• Vintsimon sirtlar.
  • Oliy va o‘rta maxsus ta’lim




    Download 40,48 Mb.
    bet12/81
    Sana22.01.2024
    Hajmi40,48 Mb.
    #143055
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   81
    Bog'liq
    CHIZMACHILIK.2020.Valiyev (1)

    Konus vint chizig‘i. Nuqta to‘g‘ri doiraviy konus o‘qi atrofida bir xil burchak tezligida aylanadigan yasovchi bo‘yicha tekis ilgarilanma harakat qiladi. Shunda S0 nuqtaning bosib o‘tgan yo‘li konus sirtida vint chiziq hosil qiladi. Bu yеrda konus asosi d va balandligi h o‘zaro teng 8 ga bo‘lingan bo‘lib, S0 nuqta konus yasovchilari bo‘yicha harakat qilib, S8 vaziyatga ko‘tariladi. Demak, to‘g‘ri doiraviy konus sirtida hosil qilingan vint chiziq konus vint chizig‘i deyilar ekan (2.5-rasm).
    Konus vint chiziqning sirt o‘qiga parallel o‘lchangan masofasi h - vint chiziqning qadami deyiladi. Konus vint chiziqning frontal proyeksiyasi tebranishi so‘nib borayotgan sinusoidadan, gorizontal proyeksiyasi Arximed spiralidan iborat.
    2.5-rasm
    Konus sirti yoyilmasida uning vint chizig‘i yoyilmasi ham qo‘shib
    d
    tasvirlangan. Bu yoyilma aylana sektoridan iborat bo‘lib, u =180× l (yoki
    φ=360o× R ) burchak bilan chegaralanadi (2.5-rasm). Bu еrda R - konus asosining
    l
    radiusi, l - konus yasovchisining uzunligi.
    Vintsimon sirtlar. Yasovchi deb ataladigan egri (yoki to‘g‘ri) chiziqning berilgan qo‘zg‘almas o‘q atrofida vint chizig‘i bo‘yicha harakatlanishi natijasida hosil bo‘lgan sirt vint sirti deyiladi (2.6-rasm).




    a) b)
    2.6-rasm
    Yasovchisi to‘g‘ri chiziq bo‘lsa, hosil bo‘ladigan sirt muntazam vint sirt yoki gelikoid deb ataladi. Yasovchi (to‘g‘ri chiziq kesmasi) sirt o‘qiga perpendikular joylashgan bo‘lsa, hosil bo‘lgan vint sirti to‘g‘ri gelikoid (2.6-rasm, a), perpendikulyar bo‘lmasa qiyshiq gelikoid (2.6-rasm, b), shuningdek, yasovchi sirt o‘qi bilan kesishsa yopiq gelikoid, kesishmasa hosil bo‘lgan vint sirti ochiq gelikoid deb ataladi.
    To‘g‘ri yopiq gelikoid vint konoidi, qiyshiq yopiq gelikoid Arximed gelikoidi deb

    ham yuritiladi. Texnikada bunday sirtlardan turli stanoklarning yurgizish vintlarini, domkrat, press va shunga o‘xshashlarning vintlarini yasashda foydalaniladi. Gelikoidlar silindrik prujina, ressor, parmalarning vint o‘yiqlari kabilarni yasashda tatbiq qilinadi.

    Download 40,48 Mb.
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   81




    Download 40,48 Mb.