST 10906-78) shaybalar ishlatiladi (5.19-rasm, c).
Teshik diametri 20 mm, St po‘latdan tayyorlangan, qoplama qalinligi 9 mkm
bo‘lgan qiyshiq shaybaning shartli belgilanishiga misol:
Shayba 20.02. St 3.019 GOST 10906-78.
Sharnirli birikmalarning barmoqlari uchun tez sug‘urib olinadigan tirak shaybalar (GOST 11648-75) ishlatiladi (5.19-rasm, d). Bunda shaybalar diametri 2 mm dan 20 mm gacha 65G markadagi sifatli konstruksion po‘latdan yoki Br KMts 3-1 qalaysiz bronzadan qoplamali va qoplamasiz qilib tayyorlanadi. Ichki diametri d=9 mm, Br KMts 3-1 markali bronzadan tayyorlangan 07 qoplama qalinligi 6 mkm bo‘lgan tirakli shaybaning shartli belgilanishiga
misol: Shayba 9 Br KMts 3-1.076 GOST 11648-75.
Olti qirrali gayka va boltlarni stoporlash uchun panjali stoporlash shaybalari ishlatiladi (5.19-rasm, f va h). Bunday shaybalar A sinf aniqlikdagi, diametrlari 3 mm dan 48 mm gacha bo‘lgan biriktirish detallari uchun ishlab chiqariladi.
Bundan tashqari to‘xtatuvchi kurakchali shaybalar (GOST 13463—77*) ham mavjud (5.20-rasm, a) bo‘lib, undan ham ajraluvchi birikmalarni hosil qilishda foydalaniladi (5.20-rasm, b).

5.19-rasm

5.20-rasm



    1. Download 40,48 Mb.
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   81




Download 40,48 Mb.