• 7-rasm. Bir diskli, ikki oqimli ilashish muftalarining sxemalari.
  • Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi andijon mashinasozlik instituti




    Download 24,58 Mb.
    bet20/83
    Sana27.11.2023
    Hajmi24,58 Mb.
    #106359
    1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   83
    Bog'liq
    Avtomobil va traktorlarni loyihalash

    Ikki oqimli ilashish muftalari. Traktorlarda quvvat olish vali (QOV) orqali ba’zi qishloq xo’jalik mashinalarini ishlatishga to’g’ri kelganligi uchun ilashish muftalarini ikki oqimli qilib tayyorlanadi. Birinchi oqim quvvatni transmissiyaning birlamchi o’qiga, ikkinchi oqim esa QOV ga. Quyida ikki oqimli ilashish muftalarini kinematik sxemalari keltirilgan, 7-rasm.



    7-rasm. Bir diskli, ikki oqimli ilashish muftalarining sxemalari.
    1-maxovik; 2-etaklanuvchi disk; 3-qisuvchi disk; 4-ilashish muftasining o’qi; 5-tortqi; 6-ilashish muftasining qobig’i; 7-QOV ni to’la o’qi; 8-QOV ni shesternyali uzatmasi; 9-QOV uzatmasining o’qi; 10-ikki yelkali richag; 11-tepki; 12-tortki.
    Dvigatel quvvatining oqimi transmissiyaga (18a-rasm) yetaklanuvchi disk orqali, QOVning uzatmasiga ilashish muftasining qobig’i 6 orqali keladi. Ikkinchi (18b-rasm) sxemada quvvat oqimi QOV ga to’g’ridan to’g’ri maxovikdan o’tadi. Transmissiyaga esa yetaklanuvchi disk 2 orqali beriladi. Zamonaviy traktorlarda (MTZ-80/82, MTZ-100/102) 18a-rasmdagi sxema qo’llanilgan, 18b-rasmdagi sxema esa T-150/150K traktorlarida qo’llanilgan. Bularda, avval aytilganidek, tarelkasimon prujinalar yoki tsilindrsimon prujinalar ham qo’llanilishi mumkin.
    Ikki oqimli ilashish muftalari boshqarish uslubi bo’yicha birgalikda va alohida boshqarish hillariga bo’linadi. Birgalikda boshqarish usulining sxemasi 46-rasmda ko’rsatilgan bo’lib, shu asosda ishlaydigan ilashish muftalari MTZ-5 MS, MTZ-5 AS va o’zi yurar T-16M traktorlarida qo’llanilgan.



    8-rasm. Birgalikda boshqariladigan ilashish muftasining sxemasi.

    1-maxovik; 2-ilashish muftasini asosiy yetaklanuvchi diski; 3-ilashish muftasining o’qi; 4-o’rtadagi yetakchi disk; 5-QOV muftasini yetaklanuvchi diski; 6-qobig’; 7-o’rtadagi yetakchi diskni qaytishini cheklovchi vint; 8-qisuvchi disk; 9-tortqi-qaytargich; 10-QOV ni g’ovak vali; 11-QOVning shesternyali uzatmasi; 12-QOVning o’qi; 13-qisuvchi prujina; 14-prujinali tortqi; 15-ikki yelkali richag; 16-tortqi; 17-tepki.


    Ilashish muftasining yetakchi va yetaklanuvchi disklari qisuvi disk 13 orqali bir biriga jipslashib, ishqalanish kuchini hosil qiladi, ya’ni prujina 13 ning ta’sirida qisuvi disk 8, yetaklanuvchi disk 5 bilan, o’rtadagi yetakchi disk 4 bilan ilashish muftasining yetaklanuvchi diski 2, bir birlari bilan jipslashadi.
    Ilashish muftasining to’la qo’shilgan xolatida QOVning yetaklanuvchi diski 5 ga prujinalar 13 ning kuchidan tashqari prujinali tortqi 14 ni prujinasining kuchi ham ta’sir qiladi.
    Ilashish muftasining ajralgan xolatida (QOV ning) yetaklanuvchi diski 5 ga faqat prujinali tortqi 14 ning prujinalar kuchi ta’sir etadi xolos. Demak, xarakatdagi traktorda QOV uzatmasidagi ishqalanish momenti tinch turgan traktornikiga qaraganda doimo ko’p bo’ladi.
    Boshqaruv tepkisidagi kuchning o’zgarishi esa quyidagicha. Tepki 18 ga kuch qo’yilganda tortqi 17 va richag 16 ning ta’sirida tortqi-qaytargich 9 orqali qisuvchi disk 8 ni o’ng tomonga, ya’ni maxovik 1 dan qochirib prujinalar 13 ni qisadi. Qisuvchi disk bilan birga prujinali tortqi 14 ham siljib o’rtadagi yetakchi disk 4 ni va QOVni yetaklaguvchi diski 5 ni ham siljitadi. Natijada ilashish muftasining yetaklanuvchi diski 2 erkinlashadi va dvigatelning burovchi momenti yetaklanuvchi disk 5 orqali QOVning uzatmasiga o’tadi.
    QOV ni uzish uchun tepkiga kuch qo’yish davom etadi. yetaklanuvchi disk 5 ni ozod qilish uchun tepkiga ham prujina 13 ni, xam prujinali tortqi 14 ni prujinasini yenga oladigan kuch qo’yilishi kerak. O’shanda yetakchi disk 8 chapga surilib, yetakchi disk 5 ozod bo’lib, QOV ni uzatmasiga burovchi momentni uzatish to’xtaydi.

    Download 24,58 Mb.
    1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   83




    Download 24,58 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi andijon mashinasozlik instituti

    Download 24,58 Mb.