• Shakl
  • Oliy va o‘rta maxsus ta’lim




    Download 40,48 Mb.
    bet21/81
    Sana22.01.2024
    Hajmi40,48 Mb.
    #143055
    1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   81
    Bog'liq
    CHIZMACHILIK.2020.Valiyev (1)

      Bu sahifa navigatsiya:
    • Shakl
    Vint va shuruplar. Bir uchida turli shakldagi kallagi bo‘lgan, ikkinchi uchida rezba o‘yilgan silindrik sterjendan iborat detalga vint deyiladi (5.6-rasm). Vintning rezbasi biriktiriladigan detallarning biriga burab kirgiziladi. Vintlar ularning tatbiqiga qarab ikkiga, ya’ni mustahkamlovchi va o‘rnatuvchi vintlarga bo‘linadi.



    d)
    5.6-rasm
    Mustahkamlovchi vintlar yarim yashirin (GOST 17474-80), yashirin (GOST 17475-80), yarim yumaloq (GOST 17473-80), silindrik (GOST 1491-80) kallakli va olti yoqli chuqurchasi (GOST 11738-84) bo‘lgan silindrik shaklda tayyorlanadi. Vintlarning kallagida ularni burash uchun o‘yig‘i yoki maxsus kalitlar bilan burash uchun chuqurchasi bo‘ladi (5.7-rasm).
    O‘rnatuvchi vintlar (GOST 1476-84, GOST 1477-84, GOST 1479-84) o‘tkir yoki silindrsimon uchi bilan detallarning o‘zaro bog‘lanishlarini mustahkamlaydi. Bunday vintlarning kallagida ularni burash uchun chuqurcha, kalitda burash uchun kallagi kvadrat yoki olti yoqli qilib tayyorlanadi (5.8-rasm).
    Vintlarning konstruksiyasi va o‘lchamlari standart bilan belgilangan bo‘ladi. Lekin ularni berilgan rezba (sterjen) diametriga nisbatan taxminiy o‘lchamlarda chizish mumkin (5.7 va 5.8-rasmlar).
    5.7-rasm


    5.8-rasm


    Shakl 17.37 - turli kallakli vintlar2



    2 M.B.Shah, B.C.Rana. “Engineering Drawing” –Indiya, 2007 Threaded Fasteners 442 b.
    Shuruplar. Metallga mo‘ljallangan vintlardan tashqari yog‘och, plastmassa uchun mo‘ljallangan vintlar ham bo‘ladi. Yog‘och va plastmassa materiallardan tayyorlangan buyumlarni biriktirish uchun mo‘ljallangan vintlar shuruplar deyiladi (5.9-rasm). Shuruplarning konstruksiyasi va o‘lchamlari GOST 1144- 80, GOST 11473-75 lar bilan belgilangan. Shuruplarning kallagi yarim yumaloq, yashirin, yarim yashirin, olti qirrali va kvadrat shakllarda tayyorlanadi. Ularning kallagida burash uchun o‘yiqlar mavjud .
    a)

    1. v)

    5.9-rasm
    Vintlarning konstruksiyasi va o‘lchamlari standart bilan belgilangan bo‘ladi. Lekin ularni berilgan rezba (sterjen) diametriga nisbatan taxminiy o‘lchamlarda chizish mumkin (5.10-rasm).
    5.10-rasm







      1. Download 40,48 Mb.
    1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   81




    Download 40,48 Mb.