Oliy va o‘rta maxsus ta’lim




Download 40,48 Mb.
bet23/81
Sana22.01.2024
Hajmi40,48 Mb.
#143055
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   81
Bog'liq
CHIZMACHILIK.2020.Valiyev (1)

Shpilka uyasi. Shpilka burab kiritiladigan rezbali teshik shpilka uyasi deyiladi (5.12-rasm). Uya avval parma bilan rezba diametrining ichki diametriga, ya’ni d1=0,85×d ga teng qilib, l=1,5×d o‘yiladi. Uyaning tubidagi konus parma uchidagi konus izi bo‘lib, u 120° ga teng. Keyin bu uyaga metchik yordamida rezba o‘yiladi.
Shpilka uyasining chuqurligi uya ishlanadigan detaining materialiga bog‘liq.

Po‘lat, bronza qattiq qotishmalar uchun uya chuqurligi l,5d.... l,75d, cho‘yandan va boshqa yumshoq qotishmalardan ishlangan detallarda chuqurligi l,75d... 3d qilib o‘yiladi.



5.13-rasm

    1. Gaykalar. Bolt yoki shpilkaga burab kiritiladigan ichki rezba ochilgan detalga gayka deyiladi. Gayka olti qirra yoki kvadrat shaklida hamda gayka-barashka (5.14-rasmga qarang, qo‘lda buraladigan quloqli gayka) ko‘rinishida tayyorlanadi.












Olti qirrali

Gayka-barashka

Kesilgan








Tojsimon

Aylanasimon

5.14-rasm
Olti qirralli gaykalar eng ko‘p tarqalgan bo‘lib, o‘zining konstruksiyasi bo‘yicha oddiy (GOST 5915-70, GOST 5927-70, GOST 15526-70), o‘yiqli va tojsimon (GOST 5918-73, GOST 5932-73), normal, past (ensiz) (GOST 5916-70), baland (qalin) (GOST 15523-70) va juda baland (GOST 15525-70), bir yoki ikki faskali, faskasiz qilib tayyorlanadi (5.15-rasm). Ensiz gaykalarda H=0,5d, normal gaykalarda H=0,8d, baland gaykalarda H=1,5d ga teng qilib bajariladi. Gaykalar dag‘al C aniqlikda (GOST 15526-70), normal B aniqlikda (GOST 5915-70) va yuqori A aniqlikda (GOST 5927-70) hamda rezbasi mayda va yirik qadamli qilib tayyorlanadi.
5.15-rasm Gaykalar uch xil ko‘rinishda bajariladi:

    1. bajarilishida ikki tomonlama tashqi konus faskalar ishlanadi (5.15- rasm, a);

    2. bajarilishida bir tomonlama konus faska ishlanadi (5.15-rasm, b);

    3. bajarilishida gayka toretsining bir tomonida silindrik yoki konussimon chiziq ishlanadi (5.15-rasm, c).

Gaykalar ish sharoiti va belgilanishiga qarab tanlanadi:

      • o‘q bo‘yicha yo‘nalgan zo‘riqish ko‘p bo‘lgan hollarda, ish jarayonida rezbali birikmalarni tez-tez ajratib turishga to‘g‘ri keladigan vaqtlarda baland va eng baland gaykalar ishlatiladi (5.15-rasm, e);

      • o‘q bo‘yicha zo‘riqish kam bo‘lgan hollarda ensiz gaykalardan foydalaniladi (5.15-rasm, d);

      • qo‘zgaruvchan kuch va titrash ta’sirida bo‘ladigan birikmalarda shplintga mo‘ljallangan tojsimon yoki o‘yig‘i bor gaykalar ishlatiladi (5.15-rasm, h).

Gaykaning konstruksiyasi va o‘lchamlari standart bilan belgilangan. Lekin uni berilgan rezba diametri d ga nisbatan taxminiy o‘lchamlarda ham chizish mumkin (5.16-rasm).





5.17-rasm
5.16-rasm

  1. bajarilishdagi, rezbasining diametri d =16 mm, yirik qadamli P - 2 mm, dopusk maydoni 6H, mustahkamlik sinfi 5, qoplamasiz gaykaning shartli belgilanishiga misol:

Gayka M16-6H.5 GOST 5915-70.

  1. bajarilishdagi, rezbasining diametri d=16 mm, mayda qadamli P=l,5 mm, dopusk maydoni 6H, mustahkamlik sinfi 12, materiali 40x markali po‘latdan tayyorlangan 0,1 qoplamali, qalinligi 9 mkm li gaykaning shartli belgilanishiga misol: Gayka 2M16×l,5-6H.12.40X.019 GOST 5915-70.

Normal gaykalarni uning rezbasi d diametriga nisbatan taxminiy o‘lchamlarda bolt kallagi kabi chizish mumkin. Bolt kallagidagi 120° li faska bir tomonlama bo‘lib, balandligi 0,7×d olinsa, gaykada ikki tomonlama 120° li faska chiziladi va balandligi H=0,8×d qilib olinadi.
Gaykalarni berilgan rezba diametriga nisbatan taxminiy olchamlarda chizish mumkin (5.17-rasm).


    1. Download 40,48 Mb.
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   81




Download 40,48 Mb.