• Rezba profili tasviri Rezba chizmasi Standart, rezba turi nomi va uni
  • Rezbalarning chizmada tasvirlanishi va belgilanishi
  • Rezba sbegi
  • REZBALARNING BELGILANISHI




    Download 40,48 Mb.
    bet19/81
    Sana22.01.2024
    Hajmi40,48 Mb.
    #143055
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   81
    Bog'liq
    CHIZMACHILIK.2020.Valiyev (1)

    REZBALARNING BELGILANISHI


    3.1-jadval





    Rezba profili tasviri

    Rezba chizmasi

    Standart, rezba turi nomi va uni belgilanishi

    Rezba turining chizmadagi tasviri















    Yirik qadamli



    1

    GOST 8724-81
    va GOST 9150-81



    Mayda qadamli




    Metrik rezba, M











    GOST 611-52,








    NKTP-1260,




    Silindrik dyumli




    rezba, -

    2






















    GOST 611-52, II




    NKTP-1260,




    Konus dyumli rezba,




    K






    3








    GOST 6357-81,


    Silindrik truba rezba,
    G










    GOST 6211-81,


    Konus truba rezba,
    R, Rc, Rp







    4







    GOSt 9484-81,
    Trapetsiyasimon rezba, Tr








    5







    GOST 10177-82,


    Tirak rezba, S




    6









    Yumaloq rezba: GOST 13536-68 da
    Kr;
    ST SEv 3293-83 da
    Rd







    7






    Nostandart to‘g‘ri burchakli rezba





    1. Rezbalarning chizmada tasvirlanishi va belgilanishi (O‘zDSt 2.311:2003)

    GOST 2.311-68 (ST SEV 284-76) ga muvofiq barcha rezba turlarini shartli tasvirlash qabul qilingan. Unga ko‘ra sterjendagi rezbaning tashqi diametri asosiy yo‘g‘on tutash chiziqda, ichki diametri esa ingichka tutash chiziqda tasvirlanadi. Sterjen o‘qiga parallel bo‘lgan proyeksiya tekisligidagi ko‘rinishi rezbaning ichki diametrini ifodalovchi ingichka tutash chiziq butun rezba uzunligi bo‘yicha chiziladi. Sterjen o‘qiga perpendikular tekislikdagi ko‘rinishida esa rezbaning ichki diametri aylananing taxminan ¾ qismiga teng bo‘lgan va istalgan yеrida uziladigan yoy bilan chiziladi. Rezbaning chegarasini belgilovchi chiziq to‘liq profilli qismi tugagan joydan (rezba sbegi boshlanguncha bo‘lgan joygacha) asosiy yo‘g‘on tutash chiziqda rezba tashqi diametrigacha chiziladi (4.1-rasm, a). Agar rezba chegarasi ko‘rinmaydigan bo‘lsa, u shtrix chiziqda rezba tashqi diametrigacha chiziladi (4.1-rasm, v).

    4.1-rasm 4.2-rasm
    Rezbali teshikning ichki diametri asosiy tutash chiziq bilan va tashqi diametri ingichka tutash chiziq bilan tasvirlanadi. Ingichka tutash chiziqlarni teshik o‘qiga parallel bo‘lgan qirqimlarida, rezba tashqi diametrining butun uzunligi bo‘yicha o‘tkaziladi. Ingichka tutash chiziq asosiy chiziqdan kamida 0,8 mm va ko‘pi bilan rezba qadamiga (R) teng masofada o‘tkaziladi. Teshik o‘qiga perpendikulyar tekislikdagi tasvirida esa rezbaning tashqi diametri aylananing taxminan ¾ qismiga teng bo‘lgan va ixtiyoriy joyda uziladigan yoy bilan o‘tkaziladi (4.2-rasm, a).
    Qirqim va kesimlarda shtrixovkalash chiziqlari sterjenlarda rezbaning tashqi diametriga еtkazib chiziladi. Teshiklarda esa shtrixovkalash chiziqlari rezbaning ichki diametriga yеtkazib chiziladi (4.1,4.2-rasmlar, b).
    Agar rezbali teshiklar ko‘rinmas qilib tasvirlansa, undagi rezbaning ichki va tashqi diametrlari bir xil yo‘g‘onlikda shtrix chiziqda chiziladi (4.3-rasm). Rezbalardagi maxsus konstruktiv ahamiyatga ega bo‘lmagan faskalar

    4.3-rasm
    sterjen va teshik o‘qiga perpendikulyar tekislikda

    tasvirlanmasligi mumkin (4.1 va 4.2-rasmlar, a). Sterjendagi rezbani tasvirlovchi ingichka tutash chizig‘i sterjen o‘qiga parallel yo‘nalib, faskaning chegara chizig‘ini kesib o‘tishi shart (4.1-rasm, a).
    Rezbali berk teshik (uyacha)larning tubi konus shaklida bo‘lib, uchidagi burchagi 1200 bo‘ladi. Bu burchak uchi konus shaklida charxlangan parmadan hosil bo‘ladi. Chizmasiga qarab, teshik chuqurligi bilan rezba uzunligi o‘zaro farqlanganida ham 4.4-rasm, a va b lardagidek tasvirlanishi mumkin.

    4.4-rasm 4.5-rasm

    Qirqimda rezbali birikmalarni uning o‘qiga parallel tekislikdagi tasvirida teshik rezbasining faqat sterjen to‘sib (yopib) qolmagan qismigina tasvirlanadi (4.5-rasm, a va b).
    Profili standartlashtirilmagan rezbalar chizmada 4.6-rasmdagidek tasvirlanadi. Unda rezbaning barcha o‘lchamlari (chizmada o‘lchamlar harflar orqali qo‘yilgan) va “Rezba” so‘zi bilan qo‘shimcha ma’lumotlari ham (rezbaning chapaqayligi, kirimlar soni va hokazolar) ko‘rsatiladi.
    4.6-rasm
    Rezba sbegi, protochkasi va rezbali buyumlarning faskasi. Rezbalarning konstruktiv va texnologik elementlari (faska, rezba sbegi, oxirigacha qirqilmagan qism, protochkalar) uchun o‘lcham va shakllar aniq o‘rnatilgan. GOST 10549-80 (ST SEV 214-75) ga muvofiq standart rezbalar uchun bu o‘rnatmalar rezbaning qadamiga bog‘liq. Rezba keskichining uchi detalning butun uzunligi bo‘yicha kesib boradi, natijada rezba profilining oxirgi qismi kichrayib yo‘q bo‘lib ketadi va shu joydan keskich chiqib ketadi. Ana shu rezba profilining kichrayib, yo‘q bo‘lib ketgan qismi rezbaning sbegi deyiladi va u chizmada “X” bilan belgilanadi (4.7- rasm, a da tashqi, b da ichki sbeg). Ko‘pincha rezba uzunligiga rezbaning “X” qismi qo‘shib ko‘rsatiladi. Agar chizmada rezba sbegini ko‘rsatish lozim bo‘lsa, u rezbaning o‘qiga nisbatan 450 burchak ostida ingichka tutash chiziq bilan ko‘rsatiladi. Bundan tashqari rezba sbegidan boshlab detalning tayanch yuzasigacha bo‘lgan “a” masofa rezbaning oxirigacha qirqilmagan qismi deyiladi.

    4.7-rasm
    Sterjen va teshikdagi rezbaning uzunlik o‘lchamlari (L) rezba sbegisiz qo‘yiladi (4.8-rasm, a va b). Ayrim hollarda rezba uzunligi sbeg bilan qo‘shib yoki sbeg va rezba uzunliklari alohida ko‘rsatiladi (4.8-rasm, v, g).
    4.8-rasm
    Detallarda to‘la profilli rezba hosil qilish uchun uni o‘yishda sbeg qismi o‘rnida protochka (ariqcha) o‘yiladi. Natijada rezba qirqilganda keskichning uchi rezbani o‘yib borib ariqchaga chiqadi va hosil bo‘lgan rezba to‘la profilli bo‘ladi. Ariqchalarning o‘lchamlarini GOST 10549-80 dan olish mumkin. Detal chizmasida protochkalar soddaroq chizildi, ammo unga chiqarish elementi qo‘shimcha qilinadi (4.9-rasm, a da tashqi, b da ichki protochka).
    Sbegning o‘lchamini P rezba qadamiga nisbatan quyidagicha olish mumkin: normal sbeg – 2,5×P; qisqa sbeg – 1,25×P. Oxirigacha qirqilmagan a masofaning o‘lchami quyidagiga teng bo‘ladi: normadagi - 3×P; qisqasi - 2×P; uzun - 4×P.
    Vint, shpilka va boltlarni teshiklarga oson burab kiritish uchun hamda rezba o‘ramlariga shikast еtkazmaslik uchun biriktirish detallari uchlariga va rezbali teshiklarga maxsus faskalar ishlanadi (4.8, 4.9 va 4.10-rasmlar). Ba’zan sterjen
    uchi shar segmenti holatida yakunlanadi (4.10-rasm, v).
    a)
    b)
    4.9-rasm
    Yasash uchun mo‘ljallanmagan faskali detallarning chizmasini chizishda faskaning balandligini rezba diametriga qarab c=0,15×d qilib olish mumkin. Faskasi bo‘lgan rezbali detallarning rezba o‘qiga perpendikulyar bo‘lgan tekislikdagi proyeksiyasida faska chizib ko‘rsatilmaydi (4.1 va 4.2-rasmlar, a). Sterjen va teshiklardagi metrik rezbalarda konusli faskalarning kesik konusi uchi 900 (4.10-rasm, a va b) va gaykalarda 1200 burchakni hosil qiladi (4.10-rasm, g).

    4.10-rasm

    1. Download 40,48 Mb.
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   81




    Download 40,48 Mb.