• Yuzalarning g‘adir-budirlik parametrlari va xarakteristikalari.
  • Chizmalarda detal yuzalarining g‘adir-budirligi va pardozlash belgilarini qo‘yish




    Download 40,48 Mb.
    bet6/81
    Sana22.01.2024
    Hajmi40,48 Mb.
    #143055
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   81
    Bog'liq
    CHIZMACHILIK.2020.Valiyev (1)

    Chizmalarda detal yuzalarining g‘adir-budirligi va pardozlash belgilarini qo‘yish.


    Detallarni ishlab chiqarish jarayonida turli kesuvchi asboblar qo‘llaniladi. Detallar qanday usul va kesuvchi asboblar bilan tayyorlanishidan qat’iy nazar, ularning yuzalari butunlay tekis bo‘lmaydi va kesuvchi asboblarning izlari qoladi. Bu izlarning, boщqacha aytganda, g‘adirbudurliklarning, shakli, katta-kichikligi detalni tayyorlash va pardozlash uchun ishlatiladigan asboblarning turlariga bog‘liq.




    1.1-rasm
    Bu g‘adir-budurliklar detal yuzalarida bevosita kuzga ko‘rinadi, “ayrim” larini esa mikroskop yoki lupa yordamida ko‘rish mumkin (1.1-rasm).
    Yuzalarining g‘adir-budurligi ularning bazaviy uzunlik qilib qabul qlingan«uchastkadagi yuza relefini tashkil

    qiluvchi dungliklar va botiqlik- lar soni va o‘lchamlari bilan belgilanadi.
    Mashinalar va mexanizmlarning ishlash protsesslarida detallardagi g‘adir- budurliklar ishqalanuvchi yuzalarning bir-biriga nisbatan siljishiga qarshilik ko‘rsatadi va ishqalanuvchi kuchlarning paydo bo‘lishiga asosiy sabab bo‘ladi. Shuning uchun mashinalarning ish unumi va chidamliligi shu mashina tashkil topgan detallar yuzalarining tozalik darajasiga, ya’ni g‘adir-budurliklarning katta-

    kichikligiga bog‘liq. Yuzalarning tozalik darajasi har xil bo‘ladi, bu asosan detalga ishlov berishga bog‘liq.
    Yuzalarning g‘adir-budirlik parametrlari va xarakteristikalari. Detallar yuzalarining g‘adir-budurlik darajasini aniqlovchi ko‘rsatkichlar O‘zDSt 2789:98 da qabul qilingan. Bu ko‘rsatkichlar yuzadagi g‘adir-budurliklarning o‘lchamlari va boshqa parametrlari bilan ifodalanadi.
    O‘zDSt 2789:98 da yuzalarning quyidagi g‘adir-budurlik parametrlari va xarakteristikalari qabul qilingan (1.2-rasm).
    Detallarni ishlab chiqarish jarayonida qanday kesuvchi asboblar qo‘llanilmasin, baribir yuzalar butunlay tekis bo‘lmaydi, ya’ni notekisliklar paydo bo‘ladi. Ish jarayonida yoki birikish xarakteriga qarab, detallarning yuzalari ma’lum bir talabga javob berishi lozim. Yuzalar sifati, ya’ni notekisliklari majmui yuzaning g‘adir-budirligi (tozaligi) deyiladi. G‘adir-budirlikni baholash uchun O‘zDSt 2789:98 tomonidan quyidagi turli ko‘rsatkichlar qabul qilingan:
    Ra – yuza profilining o‘rta arifmetik chetga chiqishi;
    Rz – profilning o‘nta nuqtasi bo‘yicha g‘adir-budirligining balandligi; Sm – g‘adir-budirligining cho‘qqilari bo‘yicha o‘rtacha qadami;
    tp – profilning nisbiy tayanch uzunligi;
    P – real yuza profili kesimi darajasining sonly qiymati.

    1.2-rasm



    Download 40,48 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   81




    Download 40,48 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Chizmalarda detal yuzalarining g‘adir-budirligi va pardozlash belgilarini qo‘yish

    Download 40,48 Mb.