|
Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi andijon mashinasozlik instituti
|
bet | 28/83 | Sana | 27.11.2023 | Hajmi | 24,58 Mb. | | #106359 |
Bog'liq Avtomobil va traktorlarni loyihalashTransmissiya ko’rsatkichlari. Transmissiyaning umumiy ko’rsatkichlari quyidagilar hisoblanadi:
-transmissiyaning umumiy uzatishlar soni ;
-tezlikni o’zgartiruvchi barcha agregatlarning uzatishlar soni;
-transmissiyaning foydali ish koeffitsiyenti;
-etakchi g’ildirakka (yulduzchaga) berilayotgan burovchi momentning kattaligi.
Keltirilgan ko’rsatkichlar mazkur darslikni ikkinchi bo’limida (shassi nazariyasida) mukammal o’rganilgani uchun bu yerda shu berilgan ma’lumotlar bilan chegaralanamiz.
Transmissiya detallarini mustahkamlikka xisoblashda ularning statik kuchlanishlari hisobga olinar edi. Statik kuchlanishlar bo’yicha hisoblashda shu detalga qo’yilayotgan fakat ikki xil moment hisobga olinadi. Birinchisi, dvigatelning burovchi momenti Mdv, ikkinchisi, traktor yoki avtomobil yurish kismining tuprok bilan ilashish bo’yicha momenti Mφ dir. Bu vaqtda detallarni kuchlanish bo’yicha ehtiyot koeffitsiyenti kuyidagicha bo’ladi:
bu yerda: - chekli kuchlanish.
Bu koeffitsiyentning kiymati statik kuchlanishlar bo’yicha xisoblashda taxminiy kabul qilinadi. Lekin mashinalarni loyihalash davrida yuqoridagi usul bo’yicha hisoblash bilan cheklanilmaydi. Detallarning mustaxkamligi yetarli bo’lishi uchun (ekspluatatsiya davrida ko’ngilsiz voqealar yuz bermasligi uchun) ular eng yuqori zo’riqish ostida xam xisoblanadi. Bunday yuqori zo’rikish traktor yoki avtomobilni o’rnidan tezda siljitganda, shig’ov xarakat paytida yoki kutilmaganda karshilik paydo bo’lganda hosil bo’lishi mumkin. Bunday maksimal zo’riqish chekli dinamik zo’riqish deyiladi. O’tkazilgan ilmiy tadkiqotlar chekli dinamik zo’riqish kiymati dvigatelning burovchi momenti Mdv yoki yurish kismining ilashishi bo’yicha momenti Mφ ta’siri ostida xosil bo’lgan zo’riqishdan bir necha marta katta ekanligini ko’rsatdi. Statik zo’rikishning dinamik zo’riqishdan kichikligini dinamik koeffitsiyent KD ko’rsatadi:
Dinamik koeffitsiyent KD =4...5 ga teng.
Traktor yoki avtomobil biror to’siqdan oshib o’tish paytida xam dinamik zo’rikish hosil bo’ladi. Bu zo’riqishning mikdori mashina tezligi, to’siq balandligi va shakli, shinaning bikrligi va transmissiya elementlarining konstruktsiyasiga bog’lik.
Eng katta dinamik zo’riqish mashinaning tezlanish bilan o’rnidan siljish paytida hosil bo’ladi. Hosil bo’layotgan inertsion zo’riqish tishlashish muftasini hisoblash momentidan taxminan ikki marta katta.
Transmissiyada hosil bo’layotgan dinamik zo’riqishlar transmissiyadagi elastik biriktiruvchi elementlar qo’llash yoki gidrodinamik mufta yoxud gidrotransformatorlar ishlatish bilan kamaytiriladi. Elastik biriktiruvchi elementlar dinamik zo’riqishni 15...20 foizga kamaytirishi, gidrodinamik mufga yoki gidrotransformatorlar esa, butunlay kamaytirishi mumkin. Bu faktorlarni xisobga olgan xolda, transmissiya mexanizmlariga kuyidagi talablar qo’yiladi:
1. Kam yeyilgan holda uzok vaqt va ishonchli ishlashi.
2. Mexanizmlarga qarov o’tkazish va rostlashning qulayligi.
3. Mexanizmlarning foydali ish koeffitsiyenti yuqoriligi.
4. Mexanizmlarni boshqarishning qulayligi va boshqalar.
|
| |