• Ilashish mufta
  • Ilashish muftasining vazifasi.
  • Ilashish muftasining xillari.
  • Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi andijon mashinasozlik instituti




    Download 24,58 Mb.
    bet14/83
    Sana27.11.2023
    Hajmi24,58 Mb.
    #106359
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   83
    Bog'liq
    Avtomobil va traktorlarni loyihalash

    2-MAVZU. ILASHISH MUFTASI.
    REJA:

    1. Umumiy tushinchalar

    2. Ilashish muftasining konstruktiv sxemalari va ularning asosiy parametrlarini aniqlash.

    3. Friktsion ilashish muftasining shataksirashi va uning issiqlik rejimi.

    4. Ilashish muftasidagi ish jarayonini grafoanalitik usulda tadqiq qilish.

    5. Friktsion ilashish muftasi konstruktiv sxemalari va xos elementlari (ishchi prujinalar, yetakchi va etakpanuvchi disklar, bosuvchi richaglar hamda ilashish muftasi kojuxi) hisobi.

    6. Burama tebranishlarni so’ndirgichlari hisobi.

    7. Ilashish muftasining boshqaish mexanizmlari va uning yuritmalari.



    Ilashish muftalari zamonaviy traktor va avtomobillarda keng tarqalgan. Ularga ehtiyoj juda katta. Xozirda ular nafaqat dvigatel bilan uzatmalar qutisining o’rtasiga o’rnatilmoqda, balki uzatmalar qutisida, zanjir tasmali traktorlarning burish mexanizmida, quvvat olish valini (QOV) uzatish mexanizmida xam keng qo’llanilmokda. Ilashish muftalari transmissiyaning uzatishlar sonini o’zgartirmaydi, demak, traktor va avtomobillarning tezligini o’zgartirishga aloqador emas, traktor va avtomobillarning tortish kuchini o’zgartirish vazifasi unga yuklanmagan.


    Ilashish muftasining vazifasi. Dvigatelning burovchi momentini transmissiyaga uzatish uchun xizmat qilishdan va dvigatel tirsakli vali bilan uzatmalar qutisining birlamchi o’qini qisqa vaqtda ajratish va astalik bilan qo’shishdan iborat. Bundan tashqari, ba’zi xollarda, uzatilayotgan burovchi momentning miqdorini ortib ketishini cheklaydi va transmissiyani ortiqcha qo’riqishdan saqlaydi.
    Ilashish muftasining xillari. Burovchi momentni o’tkazish bo’yicha friktsionli ilashish, gidravlik ilashish va elektromagnitli ilashish uslublari mavjud.
    Burovchi momentni friktsionli ilashish yordamida uzatishda yetakchi va yetaklanuvchi qismlar orasida xosil bo’lgan ishqalanish kuchidan foydalaniladi.
    Gidravlik ilashishda burovchi moment yetaklanuvchi qismga ishchi suyuqlikning dinamik bosimidan foydalangan xolda uzatiladi. Bu uslub, asosan, sanoat traktorlarida qo’llanilib kelinmoqda.
    Elektromagnitli ilashishda burovchi moment yetakchi, yetaklanuvchi qismlarini magnit maydonlarini o’zaro ta’siri yordamida uzatiladi.
    Zamonaviy traktor va avtomobillarida friktsionli ilashish yordamida burovchi momentni uzatish keng qo’llanilib kelinmoqda. CHunki ularning ishonchli ishlashi bilan birga arzon, tuzilishi sodda va gabarit o’lchamlari kichik, foydali ish koeffitsiyenti yuqori. Uni bunday yutuqlari texnik xizmat va ta’mirlash ishlarini o’tkazishni osonlashtiradi.
    SHuning uchun friktsionli ilashishga asoslangan agregatni ilashish muftasi deb atalib, quyida ularning xillari o’rganiladi.

    Download 24,58 Mb.
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   83




    Download 24,58 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi andijon mashinasozlik instituti

    Download 24,58 Mb.