• 4-rasm. Bir diskli ilashish muftasining sxemasi (a) va tuzilishi (b).
  • YUk avtomobilini bir diskli ilashish muftasining tuzilishi




    Download 24,58 Mb.
    bet18/83
    Sana27.11.2023
    Hajmi24,58 Mb.
    #106359
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   83
    Bog'liq
    Avtomobil va traktorlarni loyihalash

    YUk avtomobilini bir diskli ilashish muftasining tuzilishi, 3-rasm. U doimiy qo’shilgan va quruq ilashish muftasi hisoblanadi.
    Etakchi (qisuvchi) disk 1 maxovik 4 bilan bog’langan, yetaklanuvchi disk 3 esa uzatmalar qutisining o’qi 8 ga o’rnatilgan.
    Qisuvchi disk bilan ilashish muftasining qobig’i o’rtasida aylana bo’ylab prujinalar 2 joylashtirilgan bo’lib, ular qisuvchi disk va maxovik orqali o’rtasida joylashgan yetaklanuvchi diskni qisadi. Ular orasida xosil bo’lgan ishqalanish kuchi tufayli, dvigateldagi burovchi moment uzatmalar qutisining birlamchi o’qiga uzatiladi.
    Mufta boshqarish mexanizmi orqali boshqariladi. Tepki 7 ga kuch qo’yilganda tortqi va vilkalar yordamida qisuvchi podshipnik 6 surilib, richag 5 ni ichki qismini ezadi. Tashqi qismi esa qisuvchi diskni yetaklanuvchi diskdan qaytaradi, natijada ilashish muftasi ajraladi. Tepki qo’yib yuborilganda, prujina 2 yordamida qisuvchi disk yetaklanuvchi diskni maxovikka ezadi va ilashish muftasi qo’shiladi.
    Ilashish muftasini yengillik va silkinishlarsiz qo’shilishi yetakchi va yetaklanuvchi disklarni ishqlanish kuchini sekin astalik bilan orttirib borilishiga bog’liq.
    Rasmda keltirilgan ilashish muftasining yetakchi qismi qobig’ 18 va qisuvchi disk 22 dan iborat. Dvigatelning burovchi momenti maxovikdan qotirish boltlari orqali qobig’iga va undan qisuvchi diskka beriladi.


    4-rasm. Bir diskli ilashish muftasining sxemasi (a) va tuzilishi (b).

    1-etakchi disk; 2-prujina; 3 va 9-etaklanuvchi disklar; 4-maxovik; 5 va 14-qaytaruvchi richaglar; 6 va 20-qisuvchi podshipniklar; 7-tepki; 8-transmissiyaning yetakchi o’qi; 10-prujinasimon plastina; 11-dempfer prujinasi; 12-etaklanuvchi disk gubchagi; 13-dempfer plastinasi; 15-qaytaruvchi richag vilkasi; 16-rostlovchi gayka; 17-qaytaruvchi prujina; 18-qobig’; 19-qisuvchi podshipnik korpusi; 21-qisuvchi prujina; 22-qisuvchi disk; 23-ilashish muftasining ajratuvchi vilkasi; 24-etaklanuvchi diskning friktsion qoplamasi.


    Etaklanuvchi qismi bo’lib, ikkala tomonida friktsion nakladkalar 24 bilan qoplangan yetaklanuvchi disk 9 hisoblanadi.
    Harakatni dvigateldan transmissiyaning birlamchi o’qiga uzatish paytida sinishlar va noxush tebranishlarni oldini olish uchun burchak tebranishlarni so’ndirgichlar, ya’ni dempferlar qo’llaniladi. Stupitsa 12 ni teshigi va unga to’g’ri keluvchi yetaklanuvchi diskning teshigiga prujina 11 o’rnatilgan bo’lib, u aylanishni diskdan gubchakka o’tkazadi.
    Tepkini sekin astalik bilan qo’yib yuborish bilan ilashish muftasini yumshoqlik bilan qo’shish uchun yetaklanuvchi diskning orqa tomoni va friktsion nakladka orasiga to’lqinsimon plastina-prujina 10 qotirilgan. Ilashish muftasini qo’shish paytida to’lqinsimon plastina-prujina 10 astalik bilan to’g’rilanadi va yetaklanuvchi disk va yetakchi diskni ishchi yuzasi va maxovik orasida ishqalanish sekin asta ortadi.
    Etaklanuvchi disk qisuvchi disk 22 va maxovik 4 o’rtasida qisilgan holda turadi. Ilashish muftasi ajratilganda qisuvchi disk 22 richaglar 14 va qisuvchi podshipnik va vilka 23 yordamda ajratiladi.

    Download 24,58 Mb.
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   83




    Download 24,58 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    YUk avtomobilini bir diskli ilashish muftasining tuzilishi

    Download 24,58 Mb.