Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi andijon mashinasozlik instituti




Download 24,58 Mb.
bet15/83
Sana27.11.2023
Hajmi24,58 Mb.
#106359
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   83
Bog'liq
Avtomobil va traktorlarni loyihalash

Ilashish muftalarining turi.


1.Ishqalanish yuzalarining shakli bo’yicha-diskli, konusli (bo’ylama), shuningdek kolodkali va lentali xillariga bo’linadi.
Zamonaviy traktor va avtomobillarida diskli xili ishlatiladi. Ular boshqalariga qaraganda ishonchli ishlaydi.
2.Etaklanuvchi disklarning soni bo’yicha –bir, ikki va ko’p diskli xillari qo’llaniladi. Disklarning soni asosan uzatilayotgan burovchi momentning miqdori bo’yicha belgilanadi.
3.Ishqalanib ishlovchi yuzaning xolatiga qarab- «quruq» va «xo’l» xillari mavjud. Ular bir, ikki va ko’p diskli bo’lishlari mumkin.
4.Qisuvchi mexanizmning turiga qarab-doimiy qo’shilgan va doimiy qo’shilmagan xillari ishlatiladi.
Doimiy qo’shilgan xillarida yetakchi va yetaklanuvchi disklari doimo bir biriga qisilgan xolda bo’ladi. Ular tashqi kuch yordamida (xaydovchi tomonidan) ajratiladi. Doimo qo’shilmagan xillarida yetakchi va yetaklanuvchi disklarni ajratish uchun xam, qo’shish uchun xam tashqi kuchning (xaydovchi tomonidan) bo’lishi taqozo qilinadi.
5.Quvvat uzatishning yo’nalishi bo’yicha-bir oqimli va ikki oqimli ilashish muftalari mavjud. Bir oqimlida quvvat faqat dvigateldan transmissiyaga uzatiladi. Ikki oqimlida esa birinchi oqim transmissiyaga, ikkinchi oqim quvvat olish valining uzatish mexanizmiga yo’naltiriladi. Ikki oqimli ilashish muftalari traktorlarda qo’llaniladi. (T-40ANM, MTZ-80, TTZ-60.10, TTZ-80, YUMZ-60/6L
Ikki yo’nalishli ilashish muftalari bitta umumiy tepki bilan va aloxida-aloxida tepkilar yordamida boshqarilishi mumkin.
6.Boshqarish usuli bo’yicha-kuchaytirgichsiz va kuchaytirgichli xillari mavjud. Kuchaytirgichlilar-richag - prujinali, gidravlik va pnevmatik turlariga bo’linadi.
Bir diskli ilashish muftasining tuzilishi va ishlashi.
Bir diskli, bir oqimli ilashish muftasining printsipial sxemasi 1-rasmda keltirilgan.
Ilashish muftasining yetakchi qismlari, albatta, dvigatel tirsakli o’qi 11 bilan bog’langan bo’ladi. Bular quyidagilar: maxovik 1, yetakchi disk 3, maxovik bilan birga aylanuvchi ilashish muftasining qobig’i 2. yetakchi disk 3 ilashish muftasining qobig’idagi shlitsa 12 da bemalol chap va o’ngga surilishi mumkin.

1-rasm. Bir diskli, bir oqimli ilashish muftasining kinematik sxemasi


1-maxovik; 2-ilashish muftasining qobig’i; 3-etakchi siquvchi disk; 4-tepki; 5-etaklanuvchi o’q; 6-siquvchi prujina; 7-etaklanuvi disk; 8-tortqi; 9-chetlatgich; 10-ikki yelkali richag; 11-tirsakli val; 12-shlitsali birikma; 13-ikki yelkali richag; 14-tepkini qaytaruvchi prujina.

Etaklanuvchi disk 7 yetaklanuvchi o’q bilan shlitsali 12 (traktorlarda), avtomobillarda uzatmalar qutisining birlamchi o’qi bilan shlitsali bog’langan.



Download 24,58 Mb.
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   83




Download 24,58 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi andijon mashinasozlik instituti

Download 24,58 Mb.