• 1-rasm. Oddiy avtomobillar.
  • Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi andijon mashinasozlik instituti




    Download 24,58 Mb.
    bet4/83
    Sana27.11.2023
    Hajmi24,58 Mb.
    #106359
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   83
    Bog'liq
    Avtomobil va traktorlarni loyihalash

    Maxsus avtomobillar ma'lum ishlarni bajarishga imkon bеradigan mеxanizm, qurilma va uskunalar bilan jihozlangan. Masalan, o’t o’chirish, ko’cha supirish va yuk ortish avtomobillari.
    Poyga avtomobillari sport avtomobillari bo’lib, avtomobil-sport poygasida qatnashishga mo’ljallangan bo’ladi.
    Avtomobillar klassi.
    Har xil yo’llarda harakatlanish xususiyatiga qarab oddiy va o’tag’on avtomobillar bo’ladi:
    1. Avtomobil qatnoviga moslashtirilgan qattiq qoplamali yo’llarda harakatlanuvchi bitta o’qi yetakchi bo’lgan avtomobil oddiy avtomobil deyiladi. (1-rasm).
    2
    . Yomon va moslashtirilmagan yo’llarda harakatlanuvchi ikkita yoki uchta o’qi yetakchi bo’lgan avtomobil o’tag’on avtomobil deyiladi. (2-rasm).


    1-rasm. Oddiy avtomobillar.
    a)GAZ-24 “Volga” – yengil avtomobil; b) RAF-2203, “Latviya” – mikroavtobus; c) KAvZ – 685; d) LiAZ-677 – avtobuslar; e) GAZ-53A; f) ZIL-130 – yuk avtomobillari.
    Texnik-iqtisodiy xususiyatlar

    Traktor va avtomobillarning texnik-iqtisodiy hususiyatlari ikkita kattalik bilan belgilanadi: ish unumdorligi va iqtisodiy samaradorlik.


    Traktorlarning ish unumdorligi uning birlik vaqt ichida ishlov bergan yer yuzasi bilan o‘lchanadi. Ishlov berilgan yuzaning sifati belgilangan me’yorda bo‘lishi shart.
    Avtomobilning ish unumdorligi esa, birlik vaqt ichida tashilgan yuk massasi yoki passajirlar sonining tashish masofasiga bo‘lgan ko‘paytmasi bilan belgilanadi.
    Ish unumiga traktor va avtomobilning tortish sifati, tezligi, ularning konstruksiyasi hamda ekspluatatsion sharoitlar ta’sir qiladi. Ko‘rsatilgan parametrlarning ish unumiga ta’sirini aniqlash ushbu kursning asosiy vazifasidir.
    Iqtisodiy samaradorlik ma’lum ishni bajarish uchun sarf bo‘lgan xarajatlar bilan belgilanadi. Xarajatlar har xil bo‘lib, bu yerda faqat yonilg‘ i sarfi hisobga olinadi, yonilg‘ i sarfi esa, biror ishni bajarishdagi dvigatelning ishlash rejimiga bog‘ liq.
    Bu fan yonilg‘ i sarfini transmissiyaning konstruksiyasiga, uzatmalarning tanlanishiga, mashinaning ishlash sharoitiga bog‘ liq ravishda o‘rganadi va uni kamaytirishning usullarini belgilab beradi.

    Download 24,58 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   83




    Download 24,58 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi andijon mashinasozlik instituti

    Download 24,58 Mb.