|
Oliy va o’rta maxsus ta’lim
|
bet | 83/105 | Sana | 14.06.2024 | Hajmi | 1,05 Mb. | | #263556 |
Bog'liq УУМ Замонавий ракобат назариялари (1)Kurs ishlarini baholash tartibi
Kurs ishini baholash mezoni talabalarda ilmiy izlanishga qiziqish uyg’otish, ularga to’g’ri ta’lim-tarbiya berishga xizmat qilishi zarur. SHu boisdan har bir o’qituvchi kurs ishiga taqriz yozish masalasiga, ob’ektiv nuqtai-nazardan yondoshib, bajarilgan ish talabining javob berish darajasini ham hisobga olib baholasa maqsadga muvofiq bo’ladi.
Kurs ishlari sifat darjasiga qarab tabaqalangan holda baholangani maqsadga muvofiqdir.
Yangi reyting tizimi bo’yicha talabaning kurs ishini 100 ballik tizim asosida baholanadi.
SHuning uchun kurs ishini quyidagicha baholash maqsadga muvofiqdir:
№
|
Belgilangan ball
|
Baholash mezonlari
|
1
|
86,0-100
“A’lo”
|
Rejadagi savollarning mazmuni ijodiy yondoshilgan holda yoritilgan bo’lsa, foydalanilgan adabiyotlar va ma’lumotlarga snoskalar (ilovalar) berilib, adabiyotlar ro’yxatida ko’rsatilgan bo’lsa va ish bo’yicha berilagan savollarga aniq va to’liq javob berib, o’zining fikrini erkin bayon etsa bunday tayorlangan
ishlarga «a’lo» baho qo’yish mumkin.
|
2
|
71-85
“Yaxshi”
|
Agar rejadagi 4-5 savolning 3-4 tasiga to’liq javob yozilgan bo’lib, bittasiga yetarlicha javob berilmagan bo’lsa, himoyada
talabaning javob berishiga qarab «yaxshi» baho qo’yish mumkin.
|
3
|
55-70
“Qoniqarli”
|
Rejadagi 4-5 ta savolning bita yoki ikkitasining mazmuni yoritilib, qolgan savollarga javob berilmagan bo’lsa, to’g’ri yozilgan javoblar ham darslik va kitoblardan ko’chirilgan, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati yo’q, ilovalar berilmagan va boshqa shu kabi kamchiliklar bo’lsa, ko’rsatilgan kamchiliklar himoyagacha bajarilsa, talabaning javobini hisobga olib bu kabi ishlarni
«qoniqarli» baholash mumkin. Agarda talaba yuqoridagi kamchiliklarni yozma ravishda bartaraf etmasa, kurs ishi
«qoniqarsiz» baholanadi.
|
4
|
0-54
“Qoniqarsiz”
|
Kurs ishida quyidagi kamchiliklarga yo’l qo’yilgan bo’lsa, u taqriz yozish davridayoq «qoniqarsiz» baholanadi:
reja noto’g’ri va umuman qoniqarsiz tuzilgan bo’lib, mavzuning mazmuniga mos tushmasa;
kurs ishi e’tiborsizlik bilan pala-parish bajarilsa;
javoblar asosan o’quv adabiyotlaridan ko’chirilgan bo’lsa;
foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati bo’lmasa;
foydalanilgan adabiyotlarga va ma’lumotlarga ilovalar berilmagan bo’lsa;
rejadagi savollar mohiyati biri ikkinchisidan ajratilmagan holda berilsa:
kurs ishini talabaning o’zi xusni xati bilan bajarmagan bo’lsa.
|
O’qituvchi taqrizda bu ishning ijobiy tomonlari hamda kamchiliklarini va ularni bartaraf qilish yo’llarini ko’rsatgan taqdirda ham ular himoyaga qadar bartaraf qilinmasa baho bir muncha pasaytiriladi.
Kurs ishini to’g’ri rasmiylashtirishga jiddiy e’tibor berish ham muhim hisoblanadi. CHunki kurs ishini mazmunli va yetuk saviyada yozish bilan birga uni did bilan rasmilashtirishga e’tibor berilsa, bu taqrizda alohida ko’rsatiladi.
SHunday qilib, kurs ishining ham ijobiy ham salbiy tomlarini tahlil qilish, talabalarga tanlangan muammo bo’yicha chuqur, nazariy va amaliy bilimlarga ega bo’lishga ko’maklashadi hamda ularni kelajakda yetuk iqtisodchi mutaxassislar bo’lib yetishishiga yordam beradi. Talabaning yozgan kurs ishini hech qanday asossiz, qoniqarsiz baholashga yo’l qo’yish mumkin emas, aks holda, bu ularning xafsalasini pir qilib, o’qishga bo’lga ishtiyoqini so’ndiradi, ya’ni talabaning ijodiy faoliyatiga ta’sir qiladi. SHu boisdan taqrizda kurs ishi mavzusi mohiyati qanday darajada yoritilganligini har tomonlama ob’ektiv taxlil qilib, qo’yilgan bahoni dalillar bilan asoslash lozim.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, kurs ishini yozish natijasida talabalar ijodiy fikrlay boshlaydi. Bu esa ularga kelgusidagi ilmiy ishlarini yozishida katta yordam beradi.
“Hozirgi zamon raqobat nazariyalari” fanidan talabalar uchun kurs ishi mavzulari (Kasb ta’limi (Iqtisodiyot) yo’nalishi uchun)
Kurs ishi uchun mavzular:
Rakobat nazariyasi evolyutsiyasi
Mukam mal va nomukammap rakobat nazariyalari
Rakobat kuchlari nazariyasi
Rakobatbardoshlik va uning namoyon bulish shakllari
Milliy iktisodiyot rakobatbardoshligini baxolashga nisbatan uslubiy yondashuvlar
Milliy iktisodiyot rakobatbardoshligini oshirishning ijtimoiy omillari
Narx shakllanishi milliy iktisodiyot rakobatbardoshligining asosiy omili sifatida
Rakobat kuchlari nazariyasi
M. Porterning rakobat besh kuchi modeli
Rakobatbardoshlik va uning namoyon bulish shakllari
Uzbekiston iktisodiyotining rakobatbardoshligini baxolashga nisbatan uslubiy yondashuvlar
Strategik rejalarning SWOT taxdili va SWOT taxdili boskichlari.
Milliy iktisodiyot rakobatbardoshligini oshirishning ijtimoiy omillari
A. Marshallning tanlash zrkinligi kontseptsiyasi
M. Porterning milliy rombi.
Narx shakllanishi milliy iktisodiyot rakobatbardoshligining asosiy omili sifatida
Rakobat ustunligi va unga erishish kontseptsiyalari
Milliy iktisodiyotning rakobat ustunliklarini shakllantirishning metodologik asoslari
Rakobatning innovatsiyalarni tadbik etish strategiyasi
Rakobatning differentsiallash strategiyasi
Rakobatning bozor taxmonlari strategiyasi
Uzbekistonda rakobatchilik muxitining vujudga kelishi va monopoliya ga karshi konunchilik
Rakobat muxitini shakllantirishning innovatsion omillari.
Respublikamizda soglom rakobat muxitini yaratishga oid Uzbekiston Respublikasining maxsus konunlari
Rakobatning innovatsiyalarni tadbik etish strategiyasi
Rakobatning differentsiallash strategiyasi
Uzbekistonda rakobat munosabatlarini shakllantirishning iktisodiy institutlari.
Rakobatni rivojlantirishning zamonaviy tendentsiyalari
Globallashuv sharoitida Uzbekistonning jaxon xujalik tizimiga integratsiyalashuvining asosiy yunalishlari
Kirish:
|
| |