• Silindrik vint chiziq.
  • II BOB. REZBALAR VA BIRIKTIRISH DETALLARI




    Download 40,48 Mb.
    bet11/81
    Sana22.01.2024
    Hajmi40,48 Mb.
    #143055
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   81
    Bog'liq
    CHIZMACHILIK.2020.Valiyev (1)

    II BOB. REZBALAR VA BIRIKTIRISH DETALLARI





    1. Vint chiziqlari, sirtlari va unga oid grafik vazifalar

    Vintsimon sirtli buyumlar mashinasozlikda ko‘p tarqalgan (rezba, chervyak, shnek, parma, prujina va hokazo). Vintsimon sirtlarni hosil qilishda vintsimon chiziqlar yo‘naltiruvchi chiziq hisoblanadi. Bunday buyumlar 3 turga bo‘linadi.



    1. Mashina detallarining ajraladigan qo‘zg‘almas birikmalari uchun ishlatiladigan biriktirish detallari (vint, bolt, gayka, va shpilkalar).

    2. Aylanma harakatni uzatish yoki aylanma harakatni ilgarilanma harakatga aylantirish detallari (yurgizish vinti, yuk vinti va ko‘tarish vinti).

    3. Maxsus buyumlar, masalan, mashinasozlik zavodlarining quyish sexlarida qoplanuvchi materiallarni yumshatish uchun xizmat qiladigan vintlar (shnek).

    Vint chiziqlar fazoviy egri chiziq hisoblanadi. Eng oddiy kinematik harakatlar ilgarilanma, aylanma va vintsimon bo‘ladi. Vintsimon harakatda ilgarilanma va aylanma harakatlar kombinatsion holda qo‘llaniladi. Shundan kelib chiqqan holda, agar nuqta qo‘zg‘almas to‘g‘ri chiziq atrofida bir vaqtni o‘zida aylanma va tekis ilgarilanma harakat qilsa, u vintsimon harakat qilgan bo‘ladi.
    2.1-rasm Nuqtaning qanday aylanish sirti ustida vintsimon harakati natijasida hosil
    bo‘lgan chiziq nomi o‘zgarib boradi. Masalan, nuqta to‘g‘ri doiraviy silindr sirti ustida vintsimon harakat qilsa silindrik vint chiziq (2.1-rasm, a), to‘g‘ri doiraviy konus sirti ustida vintsimon harakat qilsa konus vint chizig‘i (2.1-rasm, b) hosil bo‘ladi va hokazo (2.1-rasm, v).
    Silindrik vint chiziq. Texnikada eng ko‘p qo‘llanadigan chiziq. Silindrik sterjenga o‘z o‘qi atrofida bir xil aylanma harakat bo‘lsa va shu sterjenning A0 nuqtasiga qo‘yilib, unga ham silindr o‘qi bo‘yicha ilgarilanma harakat berilsa, keskich sterjen sirtidan A-An vint chiziq kesadi (2.2-rasm, a va b). Sterjenning o‘z o‘qi atrofida to‘la bir marta aylanib chiqishida keskich h masofaga siljiydi. Bu h masofa vint chiziqning qadami yoki yo‘li deyiladi. Vint chiziqning o‘zi esa vint o‘rami deyiladi.

    a) 2.2-rasm b)
    Vint chiziqlar sirtdagi nuqtaning harakati yo‘nalishiga qarab o‘ng yo‘lli (o‘naqay) va chap yo‘lli (chapaqay) bo‘ladi. Vint chiziqning yo‘lini aniqlash chiziq hosil qilingan sirt o‘qining joylashishiga va unga nisbatan qarashga bog‘liq. Sirt o‘qi gorizontal bo‘lib, nuqta o‘ngdan chapga yo‘naltirilsa va sirt o‘z o‘qi atrofida soat mili yo‘nalishi bo‘yicha aylansa, o‘ng yo‘lli (2.2-rasm) yoki vertikal joylashtirilgan sirt o‘qi atrofida nuqta soat ko‘rsatkichi harakati yo‘nalishiga teskari ko‘tarilsa, o‘ng yo‘lli vint chiziq (2.3-rasm, a) deyiladi. Vint chiziq o‘z o‘qi atrofida soat strelkasi harakat yo‘nalishiga teskari harakat qilsa, u o‘naqay vint chiziq, soat strelkasi yo‘nalishi bo‘yicha harakatlansa chapaqay vint chiziq deyiladi. (2.3-rasm, a, b).
    To‘g‘ri doiraviy silindr sirtida joylashgan vint chiziq silindrik vint chiziq deyiladi (2.3-rasm). Vint chiziqning ikki qo‘shni o‘ramlari orasidagi silindr yasovchisi bo‘ylab o‘lchangan masofasi vint chiziqning qadami (h) deyiladi. Vint chiziqning o‘zi vint o‘rami deyiladi.
    2.3-rasm, a va b larda silindrik vint chiziqning yasalishi ko‘rsatilgan. Bu yеrda silindr diametri d va qadam h o‘zaro teng 12 bo‘lakka bo‘lingan bo‘lib, vint chiziqning o‘ramini yasash chizmada yaqqol ko‘rsatilgan. Silindrik vint
    chiziqning frontal proyeksiyasi shaklan sinusoidaga o‘xshash, gorizontal proyeksiyasi esa aylanadan iborat bo‘ladi. O‘naqay va chapaqay vint chiziqlarning grafik yasalishi bir xil.
    a) b)
    2.3-rasm
    Silindrik vint chiziq sirtning yoyilmasida to‘g‘ri chiziq bo‘ladi. Bu еrda ST
    gipotenuza - vint chizig‘i, TT1 katet - silindr asosining diametri uzuligi, ST1 katet -



    vint chiziq qadami bo‘lib, vint o‘rami uzunligi L=
    burchak vint chiziqni ko‘tarilish burchagi deyiladi (2.4-rasm).

    bo‘ladi. Bu еrda φ


    2.4-rasm


    Download 40,48 Mb.
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   81




    Download 40,48 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    II BOB. REZBALAR VA BIRIKTIRISH DETALLARI

    Download 40,48 Mb.