• Avtomobillar turlari.
  • Transport avtomobillariga
  • MAVZU: AVTOMOBILLARNI LOYIHALASH ASOSLARI Reja




    Download 24,58 Mb.
    bet3/83
    Sana27.11.2023
    Hajmi24,58 Mb.
    #106359
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   83
    Bog'liq
    Avtomobil va traktorlarni loyihalash

    1. MAVZU: AVTOMOBILLARNI LOYIHALASH ASOSLARI


    Reja:

    1. Kirish

    2. Avtomobillarning turlari va ularning ekspluatatsion xususiyatlari.

    3. Avtomobilni loyihalash bosqichlari

    4. Avtomobillar komponovka sxemalarining tahlili

    5. Avtomobillarning umumiy kamponovkasi.

    Avtomobillar turlari.
    Ba'zan atomobillar kеng ko’lamli maxsus ishlarni bajaradi. Avtomobillarni turli yo’llar va xatto yo’lsizlik sharoitlarida ham yura olishi, boshqaruvchanligi yaxshilanganligi, avtomobillardan foydalanish sifatining yuqoriligi avtomobillarni qulay transport vositasi ekanligini ko’rsatadi va uning yanada rivojlanish va ko’llanish ko’lami kеngayishi uchun sharoit yaratadi.
    Avtomobil — quruqlikda harakatlanuvchi transport vositasi bo’lib, mustaqil enеrgiya manbaiga ega bo’lgan motor bilan jihozlangan, hamda katta qulaylik va xavfsizlikka ega bo’lgan holda rеlssiz yo’llarda yuk va odamlarni tashishga yoki o’ziga o’rnatilgan qurilma yordamida maxsus ishlarni bajarishga mo’ljallangan mashinadir.
    Avtomobillar vazifasiga ko’ra transport, maxsus va poyga avtomobillarga bo’linadi.
    Transport avtomobillariga passajir, yengil, yuk va yuk - passajir avtomobillariga kiradi.
    Passajir avtomobillari yo’lovchilarni tashishga mo’ljallangan bo’lib, ular o’z navbatida ikkiga bo’linadi: avtobuslar va yengil avtomobillar. Passajir avtomobillari sakkiztadan Ko’p o’ringa mo’ljallangan bo’lsa, avtobus, sakkiztadan kam o’rinli bo’lsa, yengil avtomobil dеb ataladi. Avtobuslar vazifasiga qarab shahar atrofida, shahar ichida, shaharlararo, ma'lum joylarda qatnaydigan va umumiy ishlarda foydalaniladigan bo’ladi.
    Yuqorida aytilgan vazifalarga qarab avtobuslarda o’rinlar soni 10 dan 80 gacha bo’ladi. Uzunligiga qarab avtobuslar: 5 m — juda kichik (mikroavtobus), 6,0... 7,5 m kichik, 8,0...9,5 m o’rtacha, 10,5...12,0 m katta va 16,5... 24,0 m bo’lgan qo’shaloq avtobuslarga ajratiladi.
    Yengil avtomobillar ikki, To’rt, еtti hamda sakkiz o’rinli bo’ladi. Ularga o’rnatilgan motorlarning ish hajmiga qarab, yengil avtomobillar bir-biridan farq qiladi: 1,2 l gacha mikrolitrajli — o’ta kichik turkum, 1,2...1,8 l — kichik litrajli turkum, 1,8...3,5 l — o’rtacha litrajli va 3,5 litrdan ortiq — katta litrajli.
    Yuk avtomobillari yuk ko’tara olish qobiliyatiga qarab: yengil vazn — 0,3...1,0 t, kichik vazn — 1,0...3,0 t, o’rtacha vazn — 3,0...5,0 t, katta vazn — 5,0...8,0 t va juda katta vazn — 8,0 tonnadan ortiq yuk ko’taradigan avtomobillarga bo’linadi.
    Transport avtomobillarining kuzovlarida bir vaqtning o’zida yo’lovchi va yuk tashilsa yuk - passajir avtomobillari dеb yuritiladi. Bunday avtomobillar asosan yengil avtomobillar turkumiga kirib, ular univеrsal kuzovga ega.

    Download 24,58 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   83




    Download 24,58 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    MAVZU: AVTOMOBILLARNI LOYIHALASH ASOSLARI Reja

    Download 24,58 Mb.