Oliy va o‘rta maxsus ta’lim




Download 40,48 Mb.
bet3/81
Sana22.01.2024
Hajmi40,48 Mb.
#143055
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   81
Bog'liq
CHIZMACHILIK.2020.Valiyev (1)

Mualliflar

KIRISH


Chizmalarni to‘g‘ri chizish usullari, shuningdek, chizmachilik ho‘jaligining barcha sohasini to‘g‘ri tashkil qilish haqidagi fan chizmachilik deyiladi.


Chizmachilikning dastlabki boʻlimi geometrik chizmachilik boʻlib, u koʻplab geometrik yasash usullarini o‘z ichiga qamrab olgan.
Model va detallarning ko‘rinishlarini chizish, ularda zarur qirqim va kesim bajarish qoidalari proyeksion chizmachilikda o‘rganiladi.
Xalq ho‘jaligining tarmog‘iga qarab, unda foydalaniladigan chizmalar har xil nom bilan yuritiladi. Zavod, fabrikalarda turli dastgohlar, mashinalar, dvigatellar, o‘lchash asboblari va boshqa texnik buyumlarni yasash uchun tuzilgan chizmalar mashinasozlik chizmalari deyiladi.
Bino, ko‘prik, to‘g‘on, yo‘l, kanal, mudofaa inshootlarini qurishda ishlatiladigan chizmalar muhandislik-qurilish chizmalari deyiladi.
Yer sathini tasvirlash chizmalari topografik chizmalari deyiladi. Topografik chizmalardan haritalar tuzishda, muhandislik inshootlarini GES, suv ombori kabilarni loyihalashda va ularni berilgan ma’lum maydonda to‘g‘ri joylashtirish maqsadida foydalaniladi.
Standartlashtirish - texnika taraqqiyotini tezlashtirish, kompleks mexanizatsiya va avtomatlashtirishni ishlab chiqarishda joriy qilish, korxonalarni ixtisoslashtirish va kooperatsiyalashtirish, maxsulot sifatini yaxshilash va uning tannarxini arzonlashtirishda muhim ahamiyatga egadir. Chizma standartlari qonun kuchiga egadir. Chizmalarni standartlashtirish bilan chizmalarni chizishda xilma- xillik yo‘qotiladi. Natijada chizmalarni taxt qilishda bir xillikka erishildi, chizmalar qayerda, qachon va kim tomonidan chizilganidan qat’iy nazar, barcha kishilar tomonidan to‘g‘ri tushunilishi ta’minlandi.
O‘zbekistonda chizmachilik fan sifatida XX asrning 30-yilaridan o‘qitila boshlangan va bunda Rossiya olimlari hamda u yеrda nashr qilingan darsliklarning ahamiyati katta bo‘lgan.
Rossiyada birinchi bo‘lib 1721-yilda Yekaterinburgdagi maktabda chizmachilik fani o‘qitila boshlangan. Bu maktablarda chizmachilik fani asosiy fanlardan biri hisoblanib, o‘quvchilar mashina detallari, sex planlarini chizish bilan shug‘ullanganlar. Chizmalarga o‘lchamlar qo‘yilmagan. O‘lchamlar chiziqli yoki ko‘ndalang masshtablar bo‘yicha aniqlangan.
1828-yilda chizmachilik va rasm bitta umumiy kurs qilib birlashtirilgan va shu yili chizmachilik fan sifatida maktabda o‘qitilish yili deb hisoblanadi.
1932-yildan boshlab chizmachilik alohida fan sifatida ajratildi. Dastur bo‘yicha 4ta asosiy bo‘lim:

  • Geometrik chizmachilik;

  • Proyeksion chizmachilik;

  • Aksonometrik chizmachilik;

  • Natural chizmachilik o‘qitila boshlandi.

1986-1987-yilgi ta’lim islohotlaridan keyin chizmachilik kursi bir muncha ertaroq (yangi struktura bo‘yicha 7-sinfdan boshlab) yangi darslik bo‘yicha o‘qitila boshlandi.
Hozirgi kunda chizmachilik kursi mamlakatimizda umumta’lim maktablarining 8-9-sinflarda haftasiga 1 soatdan o‘qitilmoda. Dastur mazmunida chizmachilik kursining asosiy bo‘limlarining ko‘pchiligi bo‘yicha o‘quvchilarga boshlang‘ich bilimlarni berish nazarda tutiladi. Ayni paytda umumiy o‘rta ta’lim maktablarida TDPU faxriy professori Ikrom Rahmonov tomonidan yozilgan “Chizmachilik 8”, “Chizmachilik 9” darsligidan foydalanilmoqda.
Fanni o‘qitish metodikasiga A.D.Botvinnikov “Chizmachilik o‘qitish asoslari” nomli (1966 y.), V.N.Vinogradov “Chizmachilikdan darsdan tashqari ishlar”, “Chizmachilikdan fakultativ mashg‘ulotlar” kitoblari orqali o‘z hissalarini qo‘shganlar. Mustaqil O‘zbekistonda esa professor E.I.Ro‘ziyev va dotsent A.O.Ashirboyevlarning Muhandislik grafikasini o‘qitish metodikasi” darsligidan foydalaniladi.
O‘zbekiston Respublikasida ham o‘zbek tilida ko‘plab darsliklar nashr etildi
va hozirda ham nashr etilmoqda, nazariy tadqiqotlar olib borilmoqda.
Respublikamizdagi grafikaning rivojlanishiga ulkan hissa qo‘shgan hurmatli olimlarimizdan Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat institutining dotsenti Yusufjon Qirg‘izboev (1912-1995) o‘zining uzoq yillik samarali mehnatini grafika bo‘yicha kadrlar yеtishtirishga va chizma geometriya, chizmachilik darsliklarini yozishga sarf qildi. Ilk bor o‘zbek tilida yozilgan “Chizma geometriya” (1950) darsligining muallifi Yu.Qirg‘izboev keyinchalik “Chizma geometriyadan masalalar to‘plami” (1970), “Mashinasozlik chizmachiligi kursi” (1981), “Texnik chizmachilik” (1978) kabi darsliklarni nashr ettirdi. Bu darsliklar keyinchalik qayta-qayta nashrdan chiqdi va hozirda ham ulardan foydalanilmoqda.
Chizma geometriyadan darsliklar yozgan olimlarimizdan yana biri Toshkent temir yo‘l transporti injenerlar instituti professori, texnika fanlari nomzodi Raxim Qoriyevich Xorunovdir. U “Chizma geometriya kursi” kitobini nashr ettirdi. Toshkentda injenerlik grafikasi bo‘yicha har oyda o‘tkaziladigan shahar ilmiy- metodik seminar tashkil qilib, unga o‘zi umrining oxirigacha rahbarlik qildi.
Perspektiva bo‘yicha birinchi bo‘lib dotsent Ikrom Rahmonov 1973 va 1993 (ikkinchi to‘ldirilgan nashri) yillarda “Perspektiva” nomli o‘quv qo‘llanmani, 1984-yili «Chizma geometriya kursi» darsligini yaratdi.
Texnika fanlari nomzodi, professor Sh.K.Murodov boshchiligidagi bir guruh olimlar tomonidan yozilgan “Chizma geometriya kursi” (1988) darsligi nafaqat O‘zbekiston balki O‘rta Osiyoda ham ushbu fan bo‘yicha yozilgan eng salmoqli o‘quv adabiyoti sifatida tan olinadi.
Yana o‘zbekistonlik olimlardan J.Yodgorov, E.Sobitov, L.Xakimov, P.Adilov, T.Rixsiboyev, R.Ismatullayev, T.Azimov, Sh.Abdurahmonov, D.Qo‘chqorova, E.Ro‘ziyev, A.Abdurahmonov, R.Sindarov, A.Ashirboyev, A.Valiyev, N.Yodgorov, M.Xalimov, S.Saydaliyev va boshqalar bu sohadagi ilmiy faoliyatlari bilan fan rivojiga o‘z hissalarini qo‘shgan va hozirda ham qo‘shib kelmoqdalar. Bundan tashqari ko‘plab milliy va mahalliy olimlarimizni ham keltirishimiz mumkin.

Download 40,48 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   81




Download 40,48 Mb.